Mudofaa vazirligi rasmiy kanali ✔

@mudofaavazirligi · news · Uzbek · active

Subscribers 95.7K Subscribers, last 30 days: 92K → 93.8K +1K 24h
Reach per post (ERR) 17.8%17K avg views
Posting 20.1/day last 1 hour ago
Reactions per 1K views 5.8 👍 🔥 👏
edited

#AichiNagoya2026 #ParaOsiyoO'yinlari ⭐️O‘zbekiston delegatsiyasi medallar reytingida ikkinchi o‘rinda 2026-yilgi Para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etib, delegatsiya hisobiga yana oltin medallarni qo‘shib qo‘yishdi. 🔗Musobaqalar natijalariga ko‘ra, hamyurtlarimiz jami 68 ta medal — 21 ta oltin, 24 ta kumush va 23 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Navbatdagi bellashuvlarda o‘zbekistonlik sportchilar para veloshosse, para dzyudo va para pauerlifting yo‘nalishlarida yuqori natijalarni qayd etishdi. Xususan, para veloshosse bo‘yicha Marjona Pardaboyeva T1–2 klassida o‘tkazilgan vaqt poygasida 25 daqiqa 58,04 soniya natija bilan marraga yetib kelib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Para dzyudo bahslarida Dovurxon Karomatov J2 klassida, 95 kilogrammdan yuqori vazn toifasida aylanma tizim asosida o‘tkazilgan bellashuvlarda barcha raqiblarini mag‘lub etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Para pauerlifting musobaqalarida ham O‘zbekiston vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Bekzod Jamilov 80 kilogramm vazn toifasidagi final bahsida 229 kilogramm toshni ko‘tarib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Ruxshona O‘ktamova 67 kilogramm vazn toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, mamlakatimiz delegatsiyasi hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shdi. 🔗O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sportchilarni ushbu yutuq bilan tabriklab, kelgusi musobaqalarda omad yor bo‘lishini tilab qoladi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

Views over time

05K10K15K21 Oct 04:5814 Nov 02:1611.4K21 Oct 04:58: 0 views14 Nov 02:16: 11,400 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
21 Oct 2026, 04:580
14 Nov 2026, 02:1611.4K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.