⭐️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Seul shahriga keldi. Oliy martabali mehmonlarni Koreya Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Ku Yun Chxol va boshqa rasmiylar kutib oldi. ———————————— ⭐️Davlat tashrifi bilan Seul shahriga kelgan Prezident Shavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlarimiz samimiy kutib oldi. ———————————— ⭐️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Koreya Respublikasi Milliy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, yurt ozodligi va mustaqilligi yoʻlida jon fido qilgan vatanparvarlar xotirasiga ehtirom koʻrsatdi. ———————————— ⭐️Koreya Respublikasi Prezidentining “Chong Va De” qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. ———————————— ⭐️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon bilan tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar aʼzolari ishtirokida muzokara oʻtkazdi. ———————————— ⭐️Muzokaralar yakunlangach, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻlib oʻtdi. ———————————— ⭐️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Cho Chjon Shik bilan uchrashuv o‘tkazdi. ———————————— ⭐️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xan Son Sukni qabul qildi. ———————————— ⭐️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xan Son Suk qoʻshma biznes forumning ochilishida ishtirok etdilar. ———————————— ⭐️O‘zbekiston – Koreya biznes forumi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xan Son Suk ishtirokida salmoqli investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy bitimlar to‘plamini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com