🇺🇿🇰🇷 “9 SOAT”NING SIRI NIMADA? “Bilasizlarmi, Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi!” Prezident Shavkat Mirziyoyev Seulda yurtdoshlarimiz bilan muloqot chog‘ida aynan shu fikrni bildirdi. 📆 15-sentyabr. Seul Toshkentdan 4 soat oldinda. O‘zbekistonda tonggi soat 6:00 bo‘lganida davlatimiz rahbarining Koreya Milliy assambleyasidagi uchrashuvi allaqachon boshlangan edi. Oldinda esa yana tig‘iz kun tartibi: siyosiy uchrashuvlar, O‘zbekiston–Koreya biznes forumi, yangi loyihalarga start berish marosimi va Koreyaning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar. Shunday jadvaldan so‘ng Prezident Koreyada yashayotgan, mehnat faoliyatini olib borayotgan va tahsil olayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashdi. 🇺🇿 Muloqot davomida davlatimiz rahbari tashrif natijalari, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari hamda Koreyadagi fuqarolarimizni qo‘llab-quvvatlash masalalari haqida so‘z yuritdi. Yurtdoshlarimizning taklif va tashabbuslarini tingladi. Uchrashuv davom etar ekan, protokol xizmati bir necha bor eslatdi: “9 soat bo‘ldi…” Ya’ni, qariyb 9 soatlik uzluksiz ish jadvali ortda qolgan edi. Ammo muloqot davom etdi. Prezident Koreyada tahsil olayotgan yoshlarga esa muhim fikrni aytdi: “Bir daqiqa ham vaqtlaringni bekorga o‘tkazmanglar. 5 yil o‘tadi, 10–15 yil o‘tadi. Kim boshqaradi O‘zbekistonni? Sizlar. Vatan sog‘inchi alamida ko‘proq ilm olinglar, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilinglar”. 9 soatlik “non-stop” ish kunining mazmunini esa davlatimiz rahbarining yana bir gapi ifodalaydi: “Bizga 40 million xalq qarab turibdi. Ularni rozi qilishimiz kerak”.
Migratsiya agentligi Jizzax viloyat filiali
Subscribers
5.2K
+0 24h
Reach per post (ERR)
38.6%2K avg views
Posting
4.0/day
last 8 hours ago
Reactions per 1K views
0.6
👍 😁 🔥
Views over time
| When | Views |
|---|---|
| 16 Sep 2026, 06:34 | 0 |
| 12 Nov 2026, 18:52 | 1.5K |
Who shared this post
Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)
Nobody yet.