Mudofaa vazirligi rasmiy kanali ✔

@mudofaavazirligi · news · Uzbek · active

Subscribers 93.9K Subscribers, last 30 days: 92K → 93.8K +1K 24h
Reach per post (ERR) 18.2%17.1K avg views
Posting 20.0/day last 36 minutes ago
Reactions per 1K views 5.8 👍 🔥 👏

Ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda. —————————————— Yig‘ilishda xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning daromadlari hududlar kesimida tahlil qilinib, ayrim viloyatlarda pul o‘tkazmalari miqdori boshqa hududlarga nisbatan sezilarli darajada past ekani qayd etildi. Xususan, xorijda ishlayotgan bir nafar fuqaro hisobiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik pul o‘tkazmasi Farg‘ona viloyatida 1 850 dollarni tashkil etayotgan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent viloyatida 400 dollar, Sirdaryo viloyatida 500 dollar, Jizzax va Navoiy viloyatlarida 600 dollar, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida esa 700 dollarga ham yetmayapti. —————————————— Davlatimiz rahbari ushbu tafovutlarni kamaytirish, fuqarolarning xorijda munosib daromad topishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va mehnat migratsiyasini samarali tashkil etishda mahalliy hokimliklar, diplomatik vakolatxonalar hamda professional ta’lim muassasalari hamkorligini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Xususan, Germaniya, Turkiya, Slovakiya va Qatar kabi davlatlarda ishonchli ish beruvchilar bilan hamkorlik o‘rnatish, ularni texnikumlarga biriktirish hamda yurtdoshlarimizni talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha tayyorlab, xorijda ishga joylashtirish borasida ijobiy tajribalar mavjudligi qayd etildi. —————————————— Yevropa Ittifoqi tomonidan ilk bor Markaziy Osiyodan mutaxassislarni jalb qilish masalasining migratsiya strategiyasiga kiritilgani muhim imkoniyat sifatida baholandi. Prezident ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish uchun elchilar, viloyat hokimlari va texnikumlar rahbarlarining mas’uliyati hamda amaliy ishtirokini kuchaytirish lozimligini qayd etdi. —————————————— Yig‘ilishda Germaniya mehnat bozoridagi talab va mavjud imkoniyatlardan foydalanish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning o‘zida Germaniyadan 45 ming nafar mutaxassisga buyurtma kelib tushgan bo‘lsa-da, hozirga qadar atigi 2 ming nafar yurtdoshimiz ishga joylashtirilgan. Bu esa mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, kasbiy va til tayyorgarligini kuchaytirish hamda ishga joylashtirish jarayonlarini yanada samarali tashkil etish zarurligini ko‘rsatadi. —————————————— Shu maqsadda Germaniyaning “Telk” kompaniyasi tomonidan “Intil” xalqaro o‘quv markazida 100 nafar nemis tili o‘qituvchisini tayyorlash ishlari boshlangan. Kelgusi yil boshidan boshlab ushbu mutaxassislarni hududlardagi texnikumlarga jalb etish vazifasi qo‘yildi. —————————————— Bundan tashqari, professional ta’lim tizimini mehnat bozori talablariga moslashtirish bo‘yicha yangi yondashuv ilgari surildi. Unga ko‘ra, har bir viloyatda 2–3 tadan texnikumni yirik tadbirkorlar boshqaruviga berish va ular orqali yiliga kamida 30 ming nafar ish joyida darhol faoliyat boshlashga tayyor malakali mutaxassislarni tayyorlash rejalashtirilmoqda. Mazkur texnikumlarni 15 yil muddatga boshqaruvga berish, ularning bitiruvchilariga esa davlat namunasidagi malaka sertifikatlarini taqdim etish ko‘zda tutilgan. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

Views over time

05K10K15K20K2 Nov 07:4214 Nov 02:1617.2K2 Nov 07:42: 0 views14 Nov 02:16: 17,200 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
2 Nov 2026, 07:420
14 Nov 2026, 02:1617.2K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.