Mudofaa vazirligi rasmiy kanali ✔

@mudofaavazirligi · news · Uzbek · active

Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining rasmiy kanali. Sahifalar: https://mudofaa.taplink.ws/ Tezkor: https://t.me/mudofaalive Murojaat: 15-30

Subscribers 96.5K Subscribers, last 30 days: 92K → 93.8K +1K 24h
Reach per post (ERR) 17.6%17K avg views
Posting 20.4/day last 1 hour ago
Reactions per 1K views 5.9 👍 🔥 👏
  1. edited

    ❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 ❗️ Giyohvandlik — bir lahzalik qiziqish, ammo umrboqiy pushaymonlik bo‘lishi mumkin. ⭐️Sog‘lom hayotni tanlang! O‘zingizni, oilangizni va kelajagingizni asrang. 🔗Tanlov sizniki — sog‘lom hayot sari qadam tashlang! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  2. #Qonunchilikdagi_yangiliklar 🚫 Senat 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini ma’qulladi Oliy Majlis Senatida 2-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni ko‘rib chiqildi va ma’qullandi. ✅ 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish Qonun bilan 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tekkanlik hamda unga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirganlik uchun uzoq muddatli 25 yilgacha yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi joriy etilmoqda. Shuningdek, bolalarning jinsiy daxlsizligiga qarshi sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish va hukmni ijro etish muddatlarining o‘tib ketganligi qo‘llanilmaydi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun shartli hukm qilish va jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish butunlay taqiqlanmoqda. ✅ Bepul yuridik yordam va tergovni yozib olish Jinsiy zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bo‘lgan bolalarga protsessual harakatlarga jalb etilgan ilk daqiqalardan e’tiboran davlat hisobidan bepul malakali yuridik yordam ko‘rsatish tizimi joriy etilmoqda. Zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan voyaga yetmaganlarni so‘roq qilish jarayonini videoyozuv orqali qayd etish, jinsiy erkinlikka qarshi jinoyat qurboni bo‘lgan bola va gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘rtasidagi yuzlashtirishni maxsus tartib bo‘yicha o‘tkazish, jabrlanuvchi bola va ayblanuvchi o‘rtasidagi yuzlashtirishni faqat tergovchi, prokuror qarori yoki sud ajrimi asosida o‘tkazish belgilanmoqda. Agar zo‘ravonlik oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, protsessual jarayonlarda vasiylik va homiylik organi vakilining ishtiroki majburiy qilib qo‘yilmoqda. ✅ Ta’lim muassasalari xodimlari zo‘ravonlik uchun ishdan bo‘shatilishi mumkin Mehnat kodeksiga kiritilayotgan qo‘shimchaga ko‘ra, ta’lim va tarbiya muassasalarida bolani tarbiyalash va unga ta’lim berish borasidagi majburiyatlar o‘z zimmasiga yuklatilgan ta’lim tashkiloti xodimining bolaga nisbatan zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilganligi munosabati bilan uning mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga asos bo‘ladi. Bunday shaxslarning kelgusida bolalar bilan ishlashiga cheklov qo‘yiladi. Shu bilan birga, ota-onalarning bolalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmasligi, ularning asosiy ehtiyojlarini qasddan qanoatlantirmasligi, nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzishi, shuningdek, bolalarni sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda. Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va bolalar qayta zo‘ravonlikka uchrashdan qo‘rqib murojaat qilishga ikkilanmasligi uchun, ularning so‘roviga asosan yashash manziliga yozma yoki elektron javob xati yubormaslik tartibi joriy etilmoqda. “Bu oilaviy nizolarning yanada avj olishi va qayta zo‘ravonlik sodir etilishining oldini olishga xizmat qiladi”, — dedi senator. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  3. #AichiNagoya2026 🔉 Kichik serjant Toʻrabek Habibullayev Osiyo oʻyinlari chempioni! Bugun Osiyo o‘yinlari doirasida boks musobaqalarining final bellashuvlari boshlandi. Dastlab -90 kg vazn toifasida ishtirok etgan Mudofaa vazirligi sportchisi kichik serjant Toʻrabek Habibullayev final jangini oʻtkazdi. Xitoylik Xuejen Hanni bilan bahs olib borgan bokschimiz ajoyib gʻalaba bilan delegatsiyamizga 17-oltin medalni taqdim qildi. 🔗O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sportchimizni ushbu yutuq bilan chin qalbdan muborakbod etadi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  4. 🔉«VATANPARVAR» gazetasining 2026-yil 2-oktabr 40-soni mutolaa uchun havola etilmoqda. ⭐️Shuningdek, @mv_vatanparvar_uz telegram kanali orqali ham tahririyat tomonidan tayyorlangan materiallar bilan tanishib borishingiz mumkin. 🔗O‘qish uchun: https://online.anyflip.com/kxahh/xptx/mobile/index.html ➡️Gazeta tahririyat tomonidan taqdim etildi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  5. ⭐️Navbatdagi chempionlar va sovrindorlar tantanali kutib olindi Osiyo o‘yinlarida kurash va yengil atletika bahslaridagi ishtirokini muvaffaqiyatli yakunlab, yuksak natijalar bilan yurtimizga qaytgan sportchilar tantanali kutib olindi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  6. ⭐️Ustozlarga ehtirom 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Termiz, Kakaydi va Xayraobod garnizonlarida ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan hamda ko‘p yillar davomida ushbu tizimda mehnat qilgan ota-onalar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  7. ⭐️Osiyo o‘yinlari chempionlari va sovrindorlari tantanali kutib olindi Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini yakunlagan bir qator o‘zbekistonlik sportchilar ya'ni yengil atletika, og‘ir atletika va o‘q otish sporti vakillari Vatanimizga qaytib keldi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  8. ⭐️Ustoz — qalblarga yo‘l ko‘rsatuvchi buyuk siymo 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi tomonidan Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi 339-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bayram tadbiri tashkil etildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  9. 🔉1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni! Asrlar o‘tadi, turlanar dunyo, Ilm-u-urfon ila boqiydir inson. Ustoz, Siz baxsh etgan borki nur-ziyo, Sizga ta’zim etar bor jumla-jahon. 🔗Siz, aziz ustozlarga umumxalq bayrami kunida yuragimiz tubidagi eng yorug‘ va ezgu niyatlarimizni bildirmoqqa burchlimiz. Bayramingiz muborak bo‘lsin! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  10. #Xalqaro_hamkorlik ⭐️O‘zbekiston va Slovakiya mudofaa vazirlari harbiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi —————————————— ⭐️Министры обороны Узбекистана и Словакии обсудили перспективы военного сотрудничества —————————————— ⭐️Defense Ministers of Uzbekistan and Slovakia discuss prospects for military cooperation 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  11. +2

    ⭐️Ustoz — armiyaning maʼnaviy ustuni 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Mudofaa vazirligining harbiy okrug va qo‘mondonliklarida bayram tadbirlari tashkil etildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  12. ⭐️O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni istiqbollari belgilab olindi O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Shuxrat Xalmuxamedov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjon Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida Ozarbayjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zokir Hasanov bilan uchrashdi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  13. +3

    ⭐️Harbiy bilim yurtlarida ustozlar e’zozlandi 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti hamda uning tasarrufidagi institutlarda bayram tadbirlari o‘tkazildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  14. ⭐️Texnika sozligi — jangovar shaylik garovi Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarda qurol-aslaha hamda harbiy texnikalarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, ularning texnik sozligi va doimiy shayligini ta’minlashga qaratilgan ko‘rgazmali mashg‘ulot o‘tkazildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  15. ⭐️Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri “ADEX 2026” 6-Ozarbayjon xalqaro mudofaa koʻrgazmasida ishtirok etdi Koʻrgazma doirasida Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Shuxrat Xalmuxamedov Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  16. ⭐️Ustoz va murabbiylarga yuksak ehtirom Mudofaa vazirligi markaziy apparatida 1-oktyabr Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  17. ⭐️Harbiy texnika va qurol-yarog‘larni qishki mavsumga tayyorlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi Serjantlar tayyorlash oliy maktabida harbiy texnika va qurol-yarog‘larni qishki ekspluatatsiya sharoitlariga o‘tkazish, ularning texnik sozligi hamda jangovar shayligini ta’minlashga qaratilgan ko‘rgazmali-amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  18. ❗️ KIBERXAVFSIZLIK: SOXTA PROFIL VA SHUBHALI XABARLARDAN OGOH BO‘LING! ⭐️Bunday xabarlarda ko‘pincha shoshiltirish, maxfiylikni talab qilish, «hech kimga aytmang» kabi ko‘rsatmalar berish orqali foydalanuvchini tezkor qaror qabul qilishga majburlashga urinish mumkin. Shubhali havolani ochish yoki noma’lum APK faylni o‘rnatish natijasida qurilmadagi ma’lumotlar, akkauntlar va xizmatga oid axborotlar xavf ostida qolishi mumkin. 🔗Axborot xavfsizligi har bir foydalanuvchining xushyorligidan boshlanadi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  19. Older posts