Migratsiya agentligi Jizzax viloyat filiali

@jizzax_agency · Uzbek · active

Migratsiya agentligi Jizzax viloyat filiali telegram kanaliga xush kelibsiz! Manzil: Jizzax shahri, Jizzaxlik MFY, Sh.Rashidov shox ko'chasi 44 uy (Jizzax Ishga marhamat monomarkazi 1-qavati) ☎️ (+998 72) 223 90 66 ☎️ (+998 72) 223 90 65

Subscribers 5.2K Subscribers, last 30 days: 5.2K → 5.2K +0 24h
Reach per post (ERR) 38.6%2K avg views
Posting 4.0/day last 7 hours ago
Reactions per 1K views 0.6 👍 😁 🔥
  1. repost

    🇺🇿🇰🇷 КОРЕЯ МЕҲНАТ БОЗОРИ: Е-9 ДАН Е-7 ГАЧА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ Миграция агентлиги директори Мухсинхўжа Абдураҳмонов Кореянинг “Worksmate Inc.” ва “Hyun Ju” компаниялари раҳбарлари билан учрашди. Музокараларда асосий эътибор икки йўналишга қаратилди. 🔹Е-9 қурилиш йўналиши. EPS-TOPIK имтиҳонидан муваффақиятли ўтган юртдошларимизни кореялик иш берувчилар томонидан танлаш жараёнини фаоллаштириш масаласи муҳокама қилинди. Бунинг учун Кореянинг 1 500 дан ортиқ қурилиш компаниялари билан ҳамкорлик қилувчи GADA платформаси ва Агентликнинг “Xorijda ish” платформасини интеграция қилиш имконияти кўриб чиқилди. 🔹 Учрашувда Корея қурилиш соҳасига Ўзбекистондан Е-7 визаси асосида малакали кадрларни жалб қилиш бўйича режалаштирилаётган лойиҳа ҳам муҳокама қилинди. Миграция агентлиги бунда “таълим — тил — тажриба — юқори малакали иш” модели асосида кадрларни олдиндан тайёрлаш таклифини илгари сурди. 🤝 Учрашув якунида Миграция агентлиги ва “Worksmate Inc.” ўртасида ҳамкорликни ривожлантириш бўйича ният хати — LOI имзоланди. ❗️Е-7 йўналишида ҳозирча ишга қабул бошлангани йўқ. Музокаралар келгусида ушбу механизмни йўлга қўйиш имкониятларини ўрганишга қаратилган. Мақсад — Корея меҳнат бозорида юртдошларимиз учун мавжуд имкониятларни кенгайтириш ва малакали, юқори даромадли иш ўринларига янги йўлларни очиш. Батафсил ўқиш 🇬🇧 EN 🇷🇺 RU 📢 Хабарни тарқатинг! 👉 @uzmigration

  2. 🇱🇻 LATVIYALIK ISH BERUVCHILAR O‘ZBEKISTONGA TASHRIF BUYURISHMOQDA! 📅 21–22-SENTABR 📍 Urganch shahri Ishlab chiqarish sohasida raznorabochiy yo‘nalishi bo‘yicha nomzodlar bilan yuzma-yuz suhbat o‘tkaziladi! 🕙 SUHBAT SOATI: 10:00 dan boshlanadi! 💶 Oylik maosh: 1300–1500 € qo‘lga tegadi. Ish hajmiga qarab turli bonuslar ham beriladi. ▪️ Haftasiga 6 kun ish ▪️ Mazkur vakansiya bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘lish shart ❗️E’TIBOR BERING: Ishga 25–45 yoshdagi, rus tilini yaxshi biladigan erkaklar qabul qilinadi. ✅ Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Latviyada ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. 🔗 RO‘YXATDAN O‘TISH UCHUN HAVOLA 👈 📍Manzil: Urganch shahri, Baynalminal ko’chasi, 6-uy. 📞 +998(78)555 11 66 ✍️ BATAFSIL: @getwork_admin 📱Instagram 📱YouTube

  3. edited

    🚜 DAROMADLI KASB EGALLASHNI ISTAYSIZMI? Migratsiya agentligi tomonidan Jizzax shahridagi “Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi”da zamonaviy va xalqaro talablar asosida: 🔹 Kara haydovchisi 🔹 Traktorchi-mashinist — “A”, “B”, “C”, “D”, “E” va “F” toifalari bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslariga qabul boshlandi! ⏳ O‘qish muddati: ▪️ Kara haydovchisi — 3 oy ▪️ Traktorchi-mashinist — 6 oy 🎁 O‘quvchilar uchun imtiyozlar: ✅ O‘quv kursi — BEPUL ✅ Yotoqxona — BEPUL ✅ Kuniga 3 mahal issiq ovqat — oyiga atigi 200 ming so‘m nomzod hisobidan, qolgan xarajatlar davlat tomonidan qoplanadi ✅ Kasb bilan birga nemis, ingliz va rus tillarini BEPUL o‘rganish imkoniyati 🎯 Kursni tamomlagandan so‘ng: 🔸 xalqaro darajadagi sertifikatga ega bo‘lish; 🔸 xorijiy ish beruvchilar tanlovlarida ishtirok etish; 🔸 xorijda qonuniy ishga joylashishda amaliy yordam olish imkoniyati yaratiladi. 📍 Manzil: Jizzax shahri, 1-son texnikumi ☎️ Murojaat uchun: +998 99 556 00 15 +998 97 793 25 52 ⚡️ Bugun qaror qiling — ertaga talab yuqori bo‘lgan daromadli kasb egasiga aylaning! ❗️ Joylar soni cheklangan — shoshiling! 📲 Ushbu imkoniyatni yaqinlaringizga ham ulashing!

  4. #Xorvatiya #Andijon_Ofis 😀🔡🔡😀🔡 🔡😀🔡🔡🔡 🇭🇷 Xorvatiyada rasmiy ish! 📣 Xorvatiyada yirik qurilish loyihalarida ishlash uchun tajribali qurilish ishchilari va yordamchilar ishga taklif etiladi. 👤 Bo‘sh ish o'rinlari: • Malakali qurilish ishchisi • Yordamchi ishchi 💸 Ish haqi: (netto) • Malakali ishchilar — €1300 – €1700 • Yordamchilar — €800 – €1000 • Qo‘shimcha ravishda oyiga €100 oziq-ovqat yordami • Qo‘shimcha ish haqi mavjud ❗️ Ish yo‘nalishlari: • Temir-beton ishlari • Opalubka ishlari • Armatura ishlari • ETICS va fasad montaji • Tom yopish ishlari • Konstruktiv qurilish • Pardozlash ishlari 📝 Talablar: • Erkaklar, 21–45 yosh • Malakali ishchilar uchun 3–5 yil va undan ortiq tegishli tajriba • Yordamchilar uchun 1–2 yil qurilish tajribasi • Jismonan sog‘lom va mas’uliyatli bo‘lish • Rus tilini bilish — afzallik • B toifali haydovchilik guvohnomasi — afzallik, ammo majburiy emas ✅ Ish beruvchi ta'minlaydi: • Bepul yashash joyi • Xorvatiyaga kelgach aeroportdan transfer • Mehnat va yashash ruxsatnomasi xarajatlarini qoplash • Uzoq muddatli mehnat shartnomasi — 2–3 yil va undan ortiq • Ish haqi har oyning 15-sanasigacha • Qonunchilik va shartnoma asosida qo‘shimcha ish haqi • Haftasiga 40–48 soat ish ⚠️ Joylar soni cheklangan! Nomzodlar saralash asosida qabul qilinadi. Oson va tez ro‘yxatdan o‘tish: ⛓ Ro'yxatdan o'tish uchun ustiga bosing ❗️ Diqqat! Ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar orasidan faqat talabga javob beruvchilar bilan bog‘lanamiz. —————————————————— Turon World XBA: Sizning ishonchli hamkoringiz! Litsenziya: №0076 Migratsiya Agentligi tomonidan berilgan 🤙 Savollar bo‘yicha: Andijon ofis | 88-817-00-30 Andijon ofis | 87-670-00-30 Andijon ofis | 87-250-00-30 Andijon ofis | 78-777-00-30 👍Telegram

  5. 🇺🇿🇰🇷 “9 SOAT”NING SIRI NIMADA? “Bilasizlarmi, Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi!” Prezident Shavkat Mirziyoyev Seulda yurtdoshlarimiz bilan muloqot chog‘ida aynan shu fikrni bildirdi. 📆 15-sentyabr. Seul Toshkentdan 4 soat oldinda. O‘zbekistonda tonggi soat 6:00 bo‘lganida davlatimiz rahbarining Koreya Milliy assambleyasidagi uchrashuvi allaqachon boshlangan edi. Oldinda esa yana tig‘iz kun tartibi: siyosiy uchrashuvlar, O‘zbekiston–Koreya biznes forumi, yangi loyihalarga start berish marosimi va Koreyaning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar. Shunday jadvaldan so‘ng Prezident Koreyada yashayotgan, mehnat faoliyatini olib borayotgan va tahsil olayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashdi. 🇺🇿 Muloqot davomida davlatimiz rahbari tashrif natijalari, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari hamda Koreyadagi fuqarolarimizni qo‘llab-quvvatlash masalalari haqida so‘z yuritdi. Yurtdoshlarimizning taklif va tashabbuslarini tingladi. Uchrashuv davom etar ekan, protokol xizmati bir necha bor eslatdi: “9 soat bo‘ldi…” Ya’ni, qariyb 9 soatlik uzluksiz ish jadvali ortda qolgan edi. Ammo muloqot davom etdi. Prezident Koreyada tahsil olayotgan yoshlarga esa muhim fikrni aytdi: “Bir daqiqa ham vaqtlaringni bekorga o‘tkazmanglar. 5 yil o‘tadi, 10–15 yil o‘tadi. Kim boshqaradi O‘zbekistonni? Sizlar. Vatan sog‘inchi alamida ko‘proq ilm olinglar, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilinglar”. 9 soatlik “non-stop” ish kunining mazmunini esa davlatimiz rahbarining yana bir gapi ifodalaydi: “Bizga 40 million xalq qarab turibdi. Ularni rozi qilishimiz kerak”.

  6. repost

    #Migration_Update 🇪🇺 ЕВРОПА ИТТИФОҚИДА ХОРИЖИЙ МАЛАКАЛАРНИ ТАН ОЛИШ ТЕЗЛАШИШИ МУМКИН Европа комиссияси учинчи давлатларда олинган касбий малакаларни тан олиш жараёнини соддалаштиришни таклиф қилди. Янги механизм қабул қилинса, малакани кўриб чиқиш муддати ҳозирги ўртача 14 ойдан 4 ойгача қисқариши мумкин. Ҳужжат, айниқса, тиббиёт ва бошқа тартибга солинадиган касб эгалари учун муҳим аҳамиятга эга. ❗️Бу ҳали таклиф бўлиб, Европа парламенти ва Кенгаши томонидан қабул қилиниши керак. Шунингдек, бу Ўзбекистон дипломлари автоматик тан олиниши ёки иш визаси берилишини англатмайди. 🔗 Манбаа: Европа комиссияси хабари 📢 Хабарни тарқатинг! 👉 @uzmigration

  7. repost

    Чет элда бўлсангиз ҳам, ҳимоясиз эмассиз. 💰 Мураккаб молиявий вазиятда — бир марталик моддий ёрдам; ✈️ Зарурат бўлса — Ватанга қайтиш чиптаси; 🏥 Оғир касаллик ёки бахтсиз ҳодисада — тиббий харажатларни қоплаш; 🏨 Яшаш жойисиз қолсангиз — 30 кунгача хостел; ⚖️ Ҳуқуқларингиз бузилса — адвокат хизмати. 🎬 Видеода батафсил кўринг 📞 Қисқа рақам: 1282 💬 24/7 @huquqiy_yordam_uzbot 🏢 Миграция агентлигининг хорижий ваколатхоналари маълумотлари ➡️бу ерда 📢 Хабарни тарқатинг! 👉 Сўнгги янгиликлар учун — @uzmigration

  8. repost

    🇧🇾 БЕЛАРУС РЕСПУБЛИКАСИДА ИШЛАШ ИСТАГИДА БЎЛГАН ФУҚАРОЛАР ДИҚҚАТИГА! Беларус Республикасининг Витебск вилояти, Браслав шаҳрида жойлашган «Браславские озера» миллий парки юртдошларимизни қуйидаги бўш иш ўринларига ишга таклиф этади. 📝 БЎШ ИШ ЎРИНЛАРИ: 🟢Маляр — мутахассислиги бўйича тасдиқловчи ҳужжатлар талаб этилади; 🟢 Столяр — мутахассислиги бўйича тасдиқловчи ҳужжатлар талаб этилади; 🟢 Дурадгор (плотник) — мутахассислиги бўйича тасдиқловчи ҳужжатлар талаб этилади; 🟢 Сантехник — мутахассислиги бўйича тасдиқловчи ҳужжатлар талаб этилади; 🟢 Том ёпувчи (кровельщик) — мутахассислиги бўйича тасдиқловчи ҳужжатлар талаб этилади; 🟢 Хона тозаловчи (горничная); 🟢 Чорвадор (животновод); 🟢 Соғиш аппарати оператори; 🟢 Зоотехник; 🟢Тракторчи — тегишли тоифадаги ҳайдовчилик гувоҳномасига эга бўлиши талаб этилади. 💰ИШ ҲАҚИ: Ҳар бир бўш иш ўрни бўйича ойлик иш ҳақи 1000 АҚШ доллари. 📌 Номзодларга қўйиладиган асосий талаблар: 🔹 Мутахассислик бўйича талаб этиладиган ҳужжатларга эга бўлиш; 🔹 Тракторчи лавозими учун тегишли тоифадаги ҳайдовчилик гувоҳномасига эга бўлиш; 🔹 Иш берувчи талабларига мувофиқ суҳбат ва саралаш жараёнларидан ўтиш. РЎЙХАТДАН ЎТИШ УЧУН ☎️ Мурожаат учун телефонлар: 72-223-90-65 72-223-90-66 🇺🇿 Хорижда хавфсиз, қонуний ва муносиб иш ўринларида меҳнат қилиш имкониятини қўлдан бой берманг! Расмий саҳифаларимизга обуна бўлинг: 📲@jizzax_agency

  9. repost

    XORIJDA QONUNIY ISHLASHNI ISTAYSIZMI? Xorijda qonuniy va daromadli mehnat faoliyatini olib borishni maqsad qilgan fuqarolar uchun ajoyib imkoniyat! Migratsiya agentligi Jizzax hududiy filiali hamda Jizzax shahar 3-sonli texnikumi hamkorligida Nemis, Yapon, Rus va Ingliz tillari bo'yicha maxsus tayyorlov kurslariga qabul boshlandi! 🎯 Kursda sizni nimalar kutmoqda? 🟢Tillar bo'yicha noldan boshlab puxta va sifatli bilim olish 🟢Xorijiy mehnat bozori talablariga mos tayyorgarlik 🟢Til sertifikatini qo'lga kiritish va xorijda qonuniy ishga joylashish imkoniyati 👥 Kimlar uchun? Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish istagida bo'lgan barcha fuqarolar uchun. 📍 O'quv manzili: Jizzax shahar 3-sonli texnikumi binosi. ⏳ Shoshiling! Guruhlarga qabul soni chegaralangan. O'z kelajagingiz va yuqori daromadli kasb sari birinchi qadamni bugun tashlang! 📞 Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun: 📌 Ariza qoldirish uchun: 72-223-90-66 (Migratsiya agentligi Jizzax hududiy filiali) 72-223-81-42 (Jizzax shahar 3-sonli texnikumi) 📢 Ushbu imkoniyatni xorijda ishlashni rejalashtirayotgan yaqinlaringizga ham ulashing! Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling: 😎 jizzax_agency

  10. 🇺🇿 Saida Mirziyoyeva, Prezident Administratsiyasi rahbari: Prezident uchun eng muhimi – xalq, inson qadri. Har bir insonning muammosi bo‘lmasligi... https://t.me/Rasmiy_axborot_official

  11. repost

    🇺🇿🇰🇷 ЖАНУБИЙ КОРЕЯДАГИ ЮРТДОШЛАР МУРОЖААТЛАРИ НАЗОРАТГА ОЛИНДИ Сеул шаҳрида Миграция агентлиги раҳбари Мухсинхўжа Абдураҳмонов Жанубий Кореяда меҳнат қилаётган юртдошларимиз билан очиқ мулоқот ўтказди. Учрашувда ҳамюртларимизнинг меҳнат фаолияти ва иш визалари, қонуний бандлик, иш берувчилар билан боғлиқ масалалар, меҳнат ҳуқуқларини ҳимоя қилиш ҳамда Кореяда қайта ишга жойлашиш юзасидан мурожаатлари кўриб чиқилди. Ҳар бир мурожаат бўйича тегишли тушунтириш ва тавсиялар берилди, қўшимча ўрганиш талаб этадиган масалалар назоратга олиниб, тегишли тартибда ҳал этиш чоралари белгиланди. 🇬🇧 EN 🇷🇺 RU 📢 Хабарни тарқатинг! 👉 @uzmigration

  12. repost

    🇺🇿 НИЖНЕКАМСКДА ЖАБРЛАНГАН ЮРТДОШЛАРИМИЗ ВАТАНГА ҚАЙТАРИЛДИ Жорий йилнинг 10 август куни Татаристон Республикасининг Нижнекамск шаҳрида содир бўлган фожиали воқеа оқибатида тан жароҳати олган Ўзбекистон фуқароларига зарур тиббий, ҳуқуқий ва ташкилий ёрдам кўрсатилди. Жабрланган юртдошларимизнинг даволаниши ва Ватанга қайтарилиши билан боғлиқ масалалар Миграция агентлигининг Россиядаги ваколатхонаси, Ўзбекистоннинг Қозон шаҳридаги Бош консулхонаси ҳамда «Uzbekistan Airways» АЖ ҳамкорлигида амалга оширилди. Хусусан, мураккаб жарроҳлик амалиётини бошдан ўтказган юртдошимизнинг ҳолати барқарорлашгач, тиббий эвакуация жараёнида шифокорлар кузатуви ва зарур тиббий шароитлар таъминланди. Айни пайтда, ҳамюртларимизга Россия Федерацияси қонунчилигида белгиланган тартибда компенсация маблағларини олиш учун зарур ҳужжатларни расмийлаштириш ва тегишли ташкилотларга тақдим этиш билан боғлиқ масалалар назоратга олинган. Хорижда меҳнат фаолиятини амалга ошириш даврида мушкул вазиятга тушсангиз, Миграция агентлигига мурожаат қилинг. 📞 1282 — қисқа рақам 📲 @huquqiy_yordam_uzbot — 24/7 ҳуқуқий ёрдам 🇬🇧 EN 🇷🇺 RU 📢 Хабарни тарқатинг! 👉 @uzmigration

  13. edited

    XORIJDA QONUNIY ISHLASHNI ISTAYSIZMI? Xorijda qonuniy va daromadli mehnat faoliyatini olib borishni maqsad qilgan fuqarolar uchun ajoyib imkoniyat! Migratsiya agentligi Jizzax hududiy filiali hamda Jizzax shahar 3-sonli texnikumi hamkorligida Nemis, Yapon, Rus va Ingliz tillari bo'yicha maxsus tayyorlov kurslariga qabul boshlandi! 🎯 Kursda sizni nimalar kutmoqda? 🟢Tillar bo'yicha noldan boshlab puxta va sifatli bilim olish 🟢Xorijiy mehnat bozori talablariga mos tayyorgarlik 🟢Til sertifikatini qo'lga kiritish va xorijda qonuniy ishga joylashish imkoniyati 👥 Kimlar uchun? Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish istagida bo'lgan barcha fuqarolar uchun. 📍 O'quv manzili: Jizzax shahar 3-sonli texnikumi binosi. ⏳ Shoshiling! Guruhlarga qabul soni chegaralangan. O'z kelajagingiz va yuqori daromadli kasb sari birinchi qadamni bugun tashlang! 📞 Batafsil ma'lumot va ro'yxatdan o'tish uchun: 📌 Ariza qoldirish uchun: 72-223-90-66 (Migratsiya agentligi Jizzax hududiy filiali) 72-223-81-42 (Jizzax shahar 3-sonli texnikumi) 📢 Ushbu imkoniyatni xorijda ishlashni rejalashtirayotgan yaqinlaringizga ham ulashing! Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling: 😎 jizzax_agency

  14. repost

    🇩🇪 GERMANIYADA ISHLASH UCHUN TO‘LIQ BEPUL DASTUR! Migratsiya agentligi va “RRG AG” tashkiloti qurilish sohasi mutaxassislarini Germaniyada ishlashga taklif qiladi! 💼 Vakansiyalar: Ish o‘rinlari: 200 ta Ish vaqti: haftasiga 5 kun, 40 soat Sinov muddati: 6 oy 💶 Oylik ish haqi: 2 500 yevro (qo‘lga tegadigan) 🔣 Nomzod hisobidan qoplanadigan xarajatlar: • Germaniyada turar joy — oyiga 300 yevro; • oziq-ovqat xarajatlari. 👤 Kimlar ishtirok etishi mumkin? • 18–39 yoshdagi, oliy yoki kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi diplomga ega nomzodlar. Talablar: • tegishli yo‘nalish bo‘yicha kamida 2 yillik texnikum yoki kollej diplomi; • so‘nggi 5 yil ichida tegishli sohada kamida 2 yillik ish tajribasi. 🧮 Imtiyozlar: 📖 Talabgorlar Toshkent shahridagi “Berlitz” o‘quv markazida 8 oy davomida A1 darajadan B1 darajagacha bepul nemis tili kursida o‘qitiladi. Xarajatlar Migratsiya agentligi va ish beruvchi tomonidan qoplanadi. 🧮 Til sertifikati imtihoni, viza va aviachipta xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi. Mehnat sharoitlari — ish haqi, ustamalar, sug‘urta, ta’til va boshqa imtiyozlar — Germaniyadagi xodimlar bilan teng darajada belgilanadi. Nomzodlar bilan 6 oylik sinov muddatini o‘z ichiga olgan muddatsiz mehnat shartnomasi tuziladi. 📌 Germaniyaga joylashganingizdan so‘ng oila a’zolaringizni doimiy yashash uchun olib kelish hamda bolalar uchun nafaqa olish imkoniyati mavjud. 📌 Ro‘yxatdan o‘tish uchun kerakli yo‘nalish ustiga bosing: • G'isht teruvchi • Qurilish duradgor • Qurilish chilangar • Sanoat mexanigi • Qurilish kran operatori • Qurilish payvandchi • Qurilish beton quyuvchi 🗓 Muddatlar: Arizalar joriy yilning 30-sentyabriga qadar qabul qilinadi. Ish beruvchilar bilan onlayn suhbatlar joriy yilning oktyabr oyidan boshlab har hafta o‘tkaziladi. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar guruhlar shakllanishiga qarab o‘qishga jalb etiladi. 📞 Murojaat uchun: 1282 📢 Yaqinlaringizga ulashing! 👉 So‘nggi yangiliklardan “Xorijda ish” kanali orqali xabardor bo‘lib boring!

  15. repost

    #ХавфсизМеҳнат ⚠️ ПАСПОРТИНГИЗ — ШАХСИЙ ҲУЖЖАТИНГИЗ. УНИ БЕГОНА ШАХСГА БЕРМАНГ! Чет элда ишга жойлашиш вақтида турди баҳоналар билан ҳужжатларни олиб қўйиш, шартномасиз иш таклиф қилиш ёки иш берувчи ҳақида аниқ маълумот бермаслик — жиддий хавф белгиси бўлиши мумкин. Шубҳали таклифларга рози бўлишдан олдин маълумотларни текширинг. Одам савдоси қурбонига айланиб қолманг. Хорижда меҳнат фаолиятини амалга ошириш даврида мушкул вазиятга тушсангиз, Миграция агентлигига мурожаат қилинг. 📞 1282 — қисқа рақам 📲 @huquqiy_yordam_uzbot — 24/7 ҳуқуқий ёрдам 📢 Хабарни тарқатинг! 👉 @uzmigration

  16. ✏️Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" maqolasi e’lon qilindi Koreya Respublikasining yetakchi nashrlaridan biri — "The Chosun Daily"da Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" sarlavhali maqolasi e’lon qilindi. Maqolada O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi tarixiy rishtalar, bugungi alohida strategik sheriklik, savdo-investisiya aloqalari hamda munosabatlarni yangi texnologik bosqichga olib chiqish istiqbollariga alohida e’tibor qaratilgan. ❗Maqolada qayd etilganidek– 🔵so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi 5 barobarga oshgan; 🔵Koreyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investisiyalari hajmi 8 milliard dollardan oshgan; 🔵Ayni paytda mamlakatimizda Koreya kapitali ishtirokida 700 dan ziyod qo‘shma korxona va loyihalar amalga oshirilmoqda; 🔵KOICA, Koreya Eksimbanki va EDCF bilan hamkorlikdagi loyihalarning umumiy portfeli 3,5 milliard dollardan ortiq; 🔵2025 yilda Markaziy Osiyo davlatlarining umumiy yalpi ichki mahsuloti 500 milliard dollardan oshgan. Prezident ikki mamlakat iqtisodiyotining o‘zaro to‘ldiruvchanligi yangi o‘sish drayverlarini yaratish uchun katta imkoniyat ekanini ta’kidlab, hamkorlikni umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirish darajasiga olib chiqish muhimligini ta’kidladi. "Ishonchim komilki, aynan shu asosda hamkorligimizning yangi sahifasini ochishimiz — alohida sohalardagi muvaffaqiyatli hamkorlikdan umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirishga o‘tishimiz mumkin. Bu esa mamlakatlarimiz barqaror va uzoq muddatli farovonligining yanada mustahkam poydevorini barpo etadi". Maqolada sun’iy intellekt, yarim o‘tkazgichlar, robototexnika, elektr transport vositalari, biofarmasevtika, aqlli qishloq xo‘jaligi va “aqlli shaharlar” istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari sifatida belgilangan. Shuningdek, ta’lim va inson kapitaliga investisiya kiritish, akademik almashinuv va qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish muhimligi e’tirof etgan. Prezident, shuningdek, Markaziy Osiyo-Koreya Respublikasi sammiti O‘zbekiston va Koreya munosabatlari bilan bir qatorda, butun mintaqa bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim maydon ekaniligiga alohida urg‘u berdi. "...O‘zbekiston siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, amaliy hamkorlikni kengaytirish va sheriklikning yangi, samarali mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan qator dolzarb tashabbuslarni ilgari surish niyatida. Bu tashabbuslar “Markaziy Osiyo — Koreya Respublikasi” formatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, uni yanada tizimli, dinamik va uzoq muddatli mintaqaviy ustuvor vazifalarga yo‘naltirilgan mexanizmga aylantirishga qaratilgan". Prezident maqolasida qayd etilganidek, O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik nafaqat ikki tomonlama munosabatlarni, balki Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik, innovatsiya va umumiy taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda. "Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi tinchlik, innovatsiyalar, o‘zaro ishonch va umumiy farovonlikka asoslangan hamkorlikning yangi makonini shakllantira olishiga chin dildan ishonaman"- deydi Davlatimiz Rahbari maqolada. 🔥 Ma’lumot o‘rnida: The Chosun Daily — 1920 yilda tashkil etilgan «Chosun Ilbo» mediaguruhi tarkibidagi nashr bo‘lib, Koreya Respublikasidagi yirik axborot platformalaridan biri hisoblanadi. Nashr siyosat, iqtisodiyot, jamiyat va xalqaro munosabatlarga oid dolzarb voqealarni keng yoritib boradi. Unda O‘zbekiston Prezidentining maqolasi e’lon qilinishi ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikka bo‘lgan yuksak e’tiborning yana bir ifodasidir. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

  17. 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi arafasida Seulning markaziy ko‘chalari hamda Seul minorasi mamlakatimiz bayrog‘i va davlat ramzlari bilan burkandi.

  18. repost

    Davlatimiz rahbari Koreyadagi vatandoshlar bilan suhbatlashdi. — Глава нашего государства побеседовал с соотечественниками в Корее. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  19. repost

    🇷🇸 SERBIYADA RASMIY ISH O‘RINLARI! «EXPO 2027» xalqaro loyihasi doirasida ishlash imkoniyati Serbiyada o‘tkaziladigan «EXPO 2027» xalqaro ko‘rgazmasi doirasidagi qurilish obyektlari hamda ishlab chiqarish sohalarida ishlash uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari taklif etilmoqda. 💼 Mehnat sharoitlari va afzalliklari: 💰Ish haqi: bajariladigan ish turi, mutaxassislik va nomzod malakasiga qarab 700-1500 yevro 🏠 🍽Turar joy va oziq-ovqat: ish beruvchi tomonidan bepul ta’minlanadi; 🪪 Ishga joylashish: rasmiy mehnat shartnomasi va tegishli mehnat vizasi asosida. ✅ Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: ▪️Yoshi: 18–45 yosh; ▪️Til bilishi: rus yoki ingliz tilini boshlang‘ich yoki muloqot darajasida bilish; ▪️Sog‘lig‘i: mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun sog‘lom bo‘lish; Ma'lumot uchun: Oliy ma’lumotli va tegishli sohada ish tajribasiga ega Qurilish va elektr muhandislari uchun alohida ish o‘rinlari mavjud. 💶 Ish haqi: 1 500 yevrodan boshlab. 📌 Ishga qabul qilish jarayoni nomzodning malakasi, ish tajribasi va ish beruvchi talablaridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Muhim: Nomzodlar o'z ish faoliyatidan 30 sekundlik videorolikni telegram orqali EXPO SERBIA botga yuborishilari kerak. Elektriklar ARIZA QOLDIRISH Betonchilar ARIZA QOLDIRISH 📲 Yaqinlaringizga ulashing! 📢 So‘nggi yangiliklar va xorijda ishlash imkoniyatlaridan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing.

  20. repost

    🇺🇿🇰🇷 JANUBIY KOREYADA MEHNAT QILAYOTGAN YURTDOSHLARIMIZ UCHUN OCHIQ MULOQOT 📌 Migratsiya agentligi rahbari Muxsinxo‘ja Abdurahmonov Janubiy Koreyada mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimiz bilan ochiq muloqot o‘tkazadi. Uchrashuv davomida yurtdoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan Migratsiya agentligi rahbariga bevosita murojaat qilishlari mumkin. 📌 Asosiy mavzular: — mehnat faoliyati va ish vizalari; — ish qidirish va qonuniy bandlik; — ish beruvchi bilan bog‘liq masalalar; — mehnat huquqlarini himoya qilish; — O‘zbekistonga qaytish va qayta ishga joylashish; — davlat tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy yordam; — migratsiyaga oid boshqa masalalar. 📆 Sana: 13-sentabr, 2026-yil 🕙 Vaqt: 10:00–14:00 📍 Manzil: Seul shahri HANPASS kompaniyasi binosi B2, S Tower, 92 Achasan-ro, Seongdong-gu, Seoul 서울특별시 성동구 아차산로 92, 에스타워 B2층 📍Lokatsiya Barcha yurtdoshlarimizni ochiq muloqotda faol ishtirok etishga taklif qilamiz. 📢 Yaqinlaringizga ham ulashing! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!

  21. Older posts