Temir yöl xodimlari tomonidan aholi örtasida harakat xavfsizligi qoidalariga rioya etiş, temir yöl kesişmalaridan ötiş tartibi va xavfsizlik talablarini tuşuntiriş böyiça keng qamrovli tarğibot-tuşuntiriş işlari muntazam olib borilmoqda. Şunga qaramay, sönggi vaqtlarda temir yöl kesişmalarida avtotransport vositalari haydovçilari hamda piyodalar tomonidan xavfsizlik qoidalariga befarq qaraş, belgilangan tartib va talablarga rioya qilmaslik holatlari tez-tez uçramoqda. Ayniqsa, svetoforning taqiqlovçi işoralari, ogohlantiruvçi belgilar va ovozli signallarga e’tiborsizlik qiliş jiddiy yöl-transport hodisalariga sabab bölmoqda. Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda Termiz – Ğalaba temir yöl uçastkasida sodir bölgan yöl-transport hodisasi yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. 2026-yil 9-noyabr kuni soat 02:55 da Termiz – Ğalaba bekatlari oraliğining 5-kilometr, PK-2 qismida joylaşgan qöriqlanadigan temir yöl kesişmasida Ğalaba – Termiz yönalişida harakatlanayotgan 3601-sonli yuk poyezdining 5-vagoniga davlat raqami 75 J 911 ZA bölgan, oq rangli «Spark» rusumli avtomobil kelib urilişi oqibatida töqnaşuv sodir bölgan. Yöl-transport hodisasining sababi avtomobil haydovçisi tomonidan «Temir yöl kesişmalari orqali harakatlaniş» qoidalarining qöpol ravişda buzilişi bölgan. Haydovçi svetoforning taqiqlangan signaliga hamda taqiqlovçi ogohlantiruvçi ovozli signal işlab turganligiga qaramasdan temir yöl kesişmasidan ötişga uringan. Hodisa oqibatida avtomobil haydovçisi tan jarohati olmagan. Örganişlar davomida temir yöl kesişmasidagi signal belgilari tegişli yöriqnoma talablari asosida örnatilgani, ular soz holatda işlayotgani hamda kesişma yoritiş tizimi bilan ta’minlangani va yoritiş vositalari işçi holatda ekani aniqlangan. Şuningdek, temir yöl kesişmasining texnik holati tekşirilganda, barça tegişli qurilma va jihozlar soz holatda ekani qayd etilgan. Avtotransport vositalari haydovçilari va piyodalardan yöl harakati qoidalariga qat’iy rioya etişlarini, svetofor işoralari va ogohlantiruvçi signallarga e’tiborli bölgan holda, temir yöl kesişmalaridan ötişda belgilangan xavfsizlik talablariga amal qilişlarini söraymiz. Unutmang, birgina e’tiborsizlik inson hayoti va salomatligi uçun jiddiy xavf tuğdirişi mumkin. |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X