⭐️Ayni daqiqlarda prezidentimiz “O‘zbekfilm” kinostudiyasida kinoijodkorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Prezident o‘n yil avval “O‘zbekfilm” kinostudiyasi qanday ahvolda bo‘lganini eslatib o‘tdi. Ma’lum qilinishicha, 2016-yilda filmlar yaratish uchun davlat budjetidan 10 milliard so‘m ajratilgan bo‘lsa, joriy yilning o‘zida bu ko‘rsatkich 218 milliard so‘mni tashkil etdi. ——————————— Uchrashuvda kino sohasidagi xalqaro miqyosdagi yutuqlarga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, “Oltin globus” xalqaro kino mukofoti tarixida Markaziy Osiyo va Kavkaz kinoijodkorlarini taqdirlash marosimi ilk bor Toshkentda o‘tkazildi. Uchrashuvda ishtirok etgan aktrisa Gulchehra Jamilova esa “Meridian” mukofotiga sazovor bo‘lgan. ——————————— Davlatimiz rahbari ijtimoiy tarmoqlar rivojlangani sababli odamlar kinoteatrga bormay qo‘ygani haqidagi fikrlarga ham munosabat bildirdi. Bu qarash o‘zini oqlamasligi qayd etilib, tomoshabinlar xorijiy filmlarni kinozallarni to‘ldirib ko‘rayotgani ta’kidlandi. ——————————— Prezident kinoning bugungi o‘rniga to‘xtalib, u shunchaki ko‘ngilochar san’at turi emas, balki mamlakatning xalqaro nufuzi va ta’sirini oshiradigan “yumshoq kuch”ga aylanganini ta’kidladi. ——————————— Uchrashuvda soha boshqaruvini isloh qilishga oid muhim qaror e’lon qilindi. Endilikda kinoni boshqarish, moliyalashtirish va film yaratish vazifalari aniq ajratilib, yangi tizimga o‘tiladi. Dastlabki bosqichda ixcham va zamonaviy boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com