Yig‘ilishda Qoraqalpog‘istonni kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi. Qoraqalpog‘istondagi 2 ming tadbirkor uch yilda 2 trillion 145 milliard so‘m kreditni vaqtida qaytarib, banklarning ishonchli mijoziga aylangan. “Mijozni o‘stirish” modeli asosida yana kamida 30-40 ming odamni ishli va daromadli qilish imkoniyati bor. Hududga mas’ul bank ishonchli mijozlar uchun 16 foiz stavkada 300 milliard so‘mlik kredit liniyasini ochmoqda. Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi 4 foizlik qismini qoplab berishi hisobiga tadbirkor uchun stavka 12 foizga tushadi. Qolgan 8 ta bankka ham bir oyda shunday qulay mahsulotlarni ishlab chiqish topshirildi. Facebook|Instagram|X