🔉 Taekvondochilarimiz shohsupaning yuqori o‘rinlarini egallashdi ⭐️Pokistonning Laxor shahri mezbonlik qilgan taekvondo WT bo‘yicha “World Taekwondo President’s Cup – Asia” xalqaro musobaqasi Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. 🗃Musobaqaning ikkinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasi vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etib, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildilar. Kun yakunlariga ko‘ra, sportchilarimiz hisobiga 1 ta oltin va 1 ta kumush medal qo‘shildi. -80 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Qurolli Kuchlar xizmatchisi Jasur Jaysunov barcha raqiblarini mag‘lub etib, musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi. -67 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan kichik serjant Ozoda Sobirjonova ham munosib natija qayd etib, musobaqani kumush medal bilan yakunladi. 🔉 Mudofaa vazirligi sportchilarimizni ushbu yuksak natijalar bilan muborakbod etib, kelgusi musobaqalarda ham omad yor bo‘lishini tilaydi! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com