Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining rasmiy kanali.
Sahifalar: https://mudofaa.taplink.ws/
Tezkor: https://t.me/mudofaalive
Murojaat: 15-30
Subscribers93.9K +1K 24h
Reach per post (ERR)18.2%17.1K avg views
Posting20.0/daylast 11 minutes ago
Reactions per 1K views5.8👍 🔥 👏
edited
🔉Gaz hidi sezilganda xavfsizlik qoidalariga rioya qiling!
⭐️Aholi xavfsizligini ta’minlash, gaz bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida gaz hidi sezilgan holatlarda quyidagi xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish tavsiya etiladi.
❗️Xususan, xonadonda gaz hidi sezilganda:
1. Elektr chiroqlarini yoqmang yoki o‘chirmang. Xonada chiroq yonib turgan bo‘lsa, uni o‘chirmang.
2. Elektr jihozlariga tegmang. Rozetkalardan foydalanmang, elektr jihozlarini tarmoqqa ulamang yoki uzmang.
3. Deraza va eshiklarni oching. Xonani zudlik bilan tabiiy shamollatish choralarini ko‘ring.
4. 112 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, gaz sizib chiqishi holati haqida tegishli xizmatlarga xabar bering. Qo‘ng‘iroqni gaz to‘plangan joydan tashqarida amalga oshiring.
🔗Unutmang! Gaz hidiga befarq munosabatda bo‘lish inson hayoti va salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.
Xavfsizlik qoidalariga rioya qiling, yaqinlaringizni ogoh eting va favqulodda vaziyatlarning oldini olishga mas’uliyat bilan yondashing!
Ogoh bo‘ling! Xavfsiz bo‘ling! Hayotni asrang!
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
repost
#Öz_ustingda_ishla
O‘rta Osiyoda 3 ta xonlik mavjud bo‘lgan. Qaysi xonlikda sof o‘zbek
tilida davlat ishlari olib borilgan?
Prezidentimiz Uchtepa tumanidagi til va kasblarga o‘qitish bo‘yicha ko‘p funksiyali markaz bilan tanishdi.
—
Президент нашей страны ознакомился с многофункциональным центром языковой и профессиональной подготовки в Учтепинском районе.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Manba: @shmirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi “Intil” xalqaro til va kasbga oʻqitish markazi faoliyati bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью международного центра языковой и профессиональной подготовки «Intil» в Учтепинском районе города Ташкента.
#Mirziyoyev #tanishuv #Uchtepa #kasbiytayyorgarlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Manba: @shmirziyoyev
⭐️Sharqiy harbiy okrugda ommaviy sport ishlari ko‘rigi boshlandi
Ko‘rik davomida harbiy xizmatchilar belgilangan me’yorlar asosida turli jismoniy mashqlarni bajarib, kuch, tezkorlik va chidamlilik borasidagi imkoniyatlarini amalda sinovdan o‘tkazmoqda.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
Davlatimiz rahbari mehnat migratsiyasi sohasini takomillashtirish vazifalarini belgilab berdi.
—
Глава нашего государства обозначил задачи по совершенствованию сферы трудовой миграции.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Manba: @shmirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi hamda xorijda ishlash istagidagi aholini til va kasblarga maqsadli o‘qitish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам трудовой миграции и целевой языковой и профессиональной подготовки граждан, желающих работать за рубежом.
#Mirziyoyev #yigilish #migratsiya #kasbiytayyorgarlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Manba: @shmirziyoyev
edited
⭐️Svetlana Saidova — Serbiya ochiq chempionati bronza medali sohibi!
Serbiya poytaxti Belgrad shahrida taekvondo WT bo‘yicha G-1 toifasidagi “Galeb Belgrade Trophy — Serbia Open 2026” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.
Dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan kuchli sportchilar ishtirok etgan mazkur nufuzli musobaqada mamlakatimiz terma jamoasi a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchisi katta leytenant Svetlana Saidova munosib chiqish qilib, sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Dayanga +73 kg vazn toifasida ko‘tarilgan sportchimiz keskin va murosasiz bellashuvlarda yuksak mahorati, jismoniy tayyorgarligi hamda g‘alabaga bo‘lgan qat’iy intilishini namoyon etdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra Svetlana Saidova bronza medaliga sazovor bo‘lib, O‘zbekiston sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qildi.
🔗O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sportchilarimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklab, kelgusi musobaqalarda ulkan muvaffaqiyatlarga erishishini tilab qoladi.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
Ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda.
——————————————
Yig‘ilishda xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning daromadlari hududlar kesimida tahlil qilinib, ayrim viloyatlarda pul o‘tkazmalari miqdori boshqa hududlarga nisbatan sezilarli darajada past ekani qayd etildi.
Xususan, xorijda ishlayotgan bir nafar fuqaro hisobiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik pul o‘tkazmasi Farg‘ona viloyatida 1 850 dollarni tashkil etayotgan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent viloyatida 400 dollar, Sirdaryo viloyatida 500 dollar, Jizzax va Navoiy viloyatlarida 600 dollar, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida esa 700 dollarga ham yetmayapti.
——————————————
Davlatimiz rahbari ushbu tafovutlarni kamaytirish, fuqarolarning xorijda munosib daromad topishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va mehnat migratsiyasini samarali tashkil etishda mahalliy hokimliklar, diplomatik vakolatxonalar hamda professional ta’lim muassasalari hamkorligini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Xususan, Germaniya, Turkiya, Slovakiya va Qatar kabi davlatlarda ishonchli ish beruvchilar bilan hamkorlik o‘rnatish, ularni texnikumlarga biriktirish hamda yurtdoshlarimizni talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha tayyorlab, xorijda ishga joylashtirish borasida ijobiy tajribalar mavjudligi qayd etildi.
——————————————
Yevropa Ittifoqi tomonidan ilk bor Markaziy Osiyodan mutaxassislarni jalb qilish masalasining migratsiya strategiyasiga kiritilgani muhim imkoniyat sifatida baholandi. Prezident ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish uchun elchilar, viloyat hokimlari va texnikumlar rahbarlarining mas’uliyati hamda amaliy ishtirokini kuchaytirish lozimligini qayd etdi.
——————————————
Yig‘ilishda Germaniya mehnat bozoridagi talab va mavjud imkoniyatlardan foydalanish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning o‘zida Germaniyadan 45 ming nafar mutaxassisga buyurtma kelib tushgan bo‘lsa-da, hozirga qadar atigi 2 ming nafar yurtdoshimiz ishga joylashtirilgan. Bu esa mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, kasbiy va til tayyorgarligini kuchaytirish hamda ishga joylashtirish jarayonlarini yanada samarali tashkil etish zarurligini ko‘rsatadi.
——————————————
Shu maqsadda Germaniyaning “Telk” kompaniyasi tomonidan “Intil” xalqaro o‘quv markazida 100 nafar nemis tili o‘qituvchisini tayyorlash ishlari boshlangan. Kelgusi yil boshidan boshlab ushbu mutaxassislarni hududlardagi texnikumlarga jalb etish vazifasi qo‘yildi.
——————————————
Bundan tashqari, professional ta’lim tizimini mehnat bozori talablariga moslashtirish bo‘yicha yangi yondashuv ilgari surildi. Unga ko‘ra, har bir viloyatda 2–3 tadan texnikumni yirik tadbirkorlar boshqaruviga berish va ular orqali yiliga kamida 30 ming nafar ish joyida darhol faoliyat boshlashga tayyor malakali mutaxassislarni tayyorlash rejalashtirilmoqda. Mazkur texnikumlarni 15 yil muddatga boshqaruvga berish, ularning bitiruvchilariga esa davlat namunasidagi malaka sertifikatlarini taqdim etish ko‘zda tutilgan.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️Vatanparvarlik sadolari Qönğirot uzra yangradi
Qönğirot tumanida yoşlar örtasida vatanparvarlik tuyğularini mustahkamlaş, milliy armiyamizga nisbatan faxr va iftixor hissini yuksaltiriş hamda ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalaş maqsadida harbiy-vatanparvarlik festivali ötkazildi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
Korrupsiyaga qarshi kurash — barchamizning burchimiz!
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi tomonidan korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda harbiy sohada qonun ustuvorligini mustahkamlashga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Pora olish ham, pora berish ham jinoyat hisoblanadi. Har qanday noqonuniy holat yuzasidan ishonch telefonlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Murojaatchining shaxsi va ma’lumotlari sir saqlanishi kafolatlanadi.
📞 +998971440773⭐
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️Kun savoli!
Vatanni kim himoya qilishi kerak?
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
viral
🫡 Mudofaa vazirligi faoliyatini rasmiy, tezkor va ishonchli yoritib boradigan ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarni bir vaqtda, bir joyda kuzating!
Hoziroq obuna bo‘ling
🛫 https://t.me/mudofaavazirligi
🔗 Rasmiy sahifalarni barchasi 👉 shu yerda
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
edited
10 SAVOLGA 10 JAVOB | MUHIM 5 QOIDA
📺 Video orqali savollarga javob olishingiz mumkin
➡️Va boshqa savollar
🔗Keyingi videoroliklarda huquqiy ma'lumotlar berishda davom etamiz!
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️Harbiy xizmat va sadoqat saboqlari
Buxoro viloyatida joylaşgan Janubi-ğarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qismda “Faxriylar va askarlar uçraşuvi” tadbiri bölib ötdi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
#mardlar_sözi
⭐️Bugun xizmatga otlanar ekansan, seni duo qilib kuzatgan ota-onangni yodga ol. Ularning ishonchi va duosi senga kuch, matonat va sabr bag‘ishlasin. Har bir xizmating bilan ularning faxriga aylan!
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
#mardlar_sözi
⭐️Hafta davomidagi mas’uliyatli xizmatdan so‘ng harbiy xizmatchi uchun oila davrasida o‘tgan har bir lahza bebaho. Farzandlar kulgisi, yaqinlar mehri va oilaviy xotirjamlik…Mehrli oiladan kuch olgan inson Vatanga yanada g‘ayrat va sadoqat bilan xizmat qiladi.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
repost
#Öz_ustingda_ishla
Prussiya qiroli Paganiniga sovg‘a qilgan buyumida quyidagi so‘zlar bayon etilgan edi: "Xar biri jaroxatlaydi, ammo so‘nggisi xalok etadi". Sovg‘a qilingan buyum nima edi?
edited
https://www.youtube.com/watch?v=rqJSJK68O7s
🎬#KINO_TIME #Sardor #MilliyKino #Vatanparvarlik
🇺🇿“SARDOR 2”
⭐️Marhamat, "Sardor 2" nomli sevimli kinoasarni 2-qismini tomosha qilib, qalbingizda Vatanga muhabbat tuyg‘usini yanada mustahkamlang!
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com