🇺🇿🇰🇷 JANUBIY KOREYADA MEHNAT QILAYOTGAN YURTDOSHLARIMIZ UCHUN OCHIQ MULOQOT 📌 Migratsiya agentligi rahbari Muxsinxo‘ja Abdurahmonov Janubiy Koreyada mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimiz bilan ochiq muloqot o‘tkazadi. Uchrashuv davomida yurtdoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan Migratsiya agentligi rahbariga bevosita murojaat qilishlari mumkin. 📌 Asosiy mavzular: — mehnat faoliyati va ish vizalari; — ish qidirish va qonuniy bandlik; — ish beruvchi bilan bog‘liq masalalar; — mehnat huquqlarini himoya qilish; — O‘zbekistonga qaytish va qayta ishga joylashish; — davlat tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy yordam; — migratsiyaga oid boshqa masalalar. 📆 Sana: 13-sentabr, 2026-yil 🕙 Vaqt: 10:00–14:00 📍 Manzil: Seul shahri HANPASS kompaniyasi binosi B2, S Tower, 92 Achasan-ro, Seongdong-gu, Seoul 서울특별시 성동구 아차산로 92, 에스타워 B2층 📍Lokatsiya Barcha yurtdoshlarimizni ochiq muloqotda faol ishtirok etishga taklif qilamiz. 📢 Yaqinlaringizga ham ulashing! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!