#AichiNagoya2026 🔉 Kichik serjant Toʻrabek Habibullayev Osiyo oʻyinlari chempioni! Bugun Osiyo o‘yinlari doirasida boks musobaqalarining final bellashuvlari boshlandi. Dastlab -90 kg vazn toifasida ishtirok etgan Mudofaa vazirligi sportchisi kichik serjant Toʻrabek Habibullayev final jangini oʻtkazdi. Xitoylik Xuejen Hanni bilan bahs olib borgan bokschimiz ajoyib gʻalaba bilan delegatsiyamizga 17-oltin medalni taqdim qildi. 🔗O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sportchimizni ushbu yutuq bilan chin qalbdan muborakbod etadi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com