Mudofaa vazirligi rasmiy kanali ✔

@mudofaavazirligi · news · Uzbek · active

Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining rasmiy kanali. Sahifalar: https://mudofaa.taplink.ws/ Tezkor: https://t.me/mudofaalive Murojaat: 15-30

Subscribers 98K Subscribers, last 30 days: 92K → 93.8K +1K 24h
Reach per post (ERR) 17.2%16.9K avg views
Posting 20.3/day last 7 hours ago
Reactions per 1K views 5.9 👍 🔥 👏
  1. repost
    +6

    Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. — С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась церемония награждения группы соотечественников, удостоенных высоких государственных наград в связи с 35-летием независимости нашей страны. #Mirziyoyev #marosim #mustaqillik35 #taqdirlash Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  2. ⭐️Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi. — ⭐️Президент Шавкат Мирзиёев торжественно вручил государственные награды в преддверии празднования Дня независимости. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  3. +3

    ⭐️Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. — ⭐️С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась церемония награждения группы соотечественников, удостоенных высоких государственных наград в связи с 35-летием независимости нашей страны. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  4. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #Mustaqillik #35yil #Challenge ⭐️"Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" Mustaqillik – bu bizning eng ulug‘ ne’matimiz. Uning himoyasi – bu har birimizning burchimiz. 📺 Youtube sahifamizda yuqori sifatda tomosha qiling! ➡️Yangiliklarni kuzatib boring: 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  5. ⭐️Zamonaviy sport musobaqalari tobora rivojlanmoqda Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy qismlarning jamoalari o‘rtasida “Robotlar jangi” musobaqasi o‘tkazildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  6. ⭐️Qashqadaryolik qahramon yod etildi Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug harbiy xizmatchilari, Qurolli Kuchlar faxriylari, mahalla faollari hamda yoshlar Otabek Muhammadiyev xotirasini yod etish maqsadida uning byusti o‘rnatilgan maktabda bo‘lishdi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  7. edited
    +3

    ⭐️Mustaqillik bayramiga munosib tuhfa O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti poliklinikasi zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlanib, tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  8. ⭐️Prezidentimiz davlat mukofotini olgan har bir insonning mehnati va ko‘rsatgan jasorati alohida e’tirofga munosib ekanini ta’kidladi. Shu kunlarda joylarda unvon, orden va medallarni qabul qilib olayotgan yurtdoshlarimizga ham samimiy tabriklar aytildi. Mukofotlanganlar orasida islohotlarni qo‘llab-quvvatlab, yurtimizga katta-katta sarmoya va zamonaviy texnologiyalarni olib kelayotgan xorijlik hamkorlar borligi qayd etilib, ularga ham minnatdorlik bildirildi. Mamlakatimiz yetakchisi mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi. – Ko‘ksingizga yarashib turgan yuksak unvon, orden va medallarga odamlar havas bilan qaraydi, yoshlarimiz sizlarga o‘xshashga intiladi. Bu sizlarga kelgusi ishlaringizda yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi deb ishonaman, – dedi davlatimiz rahbari marosim yakunida. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  9. ⭐️Jizzaxda Mustaqillik bayrami ezgu tashabbuslar bilan keng nishonlanmoqda Jizzax shahridagi Yoshlar innovatsion markazida tashkil etilgan “35 yil – 35 xayrli tashabbus” loyihasi aholi, ayniqsa, yosh avlodga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etdi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  10. ⭐️Istiqlol shukuhi tarannum etilgan konsert dasturi Mudofaa vazirligi Maʻnaviyat va madaniyat departamentida Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan konsert dasturi namoyish etildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  11. 🔉Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. ⭐️Tadbirda davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi. – 35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi, – dedi Prezident. 🗃Prezidentimiz mustaqillikning kuch-qudrati madaniyat, san’at va sportni rivojlantirish yo‘lida xizmat qilayotgan insonlarning mahoratida, islohotlar ijrosini har bir mahalla va har bir xonadonga yetkazayotgan davlat xizmatchilarining mehnatida ham namoyon bo‘lishini ta’kidladi. Joylarda odamlarni ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtirayotgan nuroniylar va mahalla faollari, xalq osoyishtaligi hamda Vatan tinchligini ta’minlayotgan harbiylar va huquq-tartibot xodimlarining jasorati alohida qayd etildi. – Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonning eng katta natijasi, bu o‘zgargan inson, o‘z kuchiga ishongan fuqaro, ertangi kunga daxldorligini his qilayotgan jamiyatdir! – dedi mamlakatimiz yetakchisi. 🗃So‘nggi o‘n yilda xalq bilan hamjihat bo‘lib amalga oshirilayotgan ishlar natijasida iqtisodiyot tez sur’atlarda barqaror o‘sib borayotgani qayd etildi. Sanoat tarmoqlari, servis va qishloq xo‘jaligi sohalarida 5 million 700 ming doimiy ish o‘rni yaratildi. Davlat va xususiy sektor ishtirokida 1 million 200 ming o‘rinli zamonaviy maktab, 342 ming o‘rinli bog‘cha va 62 ming o‘rinli shifoxonalar ishga tushirildi. O‘tgan o‘n yilda 650 ming oila yangi zamonaviy uy-joyga ega bo‘ldi. Xalqimizda “Uyli bo‘lish – vatanli bo‘lish” degan naql bor. Shu ma’noda, kamida 2,5 million aholi vatanli bo‘ldi! 🗃Prezidentimiz bugun Yangi O‘zbekistonning ovozi eng nufuzli minbarlarda ham baland yangrayotganini, davlatimizning xalqchil, tinchlikparvar siyosati dunyoda e’tirof etilayotganini ta’kidladi. – Hech shubhasiz, yuqoridagi barcha o‘zgarishlar ko‘p millatli xalqimiz, siz kabi jonkuyar yurtdoshlarimiz mehnati bilan amalga oshmoqda, – dedi davlatimiz rahbari. Qaysi soha yoki vazifada ishlamasin, o‘z mehnatining munosib e’tirofini ko‘rish har bir inson uchun katta baxt ekani ta’kidlandi. Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashab, sidqidildan mehnat qilayotgan 558 nafar fidoyi inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Prezidentimiz har bir mukofotlanganning mashaqqatli mehnat yo‘li, erishgan yutuqlari va yurt taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasini yaxshi bilishini ta’kidladi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  12. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 "Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" ➡️Yangiliklarni kuzatib boring: 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  13. ⭐️Harbiy oilalar salomatligi – doimiy e’tiborda Namangan garnizonidagi harbiy qismda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-amaliy tadqiqot instituti Namangan filiali mutaxassislari tomonidan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  14. ⭐️"Bitta askar – bitta kasb" tamoyili kelajak sari dadil qadam Nukus shahridagi 1-sonli texnikumda “Bitta askar – bitta kasb” tamoyili asosida muddatli harbiy xizmatchilar uchun amaliy kasb-hunar mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilgan. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  15. edited

    ❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💙💙💙 🔉O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan Qurolli Kuchlar vazirlik va idoralari bilan hamkorlikda sayyor qabul o‘tkaziladi. 🕐Sayyor qabul o‘tkaziladigan sana: 2026-yil 27-avgust soat 11:00 da 🏳️Manzil: Samarqand shahar "Xazora" MFY, Spitamen shoh ko‘chasi, 157-uy. Samarqand garnizoni Ma'naviyat va ma'rifat markazi binosi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  16. #Jasorat #Qahramonlar_Nomi_Barhayot ⭐️Vatan millat fidoyilarini unutmaydi! Katta serjant Otajonov Elomon Xolmurodovich o‘z hayotini Vatan himoyasi yo‘liga bag‘ishlagan fidoyi harbiylardan biri edi. U harbiy burchni eng oliy qadriyat deb bilib, jangovar vazifalarni matonat va jasorat bilan ado etgan. So‘nggi daqiqalarda ham u o‘z burchiga sodiq qolib, jangovar topshiriq muvaffaqiyatli bajarilishiga munosib hissa qo‘shgan. Uning fidoyiligi va jasorati yurt himoyasi tarixida mangu qoladi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  17. #Jasorat #Qahramonlar_Nomi_Barhayot ⭐️Katta serjant Otajonov Elomon Xolmurodovich 1978-yil 17-sentabrda Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida dehqon oilasida dunyoga kelgan. 1995-yilda Sirdaryo tumanidagi 2-umumta’lim maktabini tamomlagan. Ayniqsa, adabiyot faniga qiziqishi katta edi. Voleybolni juda yaxshi o‘ynardi. Elomon mexanik haydovchilar tayyorlash kursini o‘qib, bir yarim yil sovxozda mexanizator bo‘lib ishlagan. 1997-yil uydagilariga bildirmay, tuman mudofaa ishlari bo‘limiga ariza yozib Qurolli Kuchlar muddatli harbiy xizmatni o‘tay boshlagan. 1999-2000-yillar Serjantlar tayyorlash maktabida o‘qigan. Katta serjant Elomon Otajonov 2000-yil Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida bo‘lgan jangovar harakatlarda minomyotchilar batareyasi guruh komandiri vazifasida terrorchilarga qarshi janglarda ishtirok etgan. Razvedka qidiruv harakatlari olib borilayotgan vaqtda dushman pistirmasidan otilgan o‘q uni yaralagan, katta serjant E.Otajonov yarador holida dushman joylashgan hududni yakson qilish bo‘yicha o‘z komandiriga nishon ko‘rsatmasi berishga ulgurgan. Uning ko‘rsatmalari bilan jangarilar guruhi yakson etilgan. Dushman tomonidan uzilgan ikkinchi o‘q Elomon ahvolini og‘irlashtirishi oqibatida qahramonlarcha halok bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq vafotidan so‘ng “Jasorat” medali bilan taqdirlangan. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  18. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 "Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" ➡️Yangiliklarni kuzatib boring: 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  19. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ⭐️Chirchiqda Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Chirchiq shahrida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  20. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ⭐️Qalblarda jo‘sh urgan istiqlol taronasi Qarshi shahrida joylashgan "Vatanparvarlar bog'i"da Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  21. Older posts