Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining rasmiy kanali.
Sahifalar: https://mudofaa.taplink.ws/
Tezkor: https://t.me/mudofaalive
Murojaat: 15-30
Subscribers97.6K +1K 24h
Reach per post (ERR)17.3%16.9K avg views
Posting20.4/daylast 3 hours ago
Reactions per 1K views5.9👍 🔥 👏
⭐️“Temurbeklar maktabi”da yong‘in xavfsizligi bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi
Garnizon yong‘in xavfsizligi inspeksiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan tadbirda yong‘inlarning kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish choralari va yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakatlanish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com|
⭐️“Quvnoqlar va zukkolar” tanlovining qo‘mondonlik bosqichi bo‘lib o‘tdi
Ishtirokchilar uchta asosiy shart — “Tanishtiruv”, “Savol-javob” hamda “Musiqali uy vazifasi” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
edited
⭐️ "Forish" tog‘ poligonida “To‘maris izdoshlari” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi qizg‘in davom etmoqda.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️Forishda “To‘maris izdoshlari” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
Qizg‘in va murosasiz kechayotgan bahslar davomida ishtirokchi qizlar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, aqliy salohiyati, chaqqonligi va tezkorligini turli sinovlarda namoyon etmoqda.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️Mudofaa sanoati vakillari Janubiy Afrikadagi xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etmoqda
Unda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati vakillari “Made in Uzbekistan” yagona milliy brendi ostida mamlakatimiz mudofaa sanoatining ishlab chiqarish va texnologik salohiyatini namoyish etmoqda.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️Harbiy xizmatchilar va oila a’zolarining murojaatlari o‘rganildi
Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Bosh prokuror oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori hamda Qurolli Kuchlar vazirlik va idoralari rahbariyati bilan hamkorlikda ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️Murg‘ak qalb egalari bilan samimiy muloqot
Angor tumanidagi 9-sonli ko‘p tarmoqli maktab-internatida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️“Ma’naviyat qalqoni” tanlovining birinchi bosqichi o‘tkazildi
Serjantlar tayyorlash oliy maktabida “Ma’naviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovining birinchi bosqichi o‘tkazildi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️Harbiy qism tashkil topganining 27 yilligi nishonlandi
Tantanali marosim davomida xizmat vazifalarini namunali bajarib, yuqori natijalarga erishgan bir guruh harbiy xizmatchilar faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
❤️🔥❤️🔥❤️🔥💙💙💙
🔉O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan Qurolli Kuchlar vazirlik va idoralari bilan hamkorlikda sayyor qabul o‘tkaziladi.
🕐Sayyor qabul o‘tkaziladigan sana: 2026-yil 16-sentabr soat 11:00 da
🏳️Manzil: Sirdaryo viloyati, Gulistan shahar "Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi" binosi
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️Respublika kitobxonlik tanlovini oʻtkazish masalalari muhokama qilindi
Mudofaa vazirligi Ma'naviyat va madaniyat departamentida Qurolli Kuchlari tizimida “Maʼnaviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovini yuqori saviyada oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha ishchi guruh yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️Buxoroda ommaviy yugurish musobaqasi o'tkazildi
Sog'lom turmush tarzini targ'ib etish, yoshlar o'rtasida sportga qiziqishni oshirish hamda jismoniy faollikni keng ommalashtirishga qaratilgan tadbirda 3 mingga yaqin ishtirokchi qatnashdi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
❤️🔥❤️🔥❤️🔥💜💜💜💙💙💙
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
🔉Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan va kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolarni giyohvandlik vositalari boʻyicha tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish tartibi belgilandi
⭐️Adliya vazirligi Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan va kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolarni giyohvandlik vositalari boʻyicha tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi idoraviy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi (roʻyxat raqami 3939, 2026-yil 14 sentabr).
🗃Tibbiy tekshiruv giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilish holatlarini barvaqt aniqlash maqsadida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi va uning hududiy filiallarida oʻtkaziladi.
🗃Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar hududiy harbiy-tibbiy komissiyaga yuborilishidan, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolar esa harbiy-tibbiy muassasada tibbiy koʻrikdan oʻtishlaridan oldin tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi.
🗃Tibbiy tekshiruv 2 bosqichda amalga oshiriladi, daslab peshob namunasi ekspress-test orqali tekshiriladi, musbat natija qayd etilganda esa peshob va (yoki) qon namunalarida mass-spektrometrik identifikatsiya tekshiruvi oʻtkaziladi.
🗃Tibbiy tekshiruv natijalari musbat boʻlgan yoki zarur namunalarni topshirishdan bosh tortgan fuqarolar harbiy-tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmaydi.
🔗Tibbiy tekshiruv davomida olingan shaxsga oid maʼlumotlar, biologik namunalar va tekshiruv natijalarining maxfiyligi taʼminlanadi.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️Samarqandda “Challenge Samarkand — 2026” xalqaro triatlon musobaqasi yakunlandi
Samarqand shahrida triatlon bo‘yicha nufuzli “Challenge Samarkand – 2026” xalqaro musobaqasining asosiy bahslari yuqori saviyada o‘tkazildi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️Harbiy qism tashkil topgan kun tantanali nishonlandi
Sharqiy harbiy okrug Namangan garnizonidagi harbiy qism tashkil topgan kun munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, davlat sirlarini muhofaza qilish, shuningdek, harbiy xizmatchilarning huquq va ijtimoiy kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan qonunlar dastlabki tarzda muhokama qilindi.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️Mudofaa va xavfsizlik sohasiga oid qonunlar muhokama qilindi
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, davlat sirlarini muhofaza qilish, shuningdek, harbiy xizmatchilarning huquq va ijtimoiy kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan qonunlar dastlabki tarzda muhokama qilindi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️“Jasorat sinfi” o‘quvchilari uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Angren shahridagi 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan “Jasorat sinfi” o‘quvchilari ishtirokida harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan mahorat darsi o‘tkazildi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Seul shahriga keldi. Oliy martabali mehmonlarni Koreya Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Ku Yun Chxol va boshqa rasmiylar kutib oldi.
————————————
⭐️Davlat tashrifi bilan Seul shahriga kelgan Prezident Shavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz samimiy kutib oldi.
————————————
⭐️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Koreya Respublikasi Milliy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, yurt ozodligi va mustaqilligi yoʻlida jon fido qilgan vatanparvarlar xotirasiga ehtirom koʻrsatdi.
————————————
⭐️Koreya Respublikasi Prezidentining “Chong Va De” qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.
————————————
⭐️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon bilan tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar aʼzolari ishtirokida muzokara oʻtkazdi.
————————————
⭐️Muzokaralar yakunlangach, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻlib oʻtdi.
————————————
⭐️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Cho Chjon Shik bilan uchrashuv o‘tkazdi.
————————————
⭐️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xan Son Sukni qabul qildi.
————————————
⭐️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xan Son Suk qoʻshma biznes forumning ochilishida ishtirok etdilar.
————————————
⭐️O‘zbekiston – Koreya biznes forumi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xan Son Suk ishtirokida salmoqli investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy bitimlar to‘plamini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
⭐️Harbiy xizmatchilar oilalari uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi
Tibbiy ko‘rikda endokrinolog, dermatolog, mammolog, nevropatolog, terapevt, travmatolog, LOR, okulist, ginekolog, kardiolog, shuningdek, kattalar va bolalar jarrohlari kabi tor soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Batafsil... | Подробно... | Read more...
🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com