Mudofaa vazirligi rasmiy kanali ✔

@mudofaavazirligi · news · Uzbek · active

Subscribers 98K Subscribers, last 30 days: 92K → 93.8K +1K 24h
Reach per post (ERR) 17.2%16.9K avg views
Posting 20.3/day last 6 hours ago
Reactions per 1K views 5.9 👍 🔥 👏

⭐️ Raqamli makonda ogohlik – xavfsiz kelajak kafolati 🔺 Raqamli texnologiyalar hayotimizni yengillashtirayotgani bilan birga, kiberjinoyatchilar uchun ham yangi imkoniyatlarni yaratmoqda. 2026-yilning avgust oyida kiberjinoyatlar oqibatida fuqarolarga yetkazilgan zarar ko‘lami 120,5 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgani raqamli xavfsizlikka befarq bo‘lmaslik zarurligini ko‘rsatadi. 🔗 Shu davrda 9 282 ta kiberjinoyat qayd etilgan, jinoyatlarga aloqador 18 838 ta bank kartasi bloklangan. Firibgarlikning eng ko‘p uchrayotgan ko‘rinishlari esa “kartangiz bloklandi”, “hisobingizdan shubhali operatsiya aniqlandi”, “sizga kompensatsiya ajratildi” kabi yolg‘on xabar va qo‘ng‘iroqlar orqali fuqarolarni shoshilinch qaror qabul qilishga undash bilan bog‘liq. ➡️ Ayniqsa, kiberfiribgarlar insonning ishonchi va shoshqaloqligidan foydalanadi. Ular bank, davlat tashkiloti yoki taniqli xizmat nomidan murojaat qilib, SMS-kod, karta ma’lumotlari yoki ilovaga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritishga urinadi. Mazkur jarayonda himoyaning eng muhim qoidalarini unutmaslik zarur. 🔉 Eng muhimi, kiberjinoyatchi sizni shoshiltirishga harakat qiladi. Siz esa aksincha — to‘xtang, tekshiring va shundan keyingina qaror qabul qiling! Raqamli dunyoda xavfsizlik, avvalo insonning hushyorligi va kibergigiyenasiga bog‘liq. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

Views over time

05K10K8 Sep 14:0514 Nov 02:1610.9K8 Sep 14:05: 0 views14 Nov 02:16: 10,900 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
8 Sep 2026, 14:050
14 Nov 2026, 02:1610.9K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.