Gazalkent FC

@gazalkent_fc · sports · Portuguese · active

Subscribers 3.4K Subscribers, last 30 days: 3.4K → 3.4K +0 24h
Reach per post (ERR) 28.9%990 avg views
Posting 7.4/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 7.2 ❤ 🔥 👍

Zayniddin Tojiyev: "Bekobodga yutuqni ko'zlab kelgandik, faqat hushyorlikni yo‘qotib qo‘yganimiz sabab durang o‘ynadik" Proliga 24-turdan o‘rin olgan "Metallurg" – "Gʻazalkent" uchrashuvidan so‘ng (2:2) "Gʻazalkent" jamoamiz bosh murabbiyi Zayniddin Tojiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi. - O‘yin haqida fikringiz? - Uchrashuv tomoshabop hamda chiroyli kechdi. Birinchi navbatda futbolchilarimizga rahmat aytmoqchiman. Avvalgi uchrashuvda O‘zbekiston Kubogi doirasida "Navbahor"ga qarshi bahs olib bordik va o‘yinchilarimiz ko‘p kuch yo‘qotdi. Tezda tiklanib oldik va bugungi o‘yinda ham yaxshi harakat qildik. Uchrashuv 2:2 hisobida tugadi. Baribir xato va kamchiliklar ko‘rindi. Hali ishlaydigan jihatlarimiz ko‘p. O‘yinni tahlil qilib xatolarni o‘rganamiz. Nasib qilsa keyingi bellashuvlarga ham yaxshi kayfiyatda hozirlik ko‘ramiz. - "Navbahor" bilan o‘yindan keyin futbolchilar ba’zi jihatlar bo‘yicha "Navbahor"dan ustun o‘ynadi deb aytgan edingiz. Bugungi uchrashuv borasida nima deya olasiz? - Bugun ko‘p marta hushyorlikni yo‘qotib qo‘ydik. Lekin buni to‘g‘ri tushunish kerak deb o‘ylayman, chunki futbolchilarimiz haliyam o‘rganish yoshida. Shu orqali yoshlar o‘sib boradi. - Bugun "Gʻazalkent" ikki ochko yo‘qotdimi yoki bir ochkoga ega bo‘ldimi? - To‘g‘risi, biz bu yerga yutuqni ko‘zlab kelgandik. Gʻalaba qozonishimiz ham mumkin edi, faqat hushyorlikni yo‘qotib qo‘yganimiz sabab durang o‘ynadik. Lekin durangdan xafa emasmiz, muhimi jamoamiz ko‘rsatgan o‘yindan ko‘nglim to‘ldi. Mashg‘ulotlarda ishlangan narsalarni o‘yinda ko‘rsata oldik. Muhimi shu. Bu - futbol, bugun yutasan, ertaga yutqazasan. Avvalambor ishga munosabat o‘zgarmasa bo‘lgani. 📷 gazalkent_fc ✈️ @gazalkent_fc

Views over time

05001K1.5K27 Oct 08:1714 Nov 03:491.2K27 Oct 08:17: 0 views14 Nov 03:49: 1,170 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
27 Oct 2026, 08:170
14 Nov 2026, 03:491.2K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.