⭐️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni davlatimiz rahbari va rafiqasi kutib oldilar. ——————————————————————— ⭐️Koʻksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevni tantanali kutib olish marosimi boʻldi. ——————————————————————— ⭐️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tor doirada uchrashuv hamda Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yigʻilishini oʻtkazdilar. ——————————————————————— ⭐️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev qo‘shma loyihalarga start berish marosimida ishtirok etdilar. ——————————————————————— ⭐️Oʻzbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarini ikki mamlakatning oliy davlat mukofotlari – "Haydar Aliyev" ordeni va "Oliy Darajali Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. ——————————————————————— ⭐️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Abadiy doʻstlik toʻgʻrisidagi shartnoma hamda Oliy davlatlararo kengash uchinchi yigʻilishining qarorini imzoladilar. ——————————————————————— ⭐️OAV vakillari bilan uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdilar. ——————————————————————— ⭐️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga tashrif buyurdilar. ——————————————————————— ⭐️Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Yangi Toshkentda Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy pedagogika universitetining yangi kampusini ochish marosimida ishtirok etdilar. ——————————————————————— ⭐️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bogʻini barpo etish ishlarini boshlab berdilar. 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com