🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 31-avgust – 1-sentabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishi hamda “ShHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Bishkek shahrida boʻladi. Shu munosabat bilan navbatdagi viktorinamiz ShHT va Oʻzbekistonning Tashkilot doirasidagi faoliyatiga bag‘ishlanadi. ShHT haqida qanchalik bilasiz? Oʻz bilimlaringizni sinab koʻring va savollarga javob bering! @TIVmatbuot