Migratsiya agentligi Jizzax viloyat filiali

@jizzax_agency · Uzbek · active

Migratsiya agentligi Jizzax viloyat filiali telegram kanaliga xush kelibsiz! Manzil: Jizzax shahri, Jizzaxlik MFY, Sh.Rashidov shox ko'chasi 44 uy (Jizzax Ishga marhamat monomarkazi 1-qavati) ☎️ (+998 72) 223 90 66 ☎️ (+998 72) 223 90 65

Subscribers 5.2K Subscribers, last 30 days: 5.2K → 5.2K +0 24h
Reach per post (ERR) 38.6%2K avg views
Posting 4.0/day last 7 hours ago
Reactions per 1K views 0.6 👍 😁 🔥
  1. 🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdi Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi. Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva. Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash kabi eng muhim yo‘nalishlarni qamrab olgan. Prezident Administratsiyasi rahbarining Antoniu Guterrish bilan muloqoti O‘zbekistonning BMT maydonida dunyo miqyosidagi dolzarb chaqiriqlarga yangicha g‘oyalar bilan javob berish, global muammolarga amaliy yechim topish bo‘yicha qat’iy intilishini namoyon etadi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

  2. repost

    🎥 Xavfsiz migratsiya — xavotirsiz hayot 🌍 Xorijda ishlash — tanlovdan boshlanadi. 💼 Tashkillashtirilgan migratsiya — xavfsiz, rasmiy va kafolatli yo‘l. 💰 Qolaversa, kasbiy tayyorgarlikdan o‘tasiz va moliyaviy ko‘mak ham olasiz. ⚠️ Yakka tartibdagi migratsiya — noma’lum, xavfli va himoyasiz qolish ehtimoli. 💸 Hatto qarz ostida qolib ketishingiz mumkin. 🔴 Tanlovingiz to‘g‘ri bo‘lishiga ishonamiz! 📢 Xabarni tarqating! 👉 So‘nggi yangiliklar uchun — @uzmigration

  3. 🇧🇬 BULGARIYADA DOIMIY ISH! Quyidagi kasblar bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodlar taklif etiladi: 🏗 1. Qolipchi (opalubkachi) 💶 Ish haqi: 1 150 yevro Bino va inshootlarning konstruktiv elementlari uchun qoliplarni tayyorlash va o‘rnatish. 🪚 2. Duradgor 💶 Ish haqi: 1 460 yevro Talablar: ▪️ Qurilish, yog‘ochga ishlov berish yoki duradgorlik yo‘nalishida kasbiy ma’lumot; ▪️ Rus tilini yaxshi bilish; ▪️ Yog‘och konstruksiyalar, qoliplar va tomlarni montaj qilish tajribasi; ▪️ Qurilish chizmalarini o‘qiy olish. 🚜 3. Buldozer mashinisti 💶 Ish haqi: 1 281 yevro Talablar: ▪️ Kamida 5 yillik ish tajribasi; ▪️ Rus tilini yaxshi bilish; ▪️ Buldozer va ekskavatorda ishlash tajribasi; ▪️ Traktorchi-mashinist guvohnomasi, haydovchilik guvohnomasi va tegishli diplom. 🚧 4. JCB 3CX ekskavator-yuklagich mashinisti 💵 Ish haqi: 1 000–1 300 AQSh dollari 🏭 5. Sex ishchisi — ishlab chiqarish yordamchisi 💵 Ish haqi: 1 000–1 300 AQSh dollari Oshxona plitalari va keramika mahsulotlari ishlab chiqariladigan sexda yordamchi ishlarni bajarish. 🛣 6. Yo‘l-qurilish texnikasi operatori 💶 Ish haqi: 1 717 yevro brutto Asfalt yotqizish mashinasi, Bobcat, yo‘l katogi va boshqa yo‘l-qurilish texnikalarini boshqarish. ℹ️ Brutto — soliqlar va boshqa ushlanmalar chegirilishidan oldingi ish haqi. 📌 Ishlash uchun ariza qoldirish: 📢 Bolgariyada qonuniy va barqaror ishlash istagidagi fuqarolar uchun yaxshi imkoniyat! ☎️ Murojaat uchun: 72-223-90-65 72-223-90-66 🌍 Bizni kuzatib boring: 😎 jizzax_agency

  4. repost

    🇷🇺 Россия Федерациясининг Набережные Челны шаҳридаги ПАО КАМАЗ корхонаси автомобил ишлаб чиқариш заводида ишлаш истагида бўлган юртдошларимизни таклиф этмоқда! Танловлар вақти: ⚡️ 22-сентябр куни, 🔜соат 11-00 да: 📝 Бўш иш ўринлари: 🟢Автоматик ва ярим автоматик станоклар ҳамда қурилмалар линияси оператори; 🟢Механик-йиғув ишлари чилангари; 🟢Қўлда қолиплаш стерженчиси; 🟢Транспортировка ишчиси (юк ташувчи). 😐 Номзодга қўйилган талаблар: 🟢18-45 ёшли аёл ва эркаклар; 🟢соҳада муайян тажрибага эга бўлиш устунлик беради; 🟢судланмаганлик; 🟢рус тилини мулоқот даражасида билиш. 💰 Иш хақи: 85-90 минг рубльни ташкил этади. Иш берувчи хисобидан: 🛩 Авиачипта (етиб боргандан кейин 5000 рублгача бўлган қисмини иш берувчи компенсация қилади); 🪪 Патент (6 ой ишлаб бериш шарти билан); 🏠 ётоқхона. Рўйҳатдан ўтиш 📍Хорижга чиқиш истагида бўлган фуқаролар кўрсатилган соатларда Жиззах мономарказида ёки ўзи яшаб тўрган худуднинг Бандлик марказларига бориб қатнашиши мумкин. 📍Локация ☎️ 72-223-90-65

  5. repost

    🇩🇪 GERMANIYADA ISHLASH UCHUN TO‘LIQ BEPUL DASTUR! Migratsiya agentligi va “RRG AG” tashkiloti qurilish sohasi mutaxassislarini Germaniyada ishlashga taklif qiladi! 💼 Vakansiyalar: Ish o‘rinlari: 200 ta Ish vaqti: haftasiga 5 kun, 40 soat Sinov muddati: 6 oy 💶 Oylik ish haqi: 2 500 yevro (qo‘lga tegadigan) 🔣 Nomzod hisobidan qoplanadigan xarajatlar: • Germaniyada turar joy — oyiga 300 yevro; • oziq-ovqat xarajatlari. 👤 Kimlar ishtirok etishi mumkin? • 18–39 yoshdagi, oliy yoki kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi diplomga ega nomzodlar. Talablar: • tegishli yo‘nalish bo‘yicha kamida 2 yillik texnikum yoki kollej diplomi; • so‘nggi 5 yil ichida tegishli sohada kamida 2 yillik ish tajribasi. 🧮 Imtiyozlar: 📖 Talabgorlar Toshkent shahridagi “Berlitz” o‘quv markazida 8 oy davomida A1 darajadan B1 darajagacha bepul nemis tili kursida o‘qitiladi. Xarajatlar Migratsiya agentligi va ish beruvchi tomonidan qoplanadi. 🧮 Til sertifikati imtihoni, viza va aviachipta xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi. Mehnat sharoitlari — ish haqi, ustamalar, sug‘urta, ta’til va boshqa imtiyozlar — Germaniyadagi xodimlar bilan teng darajada belgilanadi. Nomzodlar bilan 6 oylik sinov muddatini o‘z ichiga olgan muddatsiz mehnat shartnomasi tuziladi. 📌 Germaniyaga joylashganingizdan so‘ng oila a’zolaringizni doimiy yashash uchun olib kelish hamda bolalar uchun nafaqa olish imkoniyati mavjud. 📌 Ro‘yxatdan o‘tish uchun kerakli yo‘nalish ustiga bosing: • G'isht teruvchi • Qurilish duradgor • Qurilish chilangar • Sanoat mexanigi • Qurilish kran operatori • Qurilish payvandchi • Qurilish beton quyuvchi 🗓 Muddatlar: Arizalar joriy yilning 30-sentyabriga qadar qabul qilinadi. Ish beruvchilar bilan onlayn suhbatlar joriy yilning oktyabr oyidan boshlab har hafta o‘tkaziladi. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar guruhlar shakllanishiga qarab o‘qishga jalb etiladi. 📞 Murojaat uchun: 1282 📢 Yaqinlaringizga ulashing! 👉 So‘nggi yangiliklardan “Xorijda ish” kanali orqali xabardor bo‘lib boring!

  6. repost

    🇬🇧 Инглиз тилини билиш мавсумий ишда қандай имконият беради? Тилни яхши билган ходим оддий ишчи лавозими билан чекланиб қолмай, менежер ёки супервайзер бўлиб ишлаш ва қўшимча ҳақ олиш имкониятига эга бўлади. Буюк Британияда Мавсумий ишчилар схемасида ҳозир ишлаётган ёки сўнгги 3 йилда ишлаб қайтганлар учун бепул онлайн инглиз тили курсига қабул бошланди. 🎓 Саралашдан ўтган 100 нафар иштирокчи: 🔹 5 ой давомида бепул таълим олади; 🔹 дарсларда ўзига қулай вақтда қатнашади. 👩‍💼 Аёлларнинг иштироки алоҳида қўллаб-қувватланади. 👉 Ариза топшириш 👈 🗓️ Аризалар 2026 йил 1 октябргача қабул қилинади. Лойиҳа Миграция бўйича халқаро ташкилот (IOM) ва Миграция агентлиги ҳамкорлигида амалга оширилади. (Ишга жойлаштириш ёки хорижга юборишни назарда тутилмайди.) 📲 Саволлар учун: +998 90 021 50 38 (Telegram) @uzmigration

  7. repost

    🇷🇺 Россия Федерациясининг “Качканарский камень” Пермь ўлкасида жойлашган ЖБИ (бетон махсулотлари ишлаб чиқариш) заводига фуқароларни ишга таклиф этади. Танловлар вақти: ⚡️ 21-сентябр куни, 🔜соат 11-00 да: 📝 Бўш иш ўринлари: 🟢Формовщик 😐 Номзодга қўйилган талаблар: 🟢20-35 ёшли эркаклар; 🟢соҳада муайян тажрибага эга бўлиш устунлик беради; 🟢судланмаганлик; 🟢Рус тилини мулоқот даражасида билиш; 💰 Иш хақи: 85 минг Россия рублидан бошлаб Иш берувчи хисобидан: (барча харажатлар бир йил ишлаш шарти билан) 😄авиачипта ва патент; 😄ётоқхона; 😄овқатланишу (бир ойда корхона томонидан 8 минг рубль компенсация берилади ) ; 😄яшаш жойига рўйҳатга қўйиш; Рўйҳатдан ўтиш 📍Хорижга чиқиш истагида бўлган фуқаролар кўрсатилган соатларда Жиззах мономарказида ёки ўзи яшаб тўрган худуднинг Бандлик марказларига бориб қатнашиши мумкин. қатнашиши мумкин 📍Локация ☎️ 72-223-90-65, 72-223-90-66 🌍Расмий саҳифаларимизга обуна бўлинг: 😎 jizzax_agency

  8. 🔔Orolbo‘yida tibbiyot kadrlarini tayyorlashning yangi imkoniyatlari yaratilmoqda ⚡Sifatli tibbiy xizmat, avvalo, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassisga bog‘liq. Shu nuqtai nazardan, Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasining tashkil etilishi Orolbo‘yi uchun muhim ahamiyatga ega. ✅Akademiya Orolbo‘yining ekologik, demografik va tibbiy xususiyatlarini inobatga olgan holda, tibbiyot xodimlarini xalqaro standartlar asosida, raqamli va amaliyotga yo‘naltirilgan usulda tayyorlashga ixtisoslashadi. 🎓 Akademiyaning quvvati: 🔷yiliga 3 ming nafar shifokor; 🔷6 ming 800 nafar o‘rta tibbiyot va farmasevtika xodimi malakasini oshirish; 🔷Orolbo‘yidan 100 nafarga yaqin klinik ordinator tayyorlash. 🏙️ Uzoq hududlardan keladigan mutaxassislar uchun 72 o‘rinli mehmonxona ham tashkil etilgan. Akademiyada nazariyadan ko‘ra amaliyotga yaqinlashtirilgan ta’limga alohida e’tibor berilmoqda. 8 ta simulyasion xonada 50 dan ortiq yo‘nalish bo‘yicha raqamli va simulyasion ta’lim yo‘lga qo‘yilib, 100 dan ziyod tibbiy amaliyot bo‘yicha xalqaro standartlar asosida tayyorgarlik ko‘rish imkoni yaratilgan. 💼 Yana bir e’tiborli jihat — akademiyada “Edge Medical” jarrohlik roboti o‘rnatilgan. U simulyasion mashg‘ulotlardan tashqari real klinik sharoitda masofaviy operatsiyalarni yuqori aniqlikda bajarish imkonini beradi. ➕ Akademiyaning faoliyati ta’lim bilan cheklanmaydi. Bu yerda ilm-fan, klinik amaliyot va raqamli texnologiyalar o‘zaro uyg‘unlashtiriladi. 📌 Xususan, Orolbo‘yi ekotizimining aholi salomatligiga ta’siri, respirator va onkologik kasalliklar, xavfsiz ichimlik suvi, nutrisiologiya, reproduktiv salomatlik va ekologik epidemiologiya kabi hudud uchun dolzarb yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borish ko‘zda tutilgan. 🌎 Shuningdek, Pittsburg va Frayburg universitetlari kabi xorijiy ta’lim va tibbiyot markazlari bilan hamkorlik, xalqaro o‘quv kurslari, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, telemedisina va raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish rejalashtirilgan. Akademiyaning asosiy vazifasi — shunchaki zamonaviy ta’lim berish emas. Orolbo‘yi uchun zamonaviy bilimga ega mutaxassis tayyorlash, uni real klinik holatga kirishidan oldin xavfsiz muhitda sinash va ilg‘or tibbiy tajribani hududga olib kirish. Zero, tibbiyotda eng katta investisiya — bino yoki texnologiya emas, ulardan samarali foydalana oladigan malakali mutaxassisdir. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

  9. repost

    🇩🇪 Toshkentda “BerufsEXPO — 2026” ko‘rgazmasi! 🔰 Nemis tilini kamida A2 darajasida bilasiz va Germaniyada ta’lim olish, ish topish yoki nemis kompaniyalari bilan bevosita tanishishni istaysizmi? Unda aynan siz uchun ajoyib imkoniyat bor! 🌐 “BerufsEXPO — 2026” — kasbiy yo‘nalish, dual ta’lim (Ausbildung) va ish imkoniyatlariga bag‘ishlangan yirik ko‘rgazma o‘tkaziladi! 👉BATAFSIL TANISHISH👈 Ko‘rgazmada siz: ✅ Germaniyadagi kasb-hunar ta’limi tizimi bilan tanishasiz; ✅ nemis va o‘zbek tashkilotlari vakillari bilan bevosita suhbatlashasiz; ✅ o‘zingizga mos ta’lim yoki ish yo‘nalishini topishingiz mumkin. ❗️Tadbirda ishtirok etish mutlaqo bepul, biroq oldindan ro‘yxatdan o‘tish majburiy! 👉RO'YXATDAN O'TISH 👈 O‘zbekiston va Germaniya hamkorligida tashkil etilgan ushbu yarmarka yoshlarga kasbiy yo‘nalish tanlashda yordam beradi. Asosiy tashkilotchilar: GP Günter Papenburg, Germaniya elchixonasi, Goethe-Institut, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Germaniya Savdo-sanoat palatasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi. 📆 2026-yil 30-sentyabr — 1-oktyabr ⏰ Boshlanish vaqti: 10:00 📍 Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Haydar Aliyev ko‘chasi, 89-uy (Toshkent transport texnikumi) 📍 Lokatsiya 📢 Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!

  10. ❗️"Biz sizni yaxshi ko‘ramiz" Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi 24/7 ishlaydigan ko‘chaga tashrif buyurdi. Prezident korteji ko’chada rejadan tashqari to’xtadi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

  11. repost

    🇺🇿🇯🇵 Япон компаниялари учун мутахассислар Ўзбекистонда тайёрланади Миграция агентлиги раҳбари Муҳсинхўжа Абдураҳмонов Японияда «KEIDANREN» ва етакчи компаниялар иштирокидаги давра суҳбатида иш берувчининг аниқ эҳтиёжи асосида кадрлар тайёрлаш таклифини илгари сурди. Бунда япон компаниялари зарур касблар ва малака талабларини белгилаш, ўқув дастурларини шакллантириш ҳамда номзодларни баҳолашда иштирок этиши кўзда тутилмоқда. 📊 Япония билан миграция соҳасида бугунги ҳамкорликлар: 🔹 Ангренда Proud Partners билан очилган Uzbekistan Proud Academy марказида 140 дан ортиқ ҳайдовчи бепул тил ва касбий тайёргарликдан ўтмоқда. 🔹 Тошкентда Onodera User Run ва Willer Express билан ҳайдовчилик, парвариш ва умумий овқатланиш йўналишларида тайёрлов дастурлари йўлга қўйилган. 🔹 Қаршида Orion Computer Co., Ltd. билан япон тили синфи очилган, қурувчиларни тайёрлаш режалаштирилмоқда. 🔹 200 дан ортиқ юртдошимиз Shimizu Corporation объектларида ишламоқда. Onodera User Run, Proud Partners ва Orion Computer Co., Ltd. лойиҳалари доирасида камида 576 та иш ўрни шакллантирилган. 💬 «Биз учун асосий кўрсаткич фақат ишга юборилган фуқаролар сони эмас, балки уларнинг тайёргарлик сифати, шартнома шартларига риоя этилиши, бандлигининг барқарорлиги ва касбий ўсишидир», — дея таъкидлади Муҳсинхўжа Абдураҳмонов. «KEIDANREN» — Япониянинг етакчи компаниялари ва тармоқ уюшмаларини бирлаштирувчи бизнес федерацияси. 🇬🇧 EN 🇷🇺 RU 📢 Хабарни тарқатинг! 👉 @uzmigration

  12. repost
    +3

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasiga keldi. Safarni boshlashdan avval mamlakatimiz yetakchisi marhum davlat va jamoat arbobi Kallibek Kamalovning xonadoniga tashrif buyurdi. — Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в Республику Каракалпакстан. Перед началом поездки глава нашего государства посетил дом покойного государственного и общественного деятеля Каллибека Камалова. #Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston #xotira Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  13. repost

    🇯🇵🚛 YAPONIYADA HAYDOVCHILAR UCHUN ISH IMKONIYATI! Yaponiyada haydovchilik sohasida ishlash istagida bo‘lgan hamyurtlarimiz uchun navbatdagi qabul boshlandi. Migratsiya agentligi hamda Yaponiyaning “Proud Partners” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilayotgan dastur doirasida nomzodlar uchun 8 oygacha bepul intensiv tayyorgarlik kursi tashkil etiladi. 📌 Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: 🚛 21–35 yoshdagi, BC toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lganlar; 📋 C toifadagi haydovchilik guvohnomasi olinganiga kamida 2 yil bo‘lgan bo‘lishi kerak; 🇯🇵 Yaponiyada ishlash va belgilangan tayyorgarlik dasturida jiddiy ishtirok etishga tayyor nomzodlar; 📚 Yapon tilini biladigan nomzodlarga ustunlik beriladi. 🎓 Dastur doirasida: 🇯🇵🚛 Yapon tili va haydovchilik sohasi bo‘yicha 8 oygacha bepul intensiv tayyorgarlik; 🏠 Bepul yotoqxona; 💰 Yashash xarajatlariga Migratsiya agentligi tomonidan 90 foizgacha yordam ko‘rsatiladi. 🇯🇵 Yaponiyada: 💼 Ishchi vizasi asosida rasmiy ish o‘rinlari; 🏠 Turar joy bilan ta’minlashda yordam; 🩺 Tibbiy va ijtimoiy sug‘urta masalalarida yordam; ✈️ Belgilangan tartib asosida aviachipta va viza xarajatlari bo‘yicha yordam. 📅 Yangi guruhda o‘qish oktabr oyidan boshlanadi. Tayyorgarlik kursining maksimal muddati — 8 oy. Dastur ishtirokchilarining asosiy qismi 5–6 oy davomida zarur yapon tili va kasbiy sertifikatlarni qo‘lga kiritib, ish takliflariga ega bo‘lgan. 💰 Oylik daromad ish joyi, ish soati va qo‘shimcha to‘lovlarga qarab farq qiladi. 📝 Dasturda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting 📩 Batafsil ma’lumot uchun: Telegram: @UPA_rouch_07 @bexruz_UPA 📞 Murojaat uchun: +998 99 855 87 45 📲 Yaqinlaringizga ulashing! 📢 So‘nggi yangiliklar va xorijda ishlash imkoniyatlaridan «XORIJDA ISH» kanali orqali xabardor bo‘lib turing.

  14. repost

    🇺🇿🇯🇵 Японияда ўзбекистонликларни ишга жойлаштириш лойиҳалари кенгайтирилади Японияда Ташқи ишлар вазирлиги ва Миграция агентлиги раҳбарияти хорижий кадрларни тайёрлаш, танлаш ва ишга жойлаштиришга ихтисослашган “Onodera User Run” компанияси президенти Jun Kato билан учрашди. Компания билан ҳамкорликда Тошкент шаҳрида ҳайдовчилик, парвариш ва умумий овқатланиш соҳалари учун номзодларни япон тили ва касбга тайёрлаш дастурлари амалга оширилмоқда. Учрашувда ушбу лойиҳаларни қўллаб-қувватлаш, ҳудудларда янги таълим марказларини очиш ҳамда ёшларни тайёрлаш ва Японияда ишга жойлаштириш кўламини кенгайтириш масалалари муҳокама қилинди. 🇬🇧 EN 🇷🇺 RU 📢 Хабарни тарқатинг! 👉 @uzmigration

  15. 🌍 Nega aynan qonuniy yo‘l bilan xorijga ishlash kerak? Qonuniy mehnat migratsiyasi Sizga quyidagi kafolatlarni beradi: ✔️ rasmiy mehnat shartnomasi; ✔️ kafolatlangan ish haqi; ✔️ tibbiy sug‘urta va ijtimoiy himoya; ✔️ xorijda huquqiy yordam olish imkoniyati; ✔️ davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash. Noqonuniy migratsiya esa quyidagi xavflarni keltirib chiqaradi: ❌ firibgarlik; ❌ hujjatsiz ishlash; ❌ ish haqi to‘lanmasligi; ❌ deportatsiya; ❌ majburiy mehnat xavfi. 2025-yil 11-noyabr kuni kuchga kirgan OʻRQ–1095-son Qonun mehnat migratsiyasi sohasini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda xorijda qonuniy ishlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. 📌 Qonuniy ishlang – huquqlaringiz ishonchli himoyada bo‘lsin! 🌍 Bizni kuzatib boring: 😎 jizzax_agency

  16. repost

    🇷🇺 Россия Федерасияцининг ПРОФРЕЗЕРВ” корхонаси, Красноярск вилоятида жойлашган қурилиш обектларига фуқароларни ишга таклиф этади. Танлов 2026 йил 25 сентябр куни соат 11:00 да бошланади ◾️иш тури: * Пайвандловчи (сварщик 3, 4 разрядли) * Монтажник * Бетонщик 💵 Ойлик маоши 170 минг Россия рублидан бошлаб ◾️Талаблар: - РФга кириш таъқиқ бўлмаган; - рус тилида эркин мулоқот қила олиш; - муқаддам судланмаган; - жисмонан соғлом - 22 - 50 ёш; ◾️Корхона ҳисобидан: 1. Авиа чипта (бир йил ишлаш шарти билан) 2. Патент ҳаражатлари (бир йил ишлаш шарти билан) 3. Ётоқхона, махсус ишчи кийим ва озиқ-овқат Ишлаш истагида бўлган фуқаролар биометрик ва хорижга чиқиш паспортлари билан келишлари сўралади. 📍Хорижга чиқиш истагида бўлган фуқаролар кўрсатилган соатларда Жиззах мономарказида қатнашиши мумкин. ☎️ 72-223-90-65, 72-223-90-66 Расмий саҳифаларимизга обуна бўлинг 😎Telegram 😎Instagram

  17. repost

    🇷🇺 Россия Федерациясининг АО «ЗМК» корхонаси Саратов вилоятида жойлашган объектида шартнома асосида ишлаш истагида бўлган фуқаролар ишга таклиф этилади. 📝 Бўш иш ўринлари: 🟢Станокчи - 80 000 рубль; 🟢Электросварщик (автомат ва ярим автомат) - 100 000 рубль; 🟢Сресарь по сборке металлоконструкций - 100 000 рубль; 🟢Чистильщик металла - 80 000 рубль; 🟢Машинист мостового крана - 80 000 рубль; Танловлар вақти: ⚡️ 24-сентябр куни, 🔜соат 11-00 да: Номзодга қўйилган талаб: 😄20-50 ёшдаги эркак; 😄Рус тилини билиш; 😄Судланмаган; 😄Соғлом; 😄Ўзбекистондан чиқишга тақиқ йўқлиги. Иш берувчи қуйидаги харажатларни қоплаб беради: 😄авиачипта; 😄ётоқхона; 😄Патент расмийлаштириш; 😄яшаш жойига рўйҳатга қўйиш; Рўйҳатдан ўтиш Ишлаш истагида бўлган фуқаролар биометрик ва хорижга чиқиш паспортлари билан келишлари сўралади. 📍Хорижга чиқиш истагида бўлган фуқаролар кўрсатилган соатларда Жиззах мономарказида ёки ўзи яшаб тўрган худуднинг Бандлик марказларига бориб қатнашиши мумкин. қатнашиши мумкин.

  18. repost

    🇷🇺 Россия Федерацияси "ПРОМЕТ-НПО" корхонасига Тула вилоятида жойлашган заводига фуқароларни ишга таклиф қилинади. Танловлар вақти: ⚡️ 23-сентябр куни, 🔜соат 11-00 да: 👨‍🌾 Бўш иш ўрни: 🟢Слесарь (Механик йиғиш ишлари чилангари); 🟢Маляр прошковой окраски ; 🟢Контактная сварка (Ярим автомат ва автомат пайвандчиси); 👤 Талаблар: 🔹 20–45 ёшли эркаклар; 🔹 соҳада иш тажрибаси бўлиши устунлик беради; 🔹 судланмаган бўлиш; 🔹 рус тилини билиш. 💰Иш ҳақи: 75-100 минг Россия рубл (бажарилган иш хажми ва сифатига қараб). Иш берувчи хисобидан: 😄Авиачипта (ойлик иш ҳақидан бўлиб ушлаб қолиш шарти билан); 😄ётоқхона; 😄Патент; 📝 Рўйхатдан ўтиш: Xorijdaish.uz орқали рўйхатдан ўтиш ⏳Номзодлар суҳбат асосида саралаб олинади. Суҳбат Миграция агентлиги Жиззах филиалида ташкил қилинади. 📍Локация Шунингдек, бошқа туман фуқаролар ўзлари яшаб турган ҳудуддаги Бандлик марказларига мурожаат қилиб, танловда иштирок этишлари мумкин. ☎️ Мурожаат учун: 72-223-90-65 72-223-90-66

  19. repost

    🇷🇺 Россия Федерациясининг Набережные Челны шаҳридаги ПАО КАМАЗ корхонаси автомобил ишлаб чиқариш заводида ишлаш истагида бўлган юртдошларимизни таклиф этмоқда! Танловлар вақти: ⚡️ 22-сентябр куни, 🔜соат 11-00 да: 📝 Бўш иш ўринлари: 🟢Автоматик ва ярим автоматик станоклар ҳамда қурилмалар линияси оператори; 🟢Механик-йиғув ишлари чилангари; 🟢Қўлда қолиплаш стерженчиси; 🟢Транспортировка ишчиси (юк ташувчи). 😐 Номзодга қўйилган талаблар: 🟢18-45 ёшли аёл ва эркаклар; 🟢соҳада муайян тажрибага эга бўлиш устунлик беради; 🟢судланмаганлик; 🟢рус тилини мулоқот даражасида билиш. 💰 Иш хақи: 85-90 минг рубльни ташкил этади. Иш берувчи хисобидан: 🛩 Авиачипта (етиб боргандан кейин 5000 рублгача бўлган қисмини иш берувчи компенсация қилади); 🪪 Патент (6 ой ишлаб бериш шарти билан); 🏠 ётоқхона. Рўйҳатдан ўтиш 📍Хорижга чиқиш истагида бўлган фуқаролар кўрсатилган соатларда Жиззах мономарказида ёки ўзи яшаб тўрган худуднинг Бандлик марказларига бориб қатнашиши мумкин. 📍Локация ☎️ 72-223-90-65

  20. repost

    🇷🇺 Россия Федерациясининг “Качканарский камень” Пермь ўлкасида жойлашган ЖБИ (бетон махсулотлари ишлаб чиқариш) заводига фуқароларни ишга таклиф этади. Танловлар вақти: ⚡️ 21-сентябр куни, 🔜соат 11-00 да: 📝 Бўш иш ўринлари: 🟢Формовщик 😐 Номзодга қўйилган талаблар: 🟢20-35 ёшли эркаклар; 🟢соҳада муайян тажрибага эга бўлиш устунлик беради; 🟢судланмаганлик; 🟢Рус тилини мулоқот даражасида билиш; 💰 Иш хақи: 85 минг Россия рублидан бошлаб Иш берувчи хисобидан: (барча харажатлар бир йил ишлаш шарти билан) 😄авиачипта ва патент; 😄ётоқхона; 😄овқатланишу (бир ойда корхона томонидан 8 минг рубль компенсация берилади ) ; 😄яшаш жойига рўйҳатга қўйиш; Рўйҳатдан ўтиш 📍Хорижга чиқиш истагида бўлган фуқаролар кўрсатилган соатларда Жиззах мономарказида ёки ўзи яшаб тўрган худуднинг Бандлик марказларига бориб қатнашиши мумкин. қатнашиши мумкин 📍Локация ☎️ 72-223-90-65, 72-223-90-66 🌍Расмий саҳифаларимизга обуна бўлинг: 😎 jizzax_agency

  21. Older posts