Gazalkent FC

@gazalkent_fc · sports · Portuguese · active

Professional Football Club Gazalkent, Uzbekistan 🇺🇿

Subscribers 3.4K Subscribers, last 30 days: 3.4K → 3.4K +0 24h
Reach per post (ERR) 28.9%990 avg views
Posting 7.4/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 7.2 ❤ 🔥 👍
  1. edited

    🎁Gadji Gadjiyevni tabriklaymiz! Bugun "G'azalkent" jamoasi maslahatchisi Gadji Gadjiyev o'z tavallud kunini nishonlamoqda. Tajribali murabbiy 81 yoshga to'ldi! "G'azalkent" klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, barcha futbolchilari, xodimlar nomidan mutahassisni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz. Unga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, faoliyatida omad va zafarlar tilaymiz. Tug'ilgan kun muborak bo'lsin, Gadji Muslimovich! - - - - - 🎁 Поздравляем Гаджи Гаджиева! Сегодня советник футбольного клуба «Газалкент» Гаджи Гаджиев отмечает свой день рождения. Опытному специалисту исполнился 81 год! От имени руководства клуба «Газалкент», тренерского штаба, всех футболистов и сотрудников искренне поздравляем специалиста с днём рождения! Желаем ему долгих лет жизни, крепкого здоровья, семейного благополучия, мира и спокойствия, а также успехов и новых побед в профессиональной деятельности. С днём рождения, Гаджи Муслимович! 📷 gazalkent_fc ✈️ @gazalkent_fc

  2. +6

    📸"Metallurg" - "G'azalkent" (2:2) uchrashuvidan yorqin suratlar BARCHA SURATLAR - YANDEX DISK'DA - - - - - 📸Фотографии с матча «Металлург» - «Газалкент» (2:2) ВСЕ ФОТО — НА ЯНДЕКС ДИСКЕ 📷 gazalkent_fc ✈️ @gazalkent_fc

  3. Zayniddin Tojiyev: "Bekobodga yutuqni ko'zlab kelgandik, faqat hushyorlikni yo‘qotib qo‘yganimiz sabab durang o‘ynadik" Proliga 24-turdan o‘rin olgan "Metallurg" – "Gʻazalkent" uchrashuvidan so‘ng (2:2) "Gʻazalkent" jamoamiz bosh murabbiyi Zayniddin Tojiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi. - O‘yin haqida fikringiz? - Uchrashuv tomoshabop hamda chiroyli kechdi. Birinchi navbatda futbolchilarimizga rahmat aytmoqchiman. Avvalgi uchrashuvda O‘zbekiston Kubogi doirasida "Navbahor"ga qarshi bahs olib bordik va o‘yinchilarimiz ko‘p kuch yo‘qotdi. Tezda tiklanib oldik va bugungi o‘yinda ham yaxshi harakat qildik. Uchrashuv 2:2 hisobida tugadi. Baribir xato va kamchiliklar ko‘rindi. Hali ishlaydigan jihatlarimiz ko‘p. O‘yinni tahlil qilib xatolarni o‘rganamiz. Nasib qilsa keyingi bellashuvlarga ham yaxshi kayfiyatda hozirlik ko‘ramiz. - "Navbahor" bilan o‘yindan keyin futbolchilar ba’zi jihatlar bo‘yicha "Navbahor"dan ustun o‘ynadi deb aytgan edingiz. Bugungi uchrashuv borasida nima deya olasiz? - Bugun ko‘p marta hushyorlikni yo‘qotib qo‘ydik. Lekin buni to‘g‘ri tushunish kerak deb o‘ylayman, chunki futbolchilarimiz haliyam o‘rganish yoshida. Shu orqali yoshlar o‘sib boradi. - Bugun "Gʻazalkent" ikki ochko yo‘qotdimi yoki bir ochkoga ega bo‘ldimi? - To‘g‘risi, biz bu yerga yutuqni ko‘zlab kelgandik. Gʻalaba qozonishimiz ham mumkin edi, faqat hushyorlikni yo‘qotib qo‘yganimiz sabab durang o‘ynadik. Lekin durangdan xafa emasmiz, muhimi jamoamiz ko‘rsatgan o‘yindan ko‘nglim to‘ldi. Mashg‘ulotlarda ishlangan narsalarni o‘yinda ko‘rsata oldik. Muhimi shu. Bu - futbol, bugun yutasan, ertaga yutqazasan. Avvalambor ishga munosabat o‘zgarmasa bo‘lgani. 📷 gazalkent_fc ✈️ @gazalkent_fc

  4. Proliga. 24-turda "Metallurg" bilan safar o'yinida 2:2 hisobidagi durang qayd etildi 🔵"Metallurg" - "G'azalkent"🟠 2:2 📷 gazalkent_fc ✈️ @gazalkent_fc

  5. 87-GOOOOL! Lazizbek Mirzayevdan gol! Chap qanotdan Mamasov uzatgan to'pni Mirzayev raqib darvozasiga joylab qo'ydi! 🔵"Metallurg" - "G'azalkent"🟠 1:2 LIVE 📷 gazalkent_fc ✈️ @gazalkent_fc

  6. 80-TIMOFEY TOLSTENEV! Darvozabonimiz qo'pollik ishlatgani sabab raqiblar penalti tepishdi. Milichkovichning zarbasini darvozabonimiz Tolstenevning o'zi bartaraf etdi! 🔵"Metallurg" - "G'azalkent"🟠 0:1 LIVE 📷 gazalkent_fc ✈️ @gazalkent_fc

  7. 62-Jamoamizda o'zgarish: Ivan Korshunov o'rniga Muhammadyusuf Fayzullayev maydonga tushdi 🔵"Metallurg" - "G'azalkent"🟠 0:1 LIVE 📷 gazalkent_fc ✈️ @gazalkent_fc

  8. 50-Raqiblar vakili Jasur Hakimov futbolchimiz Qodir Mamasovga nisbatan o'yin qoidasini buzgani uchun sariq kartochka oldi 🔵"Metallurg" - "G'azalkent"🟠 0:1 LIVE 📷 gazalkent_fc ✈️ @gazalkent_fc

  9. Older posts