"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔

@uzrailways_uz · Uzbek · active

Subscribers 12.1K Subscribers, last 30 days: 12.1K → 12.1K +0 24h
Reach per post (ERR) 62.4%7.5K avg views
Posting 2.7/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 1.3 ❤ 👍 👏
repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Qoraqalpog‘istondagi 417 ming gektar ekin yerini sug‘orishga 5 milliard 700 million kub metr suv sarflanmoqda. Yo‘qotishlar esa 38 foizni – 2 milliard 100 million kub metrni tashkil etmoqda. To‘rtko‘ldagi “Yonbosh” kanalidan yiliga o‘tadigan 115 million kub metr suvning 44 millioni yo‘qotiladi. Kanal to‘liq betonlansa, yana 9 ming gektarga suv yetkazish va 15 ming bosh qoramol uchun ozuqa bazasini yaratish mumkin. Bo‘zatovdagi “Erkindaryo” kanalining 8 kilometrini betonlash hisobiga foydalaniladigan yer 3 ming gektarga ko‘payadi, 15 ming gektarda suv ta’minoti yaxshilanadi. 3 ta suv inshooti va 22 ta artezian quduq barpo etilishi yana 5 ming gektar ozuqa maydonini yaratish imkonini beradi. Ushbu ishlarga jami 135 milliard so‘m ajratish, ikki kanalni 1-martgacha betonlash topshirildi. To‘rtko‘l va Bo‘zatovda kelasi yil 17 ming gektarda ozuqa ekib, 2 ming odamni daromadli qilish vazifasi belgilandi. Suv obyektlarini modernizatsiya qilish uchun Yaponiyadan 4,5 million dollar grant jalb qilingani ijobiy tajriba sifatida qayd etildi. Kelasi yil bunday grantlarni 100 million dollarga yetkazish topshirildi. O‘tgan yili 30 milliard so‘m hisobiga 276 ta suv nasosi energiya tejamkoriga almashtirilib, yiliga 16 million kilovatt-soat elektr tejalmoqda. 1-aprelgacha Qoraqalpog‘istondagi 59 ta, qolgan viloyatlardagi yana 200 ta nasos yangilanadi. Facebook|Instagram|X

Views over time

05001K1.5K19 Sep 10:0112 Nov 18:561.2K19 Sep 10:01: 0 views12 Nov 18:56: 1,230 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
19 Sep 2026, 10:010
12 Nov 2026, 18:561.2K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.