Mudofaa vazirligi rasmiy kanali ✔

@mudofaavazirligi · news · Uzbek · active

Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining rasmiy kanali. Sahifalar: https://mudofaa.taplink.ws/ Tezkor: https://t.me/mudofaalive Murojaat: 15-30

Subscribers 98K Subscribers, last 30 days: 92K → 93.8K +1K 24h
Reach per post (ERR) 17.2%16.9K avg views
Posting 20.3/day last 7 hours ago
Reactions per 1K views 5.9 👍 🔥 👏
  1. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #Mustaqillik #35yil ⭐️"Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" Mustaqillik – bu bizning eng ulug‘ ne’matimiz. Uning himoyasi – bu har birimizning burchimiz. ➡️Yangiliklarni kuzatib boring: 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  2. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ⭐️Vatanparvarlik ruhini ko‘targan bayram Kattaqo‘rg‘on garnizonida joylashgan harbiy qismda Vatanimiz ravnaqi va tinchligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotgan harbiylarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida madaniy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  3. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ⭐️Vatan madhi yangragan festival Farg‘ona viloyati teatr va konsert saroyida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali tashkil etildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  4. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ⭐️Kursantlar o‘rtasida “Universitet boshlig‘i kubogi” musobaqasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti hamda uning tasarrufidagi institutlar kursantlari o‘rtasida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan sport musobaqalari o‘tkazildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  5. #Jasorat #Qahramonlar_Nomi_Barhayot ⭐️Vatan millat fidoyilarini unutmaydi! Serjant Xayriddin Xolboyev o‘z hayot yo‘lida harbiy burchga sodiqlik, matonat va fidoyilikni namoyon etgan mard harbiylardan biridir. Uning nomi yurt tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida jonini fido qilgan qahramonlar safida hamisha ehtirom bilan tilga olinadi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  6. #Jasorat #Qahramonlar_Nomi_Barhayot ⭐️Serjant Xolboyev Xayriddin Shodiboyevich 1979-yil 7- dekabrda Farg‘ona viloyati So‘x tumani Lenburg qishlog‘ida tug‘ilgan. 1986-1996-yillar Lenburg qishlog‘idagi 18-umumta’lim maktabida ta’lim olgan. 1998-yilda muddatli harbiy xizmatni o‘tagan. 1999-2000-yillar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tagan. 2000-yil 16-avgust kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida bo‘lgan jangovar harakatlarda vertolyot aviahalokati oqibatida Serjant Xolboyev halok bo‘lgan. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  7. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #Mustaqillik #35yil #Challenge ⭐️"Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" ➡️35 yillik shonli bayram munosabati bilan O‘zbekiston O‘q otish federatsiyasining xalqaro toifadagi sportchilari ishtirokida maxsus challenge. 🔗Aniq nishon, qat’iy iroda, yuksak maqsad! 📺 Youtube sahifamizda yuqori sifatda tomosha qiling! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  8. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ⭐️Qahramonlar nomi barhayot Toshkent harbiy okrugi qo’mondoniligi boshchiligida yurt tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida jonini fido qilgan marhum kapitan Bahrom Jo’rayevning xonadoniga tashrif amalga oshirildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  9. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ⭐️Nukus shahrida bayram shukuhi Nukus shahridagi "Do'stlik" istirohat bog‘ida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan harbiy-vatanparvarlik festivali tashkil etildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  10. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ⭐️Andijon viloyati Bobur shahri amfiteatrida vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan harbiy vatanparvarlik festivali tashkil etildi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  11. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ⭐️Qahramonlar xotirasi hamisha e'zozda Samarqand va Kattaqo‘rg‘on garnizonlaridagi harbiy qism harbiy xizmatchilari harbiy xizmat burchini bajarish chog‘ida mardona halok bo‘lgan leytenant Sayyor Sadinov va kichik serjant Ulug‘bek Barnoyevning xonadonida bo‘lib, yaqinlari holidan xabar oldi va samimiy suhbatlashdi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  12. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ⭐️Termizda harbiy-vatanparvarlik festivali 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  13. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ⭐️Termizda harbiy-vatanparvarlik festivali Termiz shahrida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  14. ⭐️Askarlarning onalari sharaflandi Harbiy havo kuchlari qoʻmondonligiga qarashli harbiy qismda “Askar onalarini sharaflaymiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  15. 🇦🇿“Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni butunlay o‘zgartirdi” — Ilhom Aliyev ✍️Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda amalga oshirilgan o‘zgarishlarga yuqori baho berdi. U Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelgan davrdagi vaziyat bilan bugungi holat o‘rtasida katta farq borligini ta’kidladi. “Shavkat Miromonovich O‘zbekistonga rahbarlik qilishni boshlaganida vaziyat butunlay boshqacha edi. Buni O‘zbekiston fuqarolari ham, biz ham juda yaxshi bilamiz. Shu sababli u mamlakatni rivojlanish yo‘liga qo‘yish hamda davlatning iqtisodiy jihatlarini noldan shakllantirish uchun katta kuch bilan ishlashiga to‘g‘ri keldi”, — dedi Ilhom Aliyev. Ozarbayjon rahbari sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, xorijiy investisiyalarni jalb qilish borasidagi ishlarga ham to‘xtaldi. “Bugun biz butunlay boshqacha O‘zbekistonni ko‘rib turibmiz — jahon hamjamiyatining juda hurmatga sazovor a’zosiga aylangan O‘zbekistonni. Sanoatni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar juda tezkor va samarali hal etilmoqda”, — dedi u. Ilhom Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda amalga oshirilgan ishlar va islohotlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik loyihalari uchun ham muhim zamin yaratgan. “Shavkat Mirziyoyev va uning jamoasi tomonidan O‘zbekiston uchun qilingan ishlar va bu islohotlar bo‘lmaganida, birorta ham hamkorlik loyihasini amalga oshirishning imkoni bo‘lmasdi”, — dedi Ozarbayjon Prezidenti. Shuningdek, u Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston rahbarligiga kelguniga qadar ikki mamlakat o‘rtasida birorta ham qo‘shma loyiha bo‘lmaganini ta’kidladi. Ayni paytda tomonlar o‘zaro tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan. Ilhom Aliyev bu ko‘rsatkichni uzoq muddatli orzu emas, balki yaqin ikki yilda amalga oshadigan natija sifatida baholadi. “Bugun biz 1 milliardlik tovar aylanmasi haqida gaplashyapmiz. Bu qandaydir uzoq muddatli orzu emas, yaqin ikki yilda amalga oshadigan ishdir”, — dedi u. ✔️Ozarbayjon rahbari ikki tomon iqtisodiyoti ehtiyoj sezayotgan sohalardagi investisiya loyihalari va o‘zaro sarmoyalar ham muhokama qilinganini qayd etib, bunday hamkorlik ikki davlatning parallel ravishda rivojlanishi natijasida yuzaga kelganini qayd etdi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  16. repost

    Toshkentdagi O‘zbekiston-Ozarbayjon sammiti qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni abadiy do‘stlik darajasiga ko‘targan tarixiy voqea bo‘ldi. — Узбекско-азербайджанский саммит в Ташкенте стал историческим, подняв отношения между братскими странами до уровня вечной дружбы. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  17. +6

    ⭐️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni davlatimiz rahbari va rafiqasi kutib oldilar. ——————————————————————— ⭐️Koʻksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevni tantanali kutib olish marosimi boʻldi. ——————————————————————— ⭐️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tor doirada uchrashuv hamda Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yigʻilishini oʻtkazdilar. ——————————————————————— ⭐️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev qo‘shma loyihalarga start berish marosimida ishtirok etdilar. ——————————————————————— ⭐️Oʻzbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarini ikki mamlakatning oliy davlat mukofotlari – "Haydar Aliyev" ordeni va "Oliy Darajali Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. ——————————————————————— ⭐️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Abadiy doʻstlik toʻgʻrisidagi shartnoma hamda Oliy davlatlararo kengash uchinchi yigʻilishining qarorini imzoladilar. ——————————————————————— ⭐️OAV vakillari bilan uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdilar. ——————————————————————— ⭐️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga tashrif buyurdilar. ——————————————————————— ⭐️Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Yangi Toshkentda Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy pedagogika universitetining yangi kampusini ochish marosimida ishtirok etdilar. ——————————————————————— ⭐️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bogʻini barpo etish ishlarini boshlab berdilar. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  18. #Jasorat #Qahramonlar_Nomi_Barhayot ⭐️Vatan millat fidoyilarini unutmaydi! Otabek Muhammadiyev — Vatan tinchligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida jonini fido qilgan jasur va matonatli harbiy xizmatchi. U harbiy burchiga sadoqat bilan xizmat qilib, terrorizmga qarshi janglarda haqiqiy mardlik va fidoyilik namunasini ko‘rsatdi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  19. edited

    #Jasorat #Qahramonlar_Nomi_Barhayot ⭐️Serjant Muhammadiyev Otabek Avazovich 1976-yil 8-yanvarda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanining Ochamayli qishlog‘ida tug‘ilgan. 1983-1993-yillar Ochamayli qishlog‘idagi 11-sonli umumta’lim maktabida tahsil oldgan. 1995-yilning may oyida Kitob tumani mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan muddatli harbiy xizmatiga chaqirilgan va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmatni boshlagan. 1997-yil noyabr oyi muddatli harbiy xizmatni tugatib, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatini davom ettirgan va 1999- yil 22- oktabrda oila qurgan. Otabek xizmat davrida 1999-yilning noyabr oyida Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, Yangiobod shahrida bir guruh terrorchilar bilan bo‘lgan janglarda ishtirok etgan. 2000-yilning 16-sentabr kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlarida xalqaro terrorchi jangari guruhlar bilan bo‘lib o‘tgan jangda qahramonlarcha halok bo‘lgan. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  20. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 "Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" ➡️Yangiliklarni kuzatib boring: 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  21. Older posts