Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining rasmiy kanali.
Sahifalar: https://mudofaa.taplink.ws/
Tezkor: https://t.me/mudofaalive
Murojaat: 15-30
Subscribers97.4K +1K 24h
Reach per post (ERR)17.4%16.9K avg views
Posting20.4/daylast 3 hours ago
Reactions per 1K views5.9👍 🔥 👏
⭐️Korrupsiyaga qarshi kurashish va halollik tamoyillari muhokama qilindi
Mudofaa vazirligining Katta majlislar zalida hamda hududiy bo‘linmalarda videoselektor shaklida korrupsiyaga qarshi kurashish, qonuniylik va halollik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
#AichiNagoya2026
🔉Kichik serjant Zaynab Dayibekova Osiyo o‘yinlarining kumush medaliga sazovor bo'ldi
⭐️Mahoratli sablyachimiz, Mudofaa vazirligi sportchisi, kichik serjant Zaynab Dayibekova delegatsiyamizga navbatdagi kumush medalni keltirdi.
Sportchimiz final bahsida ikki karra jahon chempioni, yaponiyalik Misaki Emuraga kichik hisobda imkoniyatni boy berdi va yakkalik bahslarini ikkinchi oʻrinda yakunladi.
🔗O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sportchimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklab, navbatdagi bahslarda ulkan muvofaqqiyatlarga erishishini tilab qoladi.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️Jizzaxda “Vatan tayanchi” otryad rahbarlari uchun o‘quv-uslubiy seminar o‘tkazildi
Jizzax viloyatida ta’lim muassasalaridagi chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik (CHQBT) fani o‘qituvchilari — “Vatan tayanchi” harakati otryad rahbarlari ishtirokida o‘quv-uslubiy seminar o‘tkazildi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
💙💙💙💖💖💖💛💛💛
#AichiNagoya2026
🔉Kichik serjant Vladimir Svechnikov – Osiyo oʻyinlari rekordini yangilab, chempionlikni qo‘lga kiritdi!
⭐️Oʻq otish bahslaridan xushxabar! Pnevmatik toʻpponchadan 10 metrdan otish dasturida qatnashgan Mudofaa vazirligi sportchisi, kichik serjant Vladimir Svechnikov Osiyo oʻyinlarida oltin medalga erishdi.
🗃Bu oʻq otish sporti turlarida Osiyo oʻyinlarida 32 yillik tanaffusdan keyin qoʻlga kiritilgan oltin medal boʻldi. Yana bir ahamiyatli tomoni, Svechnikov 244,3 ochko bilan Osiyo oʻyinlari rekordini ham yangiladi.
🔗O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda O‘q otish sporti Federatsiyasi sportchimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklab, sportchimizning kelgusi faoliyatida ulkan muvofaqqiyatlar tilaydi.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
#AichiNagoya2026
🔉 Mudofaa vazirligi sportchilari Osiyo oʻyinlari chempionligini qoʻlga kiritishdi
⭐️Joriy yil jahon chempionatida zafar quchgan akademik eshkak eshuvchilar, Mudofaa vazirligi sport markazi sportchilari Shahzod Nurmatov va Sobirjon Safaraliyev Osiyo oʻyinlarida ham gʻalabani tantana qilishdi.
🗃Yengil vaznli sportchilar juftligida (LM2x) ishtirok etgan hamyurtlarimiz marraga birinchi boʻlib yetib kelishdi va delegatsiyamizga qimmatli oltin medalni taqdim qildilar.
🔗O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sportchilarimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklab, sportchimizning kelgusi faoliyatida yanada ulkan g‘alabalar tilaydi.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️Ruhiy barqarorlik — jangovar tayyorgarlikning muhim tarkibiy qismi
Sharqiy harbiy okrugning “Farg‘ona” dala o‘quv maydonida “Qo‘shinlarni kompleks qo‘llashda axloqiy-ruhiy tayyorgarlik va psixologik ishlarni tashkil etish tartibi” mavzusida ko‘rgazmali-taktik o‘quv tashkil etildi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
#AichiNagoya2026
⭐️Anna Prakaten — Osiyo o‘yinlari vitse-chempioni
Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining akademik eshkak eshish bahslarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi medal qo‘shildi.
Ayollar o‘rtasidagi yakkalik — W1x dasturida ishtirok etgan Mudofaa vazirligi sportchisi, Qurolli Kuchlar xizmatchisi Anna Prakaten marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi sportchilari hisobiga yana bir medal qo‘shildi.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⚡ BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasida O‘zbekistonning pozitsiyasi bildirildi
BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida 130 ga yaqin davlat delegatsiyalari qatorida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi. Sessiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nutq so‘zladi.
Nutqda bugungi dunyoda ziddiyatlar tobora kuchayib, o‘zaro ishonch susayib borayotgan bir sharoitda O‘zbekistonning aniq pozitsiyasi bayon etildi:
“Tanlagan yo‘limiz aniq — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot. Biz tinchlik, hamkorlik hamda inson qadr-qimmatini e’zozlash tarafdorimiz.”
Nutqda, shuningdek, Markaziy Osiyodagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘li va aholining turmush darajasi yaxshilanayotgani, BMTning bugungi dunyodagi o‘rni, Afg‘oniston masalasi, bolalar huquqlari va demografik barqarorlik, Orol fojiasi va ekologik muammolar, sun’iy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi va ayollar huquqlari, Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda inson qadrini ulug‘lash kabi dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tildi.
“Bugun hech bir davlat global muammolarni yolg‘iz o‘zi hal eta olmaydi. O‘zbekiston ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan kelajakni barpo etish yo‘lida munosib hissasini qo‘shishga doimo tayyor.”
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
#AichiNagoya2026
⭐️Mudofaa vazirligi sportchilari Osiyo o‘yinlarida ikki kumush medalni qo‘lga kiritdi
Yaponiyaning Aichi-Nagoya shaharlarida davom etayotgan 2026-yilgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi safida Mudofaa vazirligi sportchilari ham munosib ishtirok etmoqda.
Xususan, akademik eshkak eshish bahslarining erkaklar o‘rtasidagi M1x yakkalik dasturida Mudofaa vazirligi sportchisi, Qurolli Kuchlar xizmatchisi Shahboz Xolmurzayev marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, M2x juftlik dasturida Mudofaa vazirligi sportchisi, Qurolli Kuchlar xizmatchisi Mehroj Mamatqulov hamda Pavel Sorin 6:10.49 natija bilan ikkinchi o‘rinni egallab, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi kumush medalni qo‘shdi.
🔗O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sportchilarimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklab, sportchimizning kelgusi faoliyatida yanada ulkan g‘alabalar tilaydi.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️Milliy armiyamiz — mustaqil davlatning mustahkam tayanchi, tinchlik va farovonlik garovidir!
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️Kitob — ma’naviyat va muvaffaqiyat manbai
Chirchiq garnizonida joylashgan harbiy qismlardan birida harbiy xizmatchilarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, intellektual salohiyati va ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida “Kitob — ma’naviyat va muvaffaqiyat manbai” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️Termizda ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi
Termiz shahrida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholining, ayniqsa, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda jismoniy faollikni keng ommalashtirish maqsadida ommaviy yugurish marafoni tashkil etildi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️ Ozarbayjon Respublikasining “Qizilgaya” oʻquv-mashgʻulot markazida Ozarbayjon, Turkiya va Oʻzbekiston harbiylari ishtirokida “Birlik kuchi – 2026” qoʻshma harbiy mashgʻulotlari boshlandi.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️Ozarbayjonda “Birlik kuchi – 2026” qoʻshma harbiy mashgʻulotlar boshlandi
Ozarbayjon Respublikasining Qorabogʻ iqtisodiy hududidagi “Qizilgaya” oʻquv-mashgʻulot markazida Ozarbayjon, Turkiya va Oʻzbekiston harbiylari ishtirokida “Birlik kuchi – 2026” qoʻshma harbiy mashgʻulotlariga start berildi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️Vatanni asramoq — har birimizning vazifamiz
Termiz shahridagi 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan “Jasorat sinfi” o‘quvchilari ishtirokida Termiz garnizonida joylashgan harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan “Vatanni asramoq — har birimizning vazifamiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir va amaliy mahorat darsi o‘tkazildi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” — ochiq muloqot va yangi imkoniyatlar
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” — ochiq muloqot va yangi imkoniyatlar
Toshkent harbiy okrugi tasarrufidagi Angren garnizonida 4-mavsum “Jasorat maktabi” harbiy-vatanparvarlik o‘quv yig‘ini ishtirokchilari bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️“Zakovat” intellektual o‘yinining qo‘mondonlik bosqichi o‘tkazildi
Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligida harbiy xizmatchilarning bilim va intellektual salohiyatini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining qo‘mondonlik bosqichi o‘tkazildi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com