🎬#KINO_TIME #ANONS 🇺🇿"Muqaddas burch": Vatan chaqirig‘iga javob bergan yigitlar hikoyasi Vatan himoyasi – har bir yigit uchun sharaf, sadoqat va fidoyilik timsoli. 2012-yilda suratga olingan "Muqaddas burch" badiiy filmi Vatanga muhabbat, harbiy xizmat, do‘stlik, sadoqat va oilaviy qadriyatlar kabi ezgu tushunchalarni yagona hikoya ichida mujassam etadi. Film yosh yigitlarning Vatan oldidagi burchi, harbiy xizmatning mashaqqatli va shu bilan birga sharafli jihatlarini ta’sirchan ochib beradi. Ekranda mardlik, matonat va fidoyilik fazilatlari mayda lavhalar orqali jonlanib, tomoshabinni befarq qoldirmaydi. Asar el-yurt tinchligi yo‘lida xizmat qilishning mohiyati, Vatanga sadoqat va o‘z burchini sharaf bilan ado etish haqida chuqur mushohada yuritishga undaydi. 🎥 Yillar osha qalblardan joy olgan sevimli kinoasarni yana bir bor tomosha qilishga tayyormisiz? 🕐 Yakshanba kuni, soat 13:00 da 🔗 Mudofaa vazirligining rasmiy Telegram kanalida Eski xotiralarni yangilang, sevimli qahramonlar bilan qayta uchrashing va Vatanga sadoqat ruhini yuragingizda his eting! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
Mudofaa vazirligi rasmiy kanali ✔
Subscribers
93.8K
+1K 24h
Reach per post (ERR)
18.3%17.1K avg views
Posting
19.9/day
last 5 hours ago
Reactions per 1K views
5.8
👍 🔥 👏
Views over time
| When | Views |
|---|---|
| 7 Nov 2026, 09:46 | 0 |
| 14 Nov 2026, 02:16 | 14.6K |
Who shared this post
Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)
Nobody yet.