#AichiNagoya2026 ⭐️Mudofaa vazirligi sportchilari Osiyo o‘yinlarida ikki kumush medalni qo‘lga kiritdi Yaponiyaning Aichi-Nagoya shaharlarida davom etayotgan 2026-yilgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi safida Mudofaa vazirligi sportchilari ham munosib ishtirok etmoqda. Xususan, akademik eshkak eshish bahslarining erkaklar o‘rtasidagi M1x yakkalik dasturida Mudofaa vazirligi sportchisi, Qurolli Kuchlar xizmatchisi Shahboz Xolmurzayev marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, M2x juftlik dasturida Mudofaa vazirligi sportchisi, Qurolli Kuchlar xizmatchisi Mehroj Mamatqulov hamda Pavel Sorin 6:10.49 natija bilan ikkinchi o‘rinni egallab, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi kumush medalni qo‘shdi. 🔗O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sportchilarimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklab, sportchimizning kelgusi faoliyatida yanada ulkan g‘alabalar tilaydi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com