“Temiryölinfratuzilma” AJ Qöqon MTU filialida kompleks texnik körik ötkazilmoqda “Özbekiston temir yöllari” AJ rahbariyatining tegishli buyruğiga asosan, Qöqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli filialiga qaraşli korxona, taşkilot va stansiyalarda kompleks texnik körik işlari olib borilmoqda. Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorati departamenti vakili A.O.Şarifboyev hamda Qöqon MTU filiali boş muhandisi U.R.Majidov boşçiligidagi komissiya a’zolari tomonidan temir yoʻl uçastkalari va stansiyalarning texnik holati atrofliça örganilmoqda. Tekşiruv davomida quyidagi yoʻnalişlar nazoratdan ötkazilmoqda: • Poyezdlar harakati xavfsizligi talablariga rioya etilişi; • Temir yoʻl infratuzilmasining texnik holati; • Profilaktik işlarning samarali taşkil etilişi; • Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablarining bajarilişi; • Korxona va stansiyalarning kuz-qış mavsumiga tayyorgarlik darajasi; • Aniqlangan kamçiliklarni öz vaqtida bartaraf etiş çoralari.