Mudofaa vazirligi rasmiy kanali ✔

@mudofaavazirligi · news · Uzbek · active

Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining rasmiy kanali. Sahifalar: https://mudofaa.taplink.ws/ Tezkor: https://t.me/mudofaalive Murojaat: 15-30

Subscribers 98K Subscribers, last 30 days: 92K → 93.8K +1K 24h
Reach per post (ERR) 17.2%16.9K avg views
Posting 20.3/day last 5 hours ago
Reactions per 1K views 5.9 👍 🔥 👏
  1. ⭐️ Raqamli makonda ogohlik – xavfsiz kelajak kafolati 🔺 Raqamli texnologiyalar hayotimizni yengillashtirayotgani bilan birga, kiberjinoyatchilar uchun ham yangi imkoniyatlarni yaratmoqda. 2026-yilning avgust oyida kiberjinoyatlar oqibatida fuqarolarga yetkazilgan zarar ko‘lami 120,5 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgani raqamli xavfsizlikka befarq bo‘lmaslik zarurligini ko‘rsatadi. 🔗 Shu davrda 9 282 ta kiberjinoyat qayd etilgan, jinoyatlarga aloqador 18 838 ta bank kartasi bloklangan. Firibgarlikning eng ko‘p uchrayotgan ko‘rinishlari esa “kartangiz bloklandi”, “hisobingizdan shubhali operatsiya aniqlandi”, “sizga kompensatsiya ajratildi” kabi yolg‘on xabar va qo‘ng‘iroqlar orqali fuqarolarni shoshilinch qaror qabul qilishga undash bilan bog‘liq. ➡️ Ayniqsa, kiberfiribgarlar insonning ishonchi va shoshqaloqligidan foydalanadi. Ular bank, davlat tashkiloti yoki taniqli xizmat nomidan murojaat qilib, SMS-kod, karta ma’lumotlari yoki ilovaga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritishga urinadi. Mazkur jarayonda himoyaning eng muhim qoidalarini unutmaslik zarur. 🔉 Eng muhimi, kiberjinoyatchi sizni shoshiltirishga harakat qiladi. Siz esa aksincha — to‘xtang, tekshiring va shundan keyingina qaror qabul qiling! Raqamli dunyoda xavfsizlik, avvalo insonning hushyorligi va kibergigiyenasiga bog‘liq. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  2. +2

    ⭐️Qilichbozlik bo‘yicha “Mudofaa vaziri kubogi” o‘tkazildi Tanlov davomida ishtirokchilar murakkab va mas’uliyatli sinov shartlari bo‘yicha o‘z bilim, mahorat va amaliy tayyorgarlik darajasini namoyon etdi. Batafsil — https://gov.uz/mudofaa 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  3. ⭐️“Eng ilg‘or tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitseri” ko‘rik-tanlovining okrug bosqichi o‘tkazildi Tanlov davomida ishtirokchilar murakkab va mas’uliyatli sinov shartlari bo‘yicha o‘z bilim, mahorat va amaliy tayyorgarlik darajasini namoyon etdi. Batafsil — https://gov.uz/mudofaa 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  4. ⭐️Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat asosi Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy shaharchada harbiy xizmatchilarning oila a’zolari ishtirokida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, turli zararli illatlarning oldini olish va aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi. Batafsil — https://gov.uz/mudofaa 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  5. ⭐️“Eng yaxshi kutubxonachi” va “Eng ilgʻor madaniyat markazi boshligʻi” aniqlandi Mudofaa vazirligiga qarashli qoʻmondonlikda “Eng yaxshi kutubxonachi” hamda “Eng ilgʻor madaniyat markazi boshligʻi” koʻrik-tanlovlarining qoʻmondonlik bosqichi boʻlib oʻtdi. Batafsil — https://gov.uz/mudofaa 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  6. #Qonunchilikdagi_yangiliklar ⭐️Mudofaa vazirligi qo'shinlariga kontrakt bo'yicha harbiy xizmatga kirishda yosh chegaralari qanday? 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  7. ⭐️Raqamli makonda xavfsizlik — hammaning mas’uliyati Termiz shahridagi Yoshlar markazida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz garnizonida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari hamda ularning oila a’zolari uchun kibersavodxonlik bo‘yicha maxsus mashg‘ulot tashkil etildi. Batafsil... | Подробно... | Read more... 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  8. ⭐️MING YILLIK JANG SADOLARI: urushlar va afsonalar Ajdodlarimiz farzandlariga shunchaki kuchli bo‘lishni emas, or-nomusli, shijoatli va Vatan uchun kerak bo‘lsa jonini tikishga tayyor bo‘lishni o‘rgatgan. Bugun yosh avlod qalbida ana shu jangovar ruhni qanday uyg‘otish mumkin? Qahramonlik dostonlari, xalq og‘zaki ijodi va ajdodlarimizning jasorati farzand tarbiyasida qanday o‘rin tutadi? ➡️“Qarorgoh” podkastining ushbu sonida milliy ruh, botirlik va farzand tarbiyasi haqida so‘z yuritadi. 📺 YouTube 👈 to‘liq va sifatli formatda tomosha qilishingiz mumkin! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  9. 🔉ASKAR SO‘ZI ⭐️Muddatli harbiy xizmat — hayot maktabi. Bu yo‘lda chiniqqan yigitlar ota-onasining faxri, yurtning ishonchli posboni bo‘lib yetishadi. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  10. +6

    ⭐️Poytaxtimizda II Toshkent xalqaro yarim marafoni o'tkazildi Sportsevarlar va yugurish ishqibozlarini bir maydonga jamlagan ommaviy yugurish marafonida ishtirokchilar 21,097 km va 5 km masofalarda kuch sinashdi. Batafsil — https://gov.uz/mudofaa 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  11. ❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💙💙💙 🔉O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti hamda uning tarkibidagi institutlar tayanch doktoranturasiga nomzodlar qabuli boshlandi. 🔗Hujjatlar joriy yilning 15-sentabridan 15-oktabriga qadar qabul qilinadi. 📞Murojaat uchun telefon: 71-289-95-63 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  12. ⭐️Avlodlar uchrashuvi harbiy ta’lim an’analarini davom ettiradi Serjantlar tayyorlash oliy maktabida sobiq Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti bitiruvchilarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Batafsil — https://gov.uz/mudofaa 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  13. ⭐️Muzeylar — tarix va maʼnaviyat xazinasi “Muzeylar haftaligi” doirasida Termiz garnizonida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari uchun Surxondaryo viloyatida joylashgan muzeylar bo‘ylab sayohat qilish imkoni yaratildi. Batafsil — https://gov.uz/mudofaa 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  14. ❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💙💙💙 🔉Mudofaa vazirligi qoʻshinlarda “Maʼnaviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovi start olmoqda. ⭐️“Maʼnaviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovi muddatli va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar, oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlari hamda harbiy-akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida 4 toifa bo‘yicha o‘tkaziladi. Tanlovning dastlabki uch bosqichi sentabr–noyabr oylarida harbiy qismlar va taʼlim muassasalari, harbiy okruglar hamda Mudofaa vazirligi miqyosida tashkil etiladi. Ishtirokchilar test sinovlari, “Tezkor savol-javob”, “Badiiy asarlar bilimdoni” va “Insho yozish” shartlari bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazadilar. Uch bosqichda muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan eng kuchli kitobxonlar tanlovning respublika bosqichida kuch tuzilmalari vakillari bilan bellashish huquqini qo‘lga kiritadi. Hurmatli harbiy xizmatchilar, “Maʼnaviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovida barchangizni ishtirok etishga chorlab qolamiz. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  15. ⭐️Yangi o‘quv yili — yangi marralar sari! Farg‘ona garnizonidagi harbiy qism Madaniyat markazida Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari ishtirokida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Batafsil — https://gov.uz/mudofaa 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  16. ❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💙💙💙 🔉Toshkentda jahon harbiy sportchilari kurash gilamida bellashadi ⭐️Joriy yilning 10–15-sentyabr kunlari poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasining Yakkakurash sport turlari majmuasida ilk bor Xalqaro harbiy sport kengashining “I Jahon harbiy chellenji” musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan harbiy sportchilar kurash gilamida kuch, mahorat va matonatini namoyon etadi. 🔗13 ta vazn toifasidagi murosasiz va shiddatli bellashuvlarga guvoh bo‘ling! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  17. ⭐️Harbiy xizmatchilar oʻrtasida korrupsiyaga qarshi madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan profilaktik tadbir oʻtkazildi Angren garnizonida joylashgan harbiy qismda “Mudofaa vazirligi tizimida xizmat intizomi va korrupsiyaga qarshi madaniyat: oʻzaro bogʻliqlik va masʻuliyat” mavzusida profilaktik tadbir oʻtkazildi. Batafsil — https://gov.uz/mudofaa 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  18. ⭐️Teatr — ma’naviyat va tarbiya maskani Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida joylashgan San’at saroyida viloyat drama teatri aktyorlari ishtirokida “Chegarachi” nomli sahna asari namoyish etildi. Batafsil — https://gov.uz/mudofaa 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  19. ⭐️ HARBIYLARNING ONASI | ISLOM KARIMOVNI YIGʻLATGAN MAKTUB Bundan 26 yil muqaddam Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov Oliy Majlis minbaridan turib, farzand dogʻida kuygan onaizorning iztirobli maktubini kuchli hayajon va koʻzda yosh bilan oʻqib eshittirgan edi. Islom Karimovni yigʻlatgan harbiy onasining soʻzlarida qanday kuch bor edi? “Qarorgoh” podkastining bugungi sonida Vatan uchun jonini bergan leytenant Bobur Gʻaniyevning onasi – Munavvarxon aya Gʻaniyeva yurakni larzaga soluvchi xotiralarini soʻzlab berdi. 📺 YouTube 👈 to‘liq va sifatli formatda tomosha qilishingiz mumkin! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

  20. Older posts