"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔

@uzrailways_uz · Uzbek · active

Subscribers 12.1K Subscribers, last 30 days: 12.1K → 12.1K +0 24h
Reach per post (ERR) 62.4%7.5K avg views
Posting 2.7/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 1.3 ❤ 👍 👏
repost from Rasmiy axborot

🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdi Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi. Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva. Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni qisqartirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash kabi eng muhim yo‘nalishlarni qamrab olgan. Prezident Administratsiyasi rahbarining Antoniu Guterrish bilan muloqoti O‘zbekistonning BMT maydonida dunyo miqyosidagi dolzarb chaqiriqlarga yangicha g‘oyalar bilan javob berish, global muammolarga amaliy yechim topish bo‘yicha qat’iy intilishini namoyon etadi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Views over time

01K2K3K21 Sep 21:1612 Nov 18:563.1K21 Sep 21:16: 0 views12 Nov 18:56: 3,060 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
21 Sep 2026, 21:160
12 Nov 2026, 18:563.1K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.