Mudofaa vazirligi rasmiy kanali ✔

@mudofaavazirligi · news · Uzbek · active

Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining rasmiy kanali. Sahifalar: https://mudofaa.taplink.ws/ Tezkor: https://t.me/mudofaalive Murojaat: 15-30

Subscribers 98K Subscribers, last 30 days: 92K → 98K +4.2K 24h
Reach per post (ERR) 17.2%16.8K avg views
Posting 20.3/day last 12 hours ago
Reactions per 1K views 5.9 👍 🔥 👏
  1. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ⭐️Farg‘onada mustaqillik bayrami keng nishonlanmoqda Farg‘ona shahridagi “Al-Farg‘oniy” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida vatanparvarlik festivali tashkil etildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  2. 🔉 Bir soniya e'tibor – bir umr himoya ⭐️ Yo‘l harakatida ba’zan katta xavf ko‘z o‘ngimizda emas, balki e’tibordan chetda qolgan kichik jihatlarda yashiringan bo‘ladi. Bir soniyalik chalg‘ish, masofani noto‘g‘ri baholash yoki piyodani vaqtida payqamaslik jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. 🗃 Shu bois haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilish so‘raladi. Yodingizda bo‘lsin: yo‘ldagi xavfni har doim ham oldindan ko‘rib bo‘lmaydi. Ammo tezlikni to‘g‘ri tanlash, masofani saqlash va doimiy e’tibor ko‘plab xavfli vaziyatlarning oldini olishi mumkin. 🔗 Yo‘lda shoshilmang. E’tiboringizni bo‘lmang. O‘zingizni ham, boshqalarning ham hayotini asrang! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  3. ⭐️Vatanga sadoqat — eng oliy burch Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa institutida “Vatanga sadoqat — eng oliy burch: qahramonlarning ibratli hayot yo‘li” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  4. 🔉 Taekvondochilarimiz shohsupaning yuqori o‘rinlarini egallashdi ⭐️Pokistonning Laxor shahri mezbonlik qilgan taekvondo WT bo‘yicha “World Taekwondo President’s Cup – Asia” xalqaro musobaqasi Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. 🗃Musobaqaning ikkinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasi vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etib, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildilar. Kun yakunlariga ko‘ra, sportchilarimiz hisobiga 1 ta oltin va 1 ta kumush medal qo‘shildi. -80 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Qurolli Kuchlar xizmatchisi Jasur Jaysunov barcha raqiblarini mag‘lub etib, musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi. -67 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan kichik serjant Ozoda Sobirjonova ham munosib natija qayd etib, musobaqani kumush medal bilan yakunladi. 🔉 Mudofaa vazirligi sportchilarimizni ushbu yuksak natijalar bilan muborakbod etib, kelgusi musobaqalarda ham omad yor bo‘lishini tilaydi! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  5. #Jasorat #Qahramonlar_Nomi_Barhayot ⭐️Vatan millat fidoyilarini unutmaydi! Otabek Muhammadiyev — Vatan tinchligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida jonini fido qilgan jasur va matonatli harbiy xizmatchi. U harbiy burchiga sadoqat bilan xizmat qilib, terrorizmga qarshi janglarda haqiqiy mardlik va fidoyilik namunasini ko‘rsatdi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  6. #Jasorat #Qahramonlar_Nomi_Barhayot ⭐️Serjant Muhammadiyev Otabek Avazovich 1976-yil 8-yanvarda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanining Ochamayli qishlog‘ida tug‘ilgan. 1983-1993-yillar Ochamayli qishlog‘idagi 11-sonli umumta’lim maktabida tahsil oldgan. 1995-yilning may oyida Kitob tumani mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan muddatli harbiy xizmatiga chaqirilgan va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmatni boshlagan. 1997-yil noyabr oyi muddatli harbiy xizmatni tugatib, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatini davom ettirgan va 1999- yil 22- oktabrda oila qurgan. Otabek xizmat davrida 1999-yilning noyabr oyida Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, Yangiobod shahrida bir guruh terrorchilar bilan bo‘lgan janglarda ishtirok etgan. 2000-yilning 16-sentabr kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlarida xalqaro terrorchi jangari guruhlar bilan bo‘lib o‘tgan jangda qahramonlarcha halok bo‘lgan. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  7. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #Mustaqillik #35yil ⭐️"Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" ➡️Yangiliklarni kuzatib boring: 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  8. ⭐️Milliy armiyaga bag‘ishlangan taronalar tanlovi Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugda “Milliy armiya – yangi yulduzlar” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik qo‘shiqlari tanlovining okrug bosqichi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  9. ⭐️ Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyida tarixiy muvaffaqiyatli natija 🔗 Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyini 2025/2026-o‘quv yilida bitirgan barcha o‘quvchilar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinib, talabalik maqomiga erishdi! ➡️Bu yuksak natija yillar davomidagi mashaqqatli mehnat, ustozlarning fidokorona saboqlari, ota-onalarning duosi va yoshlarning o‘z maqsadiga bo‘lgan qat’iy ishonchi samarasidir. 🔉 Harbiy akademik litseyning jami 147 nafar bitiruvchisidan 144 nafari davlat granti, 3 nafari to‘lov-kontrakt asosida oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan. Shuningdek, ularning 42 nafari oliy, 105 nafari oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qish baxtiga muyassar bo‘ldi. Bu natija litsey jamoasi uchun katta faxr, bitiruvchilar uchun esa yangi marralar sari dadil qadamdir. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  10. 🔉«VATANPARVAR» gazetasining 2026-yil 21-avgust 34-soni mutolaa uchun havola etilmoqda. ⭐️Shuningdek, @mv_vatanparvar_uz telegram kanali orqali ham tahririyat tomonidan tayyorlangan materiallar bilan tanishib borishingiz mumkin. 🔗O‘qish uchun: https://online.anyflip.com/kxahh/snsz/mobile/index.html ➡️Gazeta tahririyat tomonidan taqdim etildi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  11. ⭐️“G‘oyaviy jangchi” – ma’naviy va intellektual salohiyat sinovi “Kattaqo‘rg‘on” hamda “Termiz” poligonlarida "Men g‘olib" shiori ostida o'tkazilib kelnayotgan “G‘oyaviy jangchi” ko‘rik-tanlovlarning okrug va qo'mondonlik bosqichi bo‘lib o‘tdi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  12. ⭐️Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz! Temuriylar tarixi davlat muzeyida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans sari!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  13. #Jasorat #Qahramonlar_Nomi_Barhayot ⭐️Vatan millat fidoyilarini unutmaydi! Sayyor Sadinov — Vatanga sadoqat, mardlik va ofitserlik sha’nining yorqin timsoli. U xalqimiz tinchligi va yurt osoyishtaligi yo‘lida harbiy burchini sidqidildan ado etib, jangarilarga qarshi janglarda chinakam jasorat namunasini ko‘rsatdi. Uning fidokorona hayoti, matonati va qahramonligi bugungi yosh avlod qalbida mangu yashaydi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  14. #Jasorat #Qahramonlar_Nomi_Barhayot ⭐️Leytenant Sadinov Sayyor Saidovich 1976-yil 18-noyabr kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida ziyoli oilada dunyoga kelgan. 1983-1990 yillar Samarqand shahridagi 9-maktabda o‘qigan, 1990-1992-yillar Pastdarg‘om tumanidagi 18-maktabda tahsil olgan. O‘rta maktabni tamomlagach Sayyor Sadinov 1993-yil muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va shartnoma asosida xizmatni davom ettirgan. 1995-1999-yillarda Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtini bitirgan. Bilim yurtini bitirib, 1999-2000-yillar Qurolli Kuchlar safida ofitser sifatida maxsus operatsiyalar batalyonida harbiy xizmatni davom ettirgan. 2000-yilda Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida xalqaro terrorchi jangarilarga qarshi jangda qahramonlarcha halok bo‘lgan. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  15. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #Mustaqillik #35yil #Challenge ⭐️"Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" Mustaqillik – bu bizning eng ulug‘ ne’matimiz. Uning himoyasi – bu har birimizning burchimiz. 📺 Youtube sahifamizda yuqori sifatda tomosha qiling! ➡️Yangiliklarni kuzatib boring: 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  16. ⭐️Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish yo‘lida yangi qadam O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Toshkent Kimyo xalqaro universiteti o‘rtasida sun’iy intellekt, robototexnika, raqamli texnologiyalar va kiberxavfsizlik yo‘nalishlarida hamkorlik memorandumi imzolandi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  17. ⭐️Qahramonlar xotirasi – abadiy Sirdaryo viloyatida Vatan himoyasi yo‘lida mardlarcha halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar xotirasi yod etilib, ularning oila a’zolarining holidan xabar olindi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  18. ⭐️Korrupsiyaga qarshi kurash – barqaror xavfsizlik garovi Mudofaa vazirligida “Korrupsiyasiz muhit – barqaror xavfsizlik garovi” mavzusida videoselektor mashg‘uloti o‘tkazildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  19. ❗️Elektr energiyasidan noto‘g‘ri foydalanish yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. ‼️Xavfsizlik qoidalariga rioya qiling va yong‘inning oldini oling! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  20. ⭐️Harbiy sohada oliy ta’limdan keying ta’lim yuzasidan seminar Tadbirda Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining malakali mutaxassislari bilan birga qo‘mondonlik bo‘ysunuvidagi qo‘shilma va harbiy qismlarning ofitserlari ham videokonferens-aloqa tarzida ishtirok etdi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  21. Older posts