Mudofaa vazirligi rasmiy kanali ✔

@mudofaavazirligi · news · Uzbek · active

Subscribers 98K Subscribers, last 30 days: 92K → 93.8K +1K 24h
Reach per post (ERR) 17.2%16.9K avg views
Posting 20.3/day last 7 hours ago
Reactions per 1K views 5.9 👍 🔥 👏

#Jasorat #Qahramonlar_Nomi_Barhayot ⭐️Katta serjant Otajonov Elomon Xolmurodovich 1978-yil 17-sentabrda Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida dehqon oilasida dunyoga kelgan. 1995-yilda Sirdaryo tumanidagi 2-umumta’lim maktabini tamomlagan. Ayniqsa, adabiyot faniga qiziqishi katta edi. Voleybolni juda yaxshi o‘ynardi. Elomon mexanik haydovchilar tayyorlash kursini o‘qib, bir yarim yil sovxozda mexanizator bo‘lib ishlagan. 1997-yil uydagilariga bildirmay, tuman mudofaa ishlari bo‘limiga ariza yozib Qurolli Kuchlar muddatli harbiy xizmatni o‘tay boshlagan. 1999-2000-yillar Serjantlar tayyorlash maktabida o‘qigan. Katta serjant Elomon Otajonov 2000-yil Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida bo‘lgan jangovar harakatlarda minomyotchilar batareyasi guruh komandiri vazifasida terrorchilarga qarshi janglarda ishtirok etgan. Razvedka qidiruv harakatlari olib borilayotgan vaqtda dushman pistirmasidan otilgan o‘q uni yaralagan, katta serjant E.Otajonov yarador holida dushman joylashgan hududni yakson qilish bo‘yicha o‘z komandiriga nishon ko‘rsatmasi berishga ulgurgan. Uning ko‘rsatmalari bilan jangarilar guruhi yakson etilgan. Dushman tomonidan uzilgan ikkinchi o‘q Elomon ahvolini og‘irlashtirishi oqibatida qahramonlarcha halok bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq vafotidan so‘ng “Jasorat” medali bilan taqdirlangan. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

Views over time

05K10K15K26 Aug 04:3614 Nov 02:1611.8K26 Aug 04:36: 0 views14 Nov 02:16: 11,800 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
26 Aug 2026, 04:360
14 Nov 2026, 02:1611.8K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.