Mudofaa vazirligi rasmiy kanali ✔

@mudofaavazirligi · news · Uzbek · active

Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining rasmiy kanali. Sahifalar: https://mudofaa.taplink.ws/ Tezkor: https://t.me/mudofaalive Murojaat: 15-30

Subscribers 97K Subscribers, last 30 days: 92K → 93.8K +1K 24h
Reach per post (ERR) 17.4%16.9K avg views
Posting 20.4/day last 2 hours ago
Reactions per 1K views 5.9 👍 🔥 👏
  1. ⭐️Kiberxavfsizlik — har bir harbiy xizmatchining mas’uliyati Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligida “Harbiy xizmatchilarning kiber madaniyatini oshirish: mobil qurilmalar, fishing va zararli fayllar bilan bog‘liq tahdidlar” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  2. ⭐️Kiberxavfsizlik — raqamli xavfsizlikning muhim qoidalari ❗️Bugungi raqamli muhitda axborot xavfsizligini ta’minlash har bir foydalanuvchidan hushyorlik va mas’uliyatni talab etadi. SOC, Endpoint Security, Incident Response, Zero Trust, kiberhuquq hamda sun’iy intellektdan xavfsiz foydalanish kabi yo‘nalishlar zamonaviy kiberxavfsizlikning muhim tarkibiy qismlaridir. 🔗Yodda tuting! Raqamli tahdidlardan himoyalanish — avvalo ularni anglash va oldini olishdan boshlanadi. ❗️Xavfsiz axborot — ishonchli kelajak garovi! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  3. ⭐️Oliy va oliy harbiy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida doʻstlik sport musobaqalariga start berildi 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida oliy va oliy harbiy taʼlim muassasalari talaba hamda kursantlari oʻrtasida doʻstlik sport musobaqalariga start berildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  4. #AichiNagoya2026 🔉 Mudofaa vazirligi sportchisi, III darajali serjant Nilufar Zokirova Osiyo oʻyinlari kumush medali sohibi Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo o‘yinlari bahslarida O‘zbekiston delegatsiyasi navbatdagi medalni qo‘lga kiritdi. Kanoeda eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolari III darajali serjant Nilufar Zokirova hamda Vladlen Denisov juftligi delegatsiyamizga galdagi medalni taqdim qildi. Mikst dasturida ishtirok etgan sportchilarimiz finishga ikkinchi boʻlib yetib kelishdi va kumush medalni qoʻlga kiritishdi. 🔗O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sportchimizni ushbu Osiyo o‘yinlarida ikkinchi kumush medalini qo‘lga kiritgani bilan muborakbod etadi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  5. ⭐️Xalqaro musobaqa gʻoliblari taqdirlandi Mudofaa vazirligi Markaziy apparatida Koreya Respublikasida oʻtkazilgan “Xalqaro ilmiy jangovar tayyorgarlik” musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan harbiy xizmatchilarni munosib taqdirlashga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  6. 🇺🇿26-sentabr — Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni. Sana munosabati bilan sohaning barcha fidoyi va о‘z yurtiga sodiq xodimlarini samimiy muborakbod etamiz. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini hamda boshqa davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish borasida olib borilayotgan barcha xayrli ishlarda soha xodimlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  7. ⭐️Qozog‘iston harbiy xizmatchilarining halok bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya bildirildi O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Shuxrat Xalmuxamedov Qozog‘iston Respublikasi harbiy-dengiz kuchlari harbiy xizmatchilarining halok bo‘lgani munosabati bilan Toshkent shahridagi Qozog‘iston Respublikasi Elchixonasiga tashrif buyurib, chuqur ta’ziya izhor etdi. Tashrif davomida Qozog‘iston xalqi hamda marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirilib, halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Mazkur tashrif O‘zbekiston va Qozog‘iston mudofaa idoralari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va yaqin hamkorlikning, shuningdek, hamdardlik va o‘zaro birdamlikning yorqin ifodasi bo‘ldi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  8. ⭐️Sayyor qabul — muammo, tahlil va aniq yechimlar maydoni Angren shahrida joylashgan harbiy qismlardan birida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  9. ⭐️Qarshi shahrida ommaviy yugurish marafoni bo'lib o'tdi Qarshi shahrida harbiy xizmatchilar, talabalar va qashqadaryolik sportsevar yoshlar ishtirokida "Harbiy yugur", "Talaba yugur" shiori ostida ommaviy yugurish musobaqasi bo'lib o'tdi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  10. ⭐️Kasb va oila mas’uliyatini uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining 1-bosqich kursantlari ishtirokida “Kasb va oila mas’uliyatini uyg‘unlashtirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  11. ⭐️“Vatan tayanchi” a’zolariga ko‘krak nishonlari topshirildi Jizzax viloyatida “Vatan tayanchi” harakatining faol a’zolariga maxsus ko‘krak nishonlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  12. ⭐️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kaspiy dengizi hududida mashg‘ulotlar paytida harbiy xizmatchilar halok bo‘lgani munosabati bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Qozog‘iston xalqiga hamdardlik yo‘lladi. Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik tiladi. — ⭐️Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев направил соболезнования Президенту Республики Казахстан Касым-Жомарту Токаеву и народу Казахстана в связи с гибелью военнослужащих во время учений в районе Каспийского моря. Глава нашего государства передал слова сочувствия и поддержки родным и близким погибших. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  13. 💖💖💖💙💙💙 #AichiNagoya2026 🔉Ikki karra Osiyo o‘yinlari chempionligiga erishgan kichik serjant Sharifa Davronovaning mashaqqatli yo‘li... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  14. ⭐️Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotiga tahdid Serjantlar tayyorlash oliy maktabida harbiy xizmatchilar o‘rtasida korrupsiyaning oldini olish, uning salbiy oqibatlarini tushuntirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida “Korrupsiya — halokat” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  15. ⭐️E’tibor, mas’uliyat va hushyorlik — xavfsizlik garovi Sharqiy harbiy okrugning So‘x garnizonida joylashgan harbiy qismda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda tezkor va to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  16. ⭐️Kitob — ma’naviyat qalqoni, mutolaa — bilim va tafakkur manbai Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugning Nukus garnizonida harbiy xizmatchilarning ma’naviy-intellektual salohiyatini oshirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda mutolaaga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga qaratilgan “Ma’naviyat qalqoni” Respublika kitobxonlik tanlovining harbiy qism bosqichi o‘tkazildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  17. #AichiNagoya2026 🔉 Mudofaa vazirligi sportchisi, III darajali serjant Nilufar Zokirova Osiyo oʻyinlari kumush medali sohibi Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo o‘yinlari bahslarida O‘zbekiston delegatsiyasi navbatdagi medalni qo‘lga kiritdi. Ayollar o‘rtasida 500 metr masofaga juftlik bahslarida Mudofaa vazirligi sportchisi, III darajali serjant Nilufar Zokirova hamda Shohsanam Sherzodovadan iborat tandem marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelib, kumush medalga sazovor bo‘ldi. 🔗O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sportchimizni ushbu tarixiy natija bilan muborakbod etadi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  18. 🔉«VATANPARVAR» gazetasining 2026-yil 25-sentabr 39-soni mutolaa uchun havola etilmoqda. ⭐️Shuningdek, @mv_vatanparvar_uz telegram kanali orqali ham tahririyat tomonidan tayyorlangan materiallar bilan tanishib borishingiz mumkin. 🔗O‘qish uchun: https://online.anyflip.com/kxahh/mfjh/mobile/index.html ➡️ Gazeta tahririyat tomonidan taqdim etildi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  19. 🩵🩵🩵💙💙💙❤️❤️❤️ #AichiNagoya2026 🔉Kichik serjant Vladimir Svechnikovning Osiyo oʻyinlari rekordini yangilab, chempionlikni qo‘lga kiritgan lahzalari... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  20. #AichiNagoya2026 🔉Kichik serjant Sharifa Davronova ikki karra Osiyo oʻyinlari chempioni! ⭐️Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, Mudofaa vazirligi sportchisi, kichik serjant Sharifa Davronova ikkinchi bor Osiyo oʻyinlari chempionligini qoʻlga kiritdi. Uch hatlab sakrash dasturida qatnashgan sportchimiz 14.35 metr natija bilan oltin medalga ega chiqdi. 🔗O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sportchimizni ushbu tarixiy natija bilan muborakbod etadi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  21. Older posts