#AichiNagoya2026 🔉 Mudofaa vazirligi sportchisi, III darajali serjant Nilufar Zokirova Osiyo oʻyinlari kumush medali sohibi Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo o‘yinlari bahslarida O‘zbekiston delegatsiyasi navbatdagi medalni qo‘lga kiritdi. Kanoeda eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolari III darajali serjant Nilufar Zokirova hamda Vladlen Denisov juftligi delegatsiyamizga galdagi medalni taqdim qildi. Mikst dasturida ishtirok etgan sportchilarimiz finishga ikkinchi boʻlib yetib kelishdi va kumush medalni qoʻlga kiritishdi. 🔗O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sportchimizni ushbu Osiyo o‘yinlarida ikkinchi kumush medalini qo‘lga kiritgani bilan muborakbod etadi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com