“Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasida Huawei kompaniyasi hamda Xitoyning Janubi-g‘arbiy Jiaotong universiteti ekspertlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga tashrif buyurishdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — temir yo‘l sohasini raqamlashtirish va poyezdlar harakatini boshqarish tizimlari (TMS) bo‘yicha avval erishilgan kelishuvlarni rivojlantirish hamda o‘zaro tajriba almashishdir. Tashrif doirasida stansiyalar va dispetcherlik markazi faoliyati, situatsion markaz holati va raqamlashtirish jarayonlari, poyezdlar harakatini boshqarishning amaldagi biznes-jarayonlari, boshqaruv tizimlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha samarali texnik yechimlar yuzasidan o‘zaro tajriba almashildi. Ekspertlar hamkorlikda poyezdlar harakatini boshqarish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlarini atroficha tahlil qilishdi. Muloqotlar yakunida mehmonlar uchun Yangi O‘zbekiston temir yo‘l loyihasi doirasida tashkil etilgan zamonaviy muzeyga sayohat uyushtirildi. |Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔
Subscribers
12.1K
+0 24h
Reach per post (ERR)
65.8%8K avg views
Posting
2.7/day
last 3 hours ago
Reactions per 1K views
1.3
❤ 👍 👏
Views over time
| When | Views |
|---|---|
| 28 Oct 2026, 18:50 | 0 |
| 12 Nov 2026, 18:56 | 16.9K |
Who shared this post
Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)
Nobody yet.