Mudofaa vazirligi rasmiy kanali ✔

@mudofaavazirligi · news · Uzbek · active

Subscribers 97.6K Subscribers, last 30 days: 92K → 93.8K +1K 24h
Reach per post (ERR) 17.3%16.9K avg views
Posting 20.3/day last 4 hours ago
Reactions per 1K views 5.9 👍 🔥 👏

❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💜💜💜💙💙💙 #Qonunchilikdagi_yangiliklar 🔉Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan va kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolarni giyohvandlik vositalari boʻyicha tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish tartibi belgilandi ⭐️Adliya vazirligi Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan va kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolarni giyohvandlik vositalari boʻyicha tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi idoraviy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi (roʻyxat raqami 3939, 2026-yil 14 sentabr). 🗃Tibbiy tekshiruv giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilish holatlarini barvaqt aniqlash maqsadida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi va uning hududiy filiallarida oʻtkaziladi. 🗃Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar hududiy harbiy-tibbiy komissiyaga yuborilishidan, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolar esa harbiy-tibbiy muassasada tibbiy koʻrikdan oʻtishlaridan oldin tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi. 🗃Tibbiy tekshiruv 2 bosqichda amalga oshiriladi, daslab peshob namunasi ekspress-test orqali tekshiriladi, musbat natija qayd etilganda esa peshob va (yoki) qon namunalarida mass-spektrometrik identifikatsiya tekshiruvi oʻtkaziladi. 🗃Tibbiy tekshiruv natijalari musbat boʻlgan yoki zarur namunalarni topshirishdan bosh tortgan fuqarolar harbiy-tibbiy koʻrikdan oʻtkazilmaydi. 🔗Tibbiy tekshiruv davomida olingan shaxsga oid maʼlumotlar, biologik namunalar va tekshiruv natijalarining maxfiyligi taʼminlanadi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

Views over time

05K10K15K15 Sep 12:5114 Nov 02:1615.6K15 Sep 12:51: 0 views14 Nov 02:16: 15,600 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
15 Sep 2026, 12:510
14 Nov 2026, 02:1615.6K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.