“Elektrovoz maşinisti yordamçisi” malakasi böyiça RPL tizimi sinovdan ötkazilmoqda Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2024-yil 30-sentabr PQ–345-son qarorida malakalarning xalqaro miqyosda tan olinişini ta’minlaş, milliy malaka darajalarini ilğor xorijiy davlatlarning malaka tizimlari bilan uyğunlaştiriş, şuningdek, norasmiy va informal ta’lim orqali orttirilgan bilim, könikma va malakalarni tan oliş (Recognition of Prior Learning — RPL) tizimini joriy etiş milliy malaka tizimini isloh qilişning ustuvor yönalişlari sifatida belgilangan. Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlaş maqsadida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalaştirilayotgan “Özbekistonning qişloq hududlarida bandlik uçun könikmalarni rivojlantiriş” loyihasi doirasida Milliy malaka tizimini rivojlantiriş instituti tomonidan UNESCO xalqaro eksperti Miçel Aribaud iştirokida 9–13-noyabr kunlari seminar-treninglar va işçi uçraşuvlar taşkil etilmoqda. Tadbirlarning asosiy maqsadi RPL konsepsiyasini yakunlaş hamda uni “Elektrovoz maşinisti yordamçisi” malakasi misolida amaliyotda sinovdan ötkaziş (pilot loyihani amalga oşiriş)dan iborat. Xususan, 11-noyabr kuni UNESCO xalqaro eksperti Miçel Aribaud, Milliy malaka tizimini rivojlantiriş instituti hamda “Temir yöl kasbiy malaka” MÇJ mutaxassislari iştirokida “Özbekiston” lokomotiv deposida Maşinist va maşinist yordamçilarini tayyorlaş va kasbga qayta tayyorlaş öquv markazida tahsil olayotgan 5 nafar tinglovçi-nomzod iştirokida “Elektrovoz maşinisti yordamçisi” malakasi böyiça RPL vositalarining pilot validatsiya jarayoni ötkazildi. Mazkur jarayon davomida nomzodlarning avvalgi tajriba va amaliy faoliyat davomida orttirgan bilim, könikma va malakalarini baholaş, ularni belgilangan malaka talablari bilan taqqoslaş hamda RPL vositalarining amaliy samaradorligini sinovdan ötkazişga alohida e’tibor qaratildi. Uşbu taşabbus temir yöl transporti sohasida kasbiy malakalarni tan oliş mexanizmlarini takomillaştiriş, xodimlarning kasbiy salohiyatini e’tirof etiş hamda milliy malaka tizimini xalqaro yondaşuvlar bilan uyğunlaştirişga xizmat qiladi. “Temiryölinfratuzilma” AJ matbuot xizmati.👍 🌎railwayinfra.uz❤️🔥Telegram ❤️🔥Facebook❤️🔥Instagram
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔
Subscribers
12.1K
+0 24h
Reach per post (ERR)
65.1%7.9K avg views
Posting
2.7/day
last 5 hours ago
Reactions per 1K views
1.3
❤ 👍 👏
Views over time
| When | Views |
|---|---|
| 12 Nov 2026, 05:06 | 0 |
| 12 Nov 2026, 18:56 | 1.8K |
| 13 Nov 2026, 05:11 | 2K |
| 13 Nov 2026, 11:31 | 2.1K |
Who shared this post
Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)
Nobody yet.