Raqobat qo‘mitasi | Competition Committee ✔

@raqobatgovuz · finance · Belarusian · active

Subscribers 18.7K tracking since 14 Nov
Reach per post (ERR) 18.7%3.5K avg views
Posting 2.6/day last 19 hours ago
Reactions per 1K views 0.0

Raqobat qo‘mitasi tomonidan reklamalarda davlat tili talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi 🇺🇿 Mamlakatimizda davlat tilining nufuzini oshirish, uning jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash hamda davlat tilida axborot taqdim etish madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. ✈️ Qo‘mita tomonidan muntazam ravishda tashqi yozuvlar, xususan, peshlavhalar, reklama va boshqa e’lonlar hamda axborot matnlarining davlat tili qoidalariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganishlar olib boriladi. ✈️ Jumladan, respublika hududlarida joriy yilning o‘tgan davr mobaynida 16 057 ta monitoringlar o‘tkazilgan. Shundan 4 496 ta holatda turli kamchiliklar aniqlangan. Bunda, 2 344 ta holatda peshlavhalar, tashqi yozuv va boshqa e’lonlar matni, 975 ta tashqi reklamalar matni boshqa tillarda berilganligi, 841 ta peshlavha, tashqi yozuvlar va boshqa e’lonlardagi hamda 336 ta tashqi reklama vositasidagi reklama va axborotlari matnida lug‘aviy ma’nosi buzilganligi va imloviy xatolar mavjudligi aniqlangan bo‘lib, kamchiliklarni tezkor bartaraf etish choralari ko‘rilgan hamda ularni davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqlashtirilishi ta’minlangan. ⚡️ Raqobat qo‘mitasi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida go‘zallik salonlari, avtoservislar hamda qurilish materiallari savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga reklamani joylashtirishda davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. ✈️ Shu o‘rinda, tadbirkorlik subyektlari tomonidan reklamani tayyorlash, joylashtirish va tarqatishda davlat tili hamda reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga amal qilishlari lozim. O‘zbekiston Respublikasining "Reklama to‘g‘risida"gi Qonuni 6-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida reklama davlat tilida tarqatiladi. Reklama mazmunining tarjimasi belgilangan talablarga rioya etilgan holda boshqa tillarda ham takrorlanishi mumkin. Shuningdek, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari hamda qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan boshqa belgilarning asl shakli va tilini saqlash bilan bog‘liq talablar ham inobatga olinishi lozim. Tashqi reklamani joylashtirishda ularning mazmuni, imloviy va uslubiy jihatdan to‘g‘ri rasmiylashtirilishiga, shuningdek, amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligiga e’tibor qaratish zarur. ‼️ Raqobat qo‘mitasi tadbirkorlik subyektlarini tashqi reklama, peshlavha va axborot ko‘rsatkichlarini joylashtirishda davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablarga rioya etishga chaqiradi. ✈️ Qo‘mita tomonidan tashqi reklama va axborot obyektlarining qonunchilik talablariga muvofiqligini o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda. Davlat tiliga hurmat — qonunchilikka hurmatdir! Telegram | Press_service | Facebook | Instagram | YouTube

Views over time

05001K1.5K21 Oct 05:1014 Nov 00:161.2K21 Oct 05:10: 0 views14 Nov 00:16: 1,250 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
21 Oct 2026, 05:100
14 Nov 2026, 00:161.2K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.