Mudofaa vazirligi rasmiy kanali ✔

@mudofaavazirligi · news · Uzbek · active

Subscribers 93.9K Subscribers, last 30 days: 92K → 93.8K +1K 24h
Reach per post (ERR) 18.2%17.1K avg views
Posting 20.0/day last 36 minutes ago
Reactions per 1K views 5.8 👍 🔥 👏
edited

🔉Gaz hidi sezilganda xavfsizlik qoidalariga rioya qiling! ⭐️Aholi xavfsizligini ta’minlash, gaz bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida gaz hidi sezilgan holatlarda quyidagi xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish tavsiya etiladi. ❗️Xususan, xonadonda gaz hidi sezilganda: 1. Elektr chiroqlarini yoqmang yoki o‘chirmang. Xonada chiroq yonib turgan bo‘lsa, uni o‘chirmang. 2. Elektr jihozlariga tegmang. Rozetkalardan foydalanmang, elektr jihozlarini tarmoqqa ulamang yoki uzmang. 3. Deraza va eshiklarni oching. Xonani zudlik bilan tabiiy shamollatish choralarini ko‘ring. 4. 112 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, gaz sizib chiqishi holati haqida tegishli xizmatlarga xabar bering. Qo‘ng‘iroqni gaz to‘plangan joydan tashqarida amalga oshiring. 🔗Unutmang! Gaz hidiga befarq munosabatda bo‘lish inson hayoti va salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Xavfsizlik qoidalariga rioya qiling, yaqinlaringizni ogoh eting va favqulodda vaziyatlarning oldini olishga mas’uliyat bilan yondashing! Ogoh bo‘ling! Xavfsiz bo‘ling! Hayotni asrang! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

Views over time

010K20K30K2 Nov 15:3614 Nov 02:1623K2 Nov 15:36: 0 views14 Nov 02:16: 23,000 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
2 Nov 2026, 15:360
14 Nov 2026, 02:1623K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.