Mudofaa vazirligi rasmiy kanali ✔

@mudofaavazirligi · news · Uzbek · active

Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining rasmiy kanali. Sahifalar: https://mudofaa.taplink.ws/ Tezkor: https://t.me/mudofaalive Murojaat: 15-30

Subscribers 95.7K Subscribers, last 30 days: 92K → 93.8K +1K 24h
Reach per post (ERR) 17.8%17K avg views
Posting 20.1/day last 1 hour ago
Reactions per 1K views 5.8 👍 🔥 👏
  1. Davlatimiz rahbari Qarshida "Nasaf" traktorlarini ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi. — Глава нашего государства ознакомился с производством тракторов «Nasaf» в Карши. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X Manba: @shmirziyoyev

  2. +3

    Davlatimiz rahbari Qarshi shahrida “Nasaf” brendi ostida zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarini yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi “FM World” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. — Глава нашего государства ознакомился с деятельностью предприятия «FM World» по сборке современной сельскохозяйственной техники под брендом «Nasaf» в городе Карши. #Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo #mashinasozlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X Manba: @shmirziyoyev

  3. Prezident Shavkat Mirziyoyev "yashil" texnologiyalar asosida ishlayotgan fabrikada. — Президент Шавкат Мирзиёев на фабрике, работающей на основе «зеленых» технологий. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X Manba: @shmirziyoyev

  4. edited

    ⭐️O‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid qonun imzolandi Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi. 21-oktabr kuni davlatimiz rahbari lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga oid qonunni imzoladi. Mazkur tashabbus o‘zbek yozuvidagi mavjud noqulayliklarni bartaraf etish, tilning raqamli makondagi imkoniyatlarini kengaytirish hamda yozuv me’yorlarini takomillashtirishga qaratilgan. Qayd etilishicha, yangi tartibga o‘tish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Amaldagi hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlar o‘z kuchida qoladi. Darsliklar, peshlavhalar va ko‘rsatkichlar esa foydalanish muddati tugagach, bosqichma-bosqich yangilanadi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  5. Prezidentimizning Qashqadaryoga tashrifining birinchi manzili zamonaviy to‘qimachilik fabrikasi bo‘ldi. — Первым пунктом программы поездки Президента нашей страны в Кашкадарью стала современная текстильная фабрика. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X Manba: @shmirziyoyev

  6. +3

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifni “Qashqadaryo” erkin iqtisodiy zonasidagi “Sulton Tex Group” toʻqimachilik klasteri fabrikasining faoliyati bilan tanishishdan boshladi. — Президент Шавкат Мирзиёев начал поездку в Кашкадарьинскую область с ознакомления с деятельностью фабрики текстильного кластера «Sulton Tex Group» в свободной экономической зоне «Кашкадарья». #Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo #tuqimachilik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X Manba: @shmirziyoyev

  7. ⭐️Harbiy qismlarda bayramona konsert Sharqiy harbiy okrugning Namangan, Farg‘ona va Andijon garnizonlaridagi harbiy qismlarda Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansamblining konsert dasturlari namoyish etildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  8. “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” butunjahon sammiti ishtirokchilariga tabrik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X Manba: @shmirziyoyev

  9. ⭐️Robototexnika bo‘yicha “Qo‘mondon kubogi” g‘oliblari aniqlandi Markaziy harbiy okrugda “Robototexnika — kelajak sari birinchi qadam” shiori ostida robototexnika yo‘nalishi bo‘yicha “Qo‘mondon kubogi” musobaqasi tashkil etildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  10. Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyuradi. Davlatimiz rahbari sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim sohalarida hamda mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi. Shuningdek, loyihalarni ishga tushirish va yangilarining qurilishini boshlash tadbirida ishtirok etish hamda viloyatni kompleks rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazish rejalashtirilgan. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  11. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ⭐️21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  12. edited

    #AichiNagoya2026 #ParaOsiyoO'yinlari ⭐️O‘zbekiston delegatsiyasi medallar reytingida ikkinchi o‘rinda 2026-yilgi Para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etib, delegatsiya hisobiga yana oltin medallarni qo‘shib qo‘yishdi. 🔗Musobaqalar natijalariga ko‘ra, hamyurtlarimiz jami 68 ta medal — 21 ta oltin, 24 ta kumush va 23 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Navbatdagi bellashuvlarda o‘zbekistonlik sportchilar para veloshosse, para dzyudo va para pauerlifting yo‘nalishlarida yuqori natijalarni qayd etishdi. Xususan, para veloshosse bo‘yicha Marjona Pardaboyeva T1–2 klassida o‘tkazilgan vaqt poygasida 25 daqiqa 58,04 soniya natija bilan marraga yetib kelib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Para dzyudo bahslarida Dovurxon Karomatov J2 klassida, 95 kilogrammdan yuqori vazn toifasida aylanma tizim asosida o‘tkazilgan bellashuvlarda barcha raqiblarini mag‘lub etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Para pauerlifting musobaqalarida ham O‘zbekiston vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Bekzod Jamilov 80 kilogramm vazn toifasidagi final bahsida 229 kilogramm toshni ko‘tarib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Ruxshona O‘ktamova 67 kilogramm vazn toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, mamlakatimiz delegatsiyasi hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shdi. 🔗O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sportchilarni ushbu yutuq bilan tabriklab, kelgusi musobaqalarda omad yor bo‘lishini tilab qoladi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  13. ⭐️G‘oliblar sharaflandi, ota-onalarga ehtirom ko‘rsatildi Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi Kattaqo‘rg‘on umumqo‘shin dala-o‘quv maydonida “Men g‘olib” shiori ostida o‘tkazilgan “Eng ilg‘or artilleriya guruhi” ko‘rik-tanlovining Mudofaa vazirligi bosqichida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Jizzax garnizoni harbiy qismi xizmatchilarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  14. ⭐️Komandirlar malakasi oshirildi O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Janubiy operativ qo‘mondonligi fakultetida harbiy xizmatchilarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan navbatdagi malaka oshirish kurslari yakunlandi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram

  15. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ⭐️21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  16. ⭐️“G‘ururimsan, iftixorimsan, ona tilim” Mudofaa vazirligi Markaziy apparatida O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “G‘ururimsan, iftixorimsan, ona tilim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasining 81-sessiyasi Raisi, Bangladesh tashqi ishlar vaziri Halilur Rahmonni qabul qildi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял Председателя 81-й сессии Генеральной Ассамблеи ООН, министра иностранных дел Бангладеш Халилура Рахмана. #Mirziyoyev #qabul #BMT #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X Manba: @shmirziyoyev

  18. Prezident Shavkat Mirziyoyev favqulodda vaziyatlarga tezkor javob berish tizimini takomillashtirish, suv omborlari va ularga tutash hududlardan foydalanishni tartibga solish hamda xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по совершенствованию системы оперативного реагирования на чрезвычайные ситуации, регулированию использования водохранилищ и прилегающих к ним территорий, а также обеспечению безопасности. #Mirziyoyev #taqdimot #favquloddavaziyatlar #suvomborlari Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X Manba: @shmirziyoyev

  19. Prezident Shavkat Mirziyoyev intensiv baliqchilik loyihalarini jadallashtirish va energotejamkor limonchilik issiqxonalarini tashkil etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по ускорению проектов интенсивного рыбоводства и созданию энергосберегающих теплиц для выращивания лимонов. #Mirziyoyev #taqdimot #baliqchilik #limonchilik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X Manba: @shmirziyoyev

  20. Older posts