⭐️Kadr va harbiy-kasbiy saralash organi xodimlari kuni keng nishonlandi 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
Mudofaa vazirligi rasmiy kanali ✔
Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining rasmiy kanali. Sahifalar: https://mudofaa.taplink.ws/ Tezkor: https://t.me/mudofaalive Murojaat: 15-30
-
-



+1
Prezident Shavkat Mirziyoyev kino sohasiga zamonaviy boshqaruv usullarini joriy qilish va “Oʻzbekfilm” milliy kino brendini yaratish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по внедрению современных методов управления в сферу кинематографии и созданию национального кинобренда «O‘zbekfilm». #Mirziyoyev #taqdimot #kino #Uzbekfilm Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X Manba: @shmirziyoyev
-



🔴 Is gazi — ko‘rinmas xavf: o‘zingizni va yaqinlaringizni himoya qiling! Is gazi (uglerod oksidi – CO) — rangsiz, hidsiz va ta’msiz zaharli gaz. Uni inson sezgi organlari orqali aniqlay olmaydi. Shu bois gazdan zaharlanish xavfi ko‘pincha kech payqaladi. Is gazi yoqilg‘ining to‘liq yonmasligi natijasida hosil bo‘ladi. Nosoz gaz jihozlari, isitish pechlari, dudburon va mo‘rilarning noto‘g‘ri ishlashi, shuningdek, avtomobil dvigateli yoki ko‘chma generatorni yopiq joyda ishlatish zaharlanishga sabab bo‘lishi mumkin. ❗️Zaharlanishning dastlabki alomatlariga befarq bo‘lmang! Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, nafas qisishi va ko‘krak sohasidagi og‘riq is gazidan zaharlanish belgisi bo‘lishi mumkin. Og‘ir holatlarda hushdan ketish, ongning chalkashishi va tirishish kuzatiladi. Bunday alomatlar paydo bo‘lsa, ularni oddiy charchoq yoki shamollash bilan adashtirmang. 📌Zaharlanishning oldini olish uchun: 🔷Isitish mavsumi boshlanishidan avval gaz jihozlari, isitish uskunalari, suv isitkichlar, mo‘ri va dudburonlarni mutaxassislarga tekshirtiring. 🔷Xonadagi havo almashinuvi va shamollatish tizimining sozligini ta’minlang. Mo‘ri va ventilyatsiya yo‘llarini berkitib qo‘ymang. 🔷 Ko‘chma generator, barbekyu va ko‘mir yoqiladigan moslamalardan uy, garaj yoki boshqa yopiq joylarda foydalanmang. Avtomobil dvigatelini yopiq garajda ishlab turgan holda qoldirmang. 🔷Gaz plitasi yoki duxovkadan xonani isitish maqsadida foydalanmang. 🔷 Imkon qadar uyga, ayniqsa, yotoqxonalar yaqiniga is gazini aniqlovchi maxsus signalizatorlar o‘rnating va ularning sozligini muntazam tekshirib turing. ❓Is gazidan zaharlanish gumon qilinsa, nima qilish kerak? ✔️Darhol barcha odamlarni, jumladan, bolalar va keksalarni xavfli hududdan tashqariga — toza havoga olib chiqing. ✔️Zudlik bilan 103 yoki 112 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, tez tibbiy yordam chaqiring. ✔️Jabrlangan shaxsni shifokor ko‘rigidan o‘tkazing. Alomatlar yengillashgan taqdirda ham tibbiy yordamni kechiktirmang. ✔️Mutaxassislar bino xavfsizligini tasdiqlamaguncha ichkariga qaytmang. ❗️Unutmang: is gazining hidi yo‘q, ammo xavfi juda katta. Ehtiyot choralariga rioya qilish — o‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini asrashning muhim sharti! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
-



+3
⭐️Shavkat Mirziyoyev “Renessans” kino uyida kinematografiya sohasi xodimlari bilan uchrashuvda: Kinematografiya agentligi tugatilib, kino sohasida davlat siyosatini yuritish vakolati Madaniyat vazirligiga o‘tkaziladi. —————————————— “O‘zbekfilm”ning tashkiliy va iqtisodiy modeli yangilanadi. Davlat muassasasi tugatilib, zamonaviy biznes modeli asosida ishlaydigan yangi “O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi. —————————————— Prezidentimiz kino yaratish uchun zamonaviy infratuzilma barpo etilishini ma’lum qildi. “O‘zbekfilm”ning 10 gektarlik hududida kino xizmatlari jamlangan yagona industrial klaster – “O‘zbekfilm kino shaharchasi” tashkil etiladi. —————————————— Davlatimiz rahbari kinoijodkorlar uchun yana bir tashabbusni ma’lum qildi. Quyi Chirchiq tumanidagi “Ko‘hinur” sihatgohi to‘lig‘icha ularning ixtiyoriga beriladi. —————————————— Prezidentimiz sohada ilm, tahlil va professional tanqidchilikni rivojlantirish maqsadida “Kinoshunoslar klubi” tashkil etilishini ma’lum qildi. —————————————— Uchrashuv davomida Chilonzor ko‘chasining mazkur qismiga “O‘zbekfilm” nomini berish taklif qilindi. Kino san’ati muzeyini “O‘zbekfilm” muzeyi, Kino san’ati saroyini “O‘zbekfilm” kinosaroyi, Milliy kinofondni “O‘zbekfilm” milliy kinofondi deb nomlab, ularni yagona brend ostida birlashtirish taklif etildi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
-



⭐️Kadr va harbiy-kasbiy saralash organi xodimlari kuni keng nishonlandi O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy tibbiyot institutida 25-oktabr — Kadr va harbiy-kasbiy saralash organi xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni — Указ Президента Республики Узбекистан «О награждении группы работников сферы здравоохраненияв связи с Днем медицинских работников» Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X Manba: @shmirziyoyev
-



+3
⭐️Ayni daqiqlarda prezidentimiz “O‘zbekfilm” kinostudiyasida kinoijodkorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Prezident o‘n yil avval “O‘zbekfilm” kinostudiyasi qanday ahvolda bo‘lganini eslatib o‘tdi. Ma’lum qilinishicha, 2016-yilda filmlar yaratish uchun davlat budjetidan 10 milliard so‘m ajratilgan bo‘lsa, joriy yilning o‘zida bu ko‘rsatkich 218 milliard so‘mni tashkil etdi. ——————————— Uchrashuvda kino sohasidagi xalqaro miqyosdagi yutuqlarga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, “Oltin globus” xalqaro kino mukofoti tarixida Markaziy Osiyo va Kavkaz kinoijodkorlarini taqdirlash marosimi ilk bor Toshkentda o‘tkazildi. Uchrashuvda ishtirok etgan aktrisa Gulchehra Jamilova esa “Meridian” mukofotiga sazovor bo‘lgan. ——————————— Davlatimiz rahbari ijtimoiy tarmoqlar rivojlangani sababli odamlar kinoteatrga bormay qo‘ygani haqidagi fikrlarga ham munosabat bildirdi. Bu qarash o‘zini oqlamasligi qayd etilib, tomoshabinlar xorijiy filmlarni kinozallarni to‘ldirib ko‘rayotgani ta’kidlandi. ——————————— Prezident kinoning bugungi o‘rniga to‘xtalib, u shunchaki ko‘ngilochar san’at turi emas, balki mamlakatning xalqaro nufuzi va ta’sirini oshiradigan “yumshoq kuch”ga aylanganini ta’kidladi. ——————————— Uchrashuvda soha boshqaruvini isloh qilishga oid muhim qaror e’lon qilindi. Endilikda kinoni boshqarish, moliyalashtirish va film yaratish vazifalari aniq ajratilib, yangi tizimga o‘tiladi. Dastlabki bosqichda ixcham va zamonaviy boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
-
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. — Состоялась встреча Президента Шавката Мирзиёева и Эмира Катара Шейха Тамима бин Хамада Аль Тани. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X Manba: @shmirziyoyev
-



⭐️Harbiy qism yettiligi faoliyati tahlil qilindi Sharqiy harbiy okrug boshqaruv apparatida okrug tasarrufidagi harbiy qismlar va muassasalarda “Harbiy qism yettiligi” tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
-



+3
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashuv oʻtkazdi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел встречу с Эмиром Государства Катар Шейхом Тамимом бин Хамадом Аль Тани, посетившим нашу страну с рабочим визитом. #Mirziyoyev #uchrashuv #Qatar #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X Manba: @shmirziyoyev
-



⭐️“Ma’naviyat qalqoni” — kitobxonlik va tafakkur bellashuvi Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugda harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Ma’naviyat qalqoni” kitobxonlik tanlovining okrug bosqichi bo‘lib o‘tdi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
-
edited 10 SAVOLGA 10 JAVOB | MUHIM 5 QOIDA 📺 Video orqali quyidagi savollarga javob olishingiz mumkin: 1️⃣ Boshqa kuch tuzilmasida xizmatini davom ettirgan holatda Mudofaa vazirligi tomonidan ipoteka asosida berilgan uy o‘zida qoladimi? 2️⃣ Zaxiradagi ofitserlar necha yoshgacha kontrakt asosida harbiy xizmatga kirishlari mumkin? 3️⃣ Mudofaa vazirligi harbiy gospitalida harbiylardan tashqari fuqarolar ham davolansa bo‘ladimi? 4️⃣ Mamlakatimizda qanday soliq turlari mavjud? ➡️Va boshqa savollar 🔗Keyingi videoroliklarda huquqiy ma'lumotlar berishda davom etamiz! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
-
edited 


+3
⭐️Ichki ishlar organlari xodimlari e’tirof etildi Ichki ishlar vazirligi tashkil etilganining 35 yilligi hamda 25-oktyabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Mudofaa vazirligi tomonidan Ichki ishlar vazirligi shaxsiy tarkibining bir guruh xodimlari Mudofaa vazirligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir davomida mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jamoat xavfsizligini mustahkamlash hamda fuqarolar osoyishtaligi yo‘lida xizmat burchini sidqidildan ado etib kelayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyati e’tirof etildi. Shuningdek, xodimlarga kelgusidagi xizmat faoliyatida muvaffaqiyatlar, mas’uliyatli va sharafli vazifalarini bajarishda kuch-g‘ayrat hamda ulkan zafarlar tilandi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
-



⭐️Ofitserlarning kasbiy tayyorgarlik kursi yakunlandi 18 kun davom etgan o‘quv jarayonida 4 ta mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha jami 75 nafar ofitser tayyorgarlikdan o‘tdi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
-
🫡 Mudofaa vazirligi faoliyatini rasmiy, tezkor va ishonchli yoritib boradigan ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarni bir vaqtda, bir joyda kuzating! Hoziroq obuna bo‘ling 🛫 https://t.me/mudofaavazirligi 🔗 Rasmiy sahifalarni barchasi 👉 shu yerda 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
-



⭐️Boks bo‘yicha “Mudofaa vaziri kubogi” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi qo‘mondonlikda boks sporti bo‘yicha harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Mudofaa vaziri kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
-
#mardlar_sözi ⭐️Har tong yangi kun va yangi mas’uliyat bilan boshlanadi. Sen xalq tinchligi va Vatan osoyishtaligi uchun xizmat qilyapsan. Burchingni unutma, sha’ningni asra! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
-
viral 🔉Oila mehri qalbga orom, Vatan xizmatiga kuch bag‘ishlaydi ⭐️Zero, Vatan himoyasi oiladan boshlanadi, oilaning mehri esa fidoyilikka kuch bag‘ishlaydi! ➡️ Bizni kuzatishda davom eting! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
-
⭐️Kiberkasblar— raqamli dunyoning qo'riqchilari! Kiberxavfsizlik sohasida mutaxassislarga ehtiyoj har yili ortmoqda. Bu yo'nalish yuqori talab, yaxshi daromad va barqaror kelajakni kafolatlaydi. 🔗Yo'nalishlar: SOC Analyst, Pentester, Security Engineer, Forensic Expert, Cloud Security Specialist, Security Consultant. ❗️Qanday boshlash mumkin? ✅Tarmoq, Linux va dasturlash asoslarini o'rganing; ✅TryHackMe, Hack The Box kabi platformalarda mashq qiling; ✅CompTIA Security+, CEH, OSCP kabi sertifikatlar oling; ✅Soha jamoasi bilan tanishing! 🔗Kelajakni himoya qilish — bugundan boshlanadi! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
-
V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga tabrik — Поздравление победителям и участникам V летних Параазиатских игр Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X Manba: @shmirziyoyev
- Older posts