"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔

@uzrailways_uz · Uzbek · active

Subscribers 12.1K Subscribers, last 30 days: 12.1K → 12.1K +0 24h
Reach per post (ERR) 62.4%7.5K avg views
Posting 2.7/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 1.3 ❤ 👍 👏
repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Tarmoq rahbarlariga Qoraqalpog‘istonda “xomashyo – tayyor mahsulot – eksport” zanjiri asosida loyihalar, ish o‘rinlari va qo‘shilgan qiymat bo‘yicha aniq rejalar belgilash topshirildi. Amudaryo, Beruniy, Taxtako‘pir, Kegeyli va To‘rtko‘lda to‘qimachilik hamda charm sanoatida kamida 150 million dollarlik loyihalar amalga oshiriladi. Nukus shahri, Nukus tumani va Qorao‘zakda elektrotexnika sanoatida 200 million dollarlik, Qorao‘zak, Bo‘zatov va Beruniyda energiya tejamkor qurilish materiallari bo‘yicha 100 million dollarlik loyihalar tashkil etiladi. Nukus shahrida avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish bo‘yicha 120 million dollarlik, Nukus shahri, Qonliko‘l, Kegeyli, Chimboy va Bo‘zatovda farmatsevtika sohasida 50 million dollarlik loyihalar yo‘lga qo‘yiladi. Italiyaning “Bonifika Ferrarizi” kompaniyasi bilan Taxtako‘pirda 50 million dollarlik loyiha boshlanmoqda. 2 ming gektarda Italiya texnologiyasi asosida pomidor va g‘alla yetishtirilib, chuqur qayta ishlanadi hamda Yevropaga eksport qilinadi. 15-oktabrgacha har bir tuman bo‘yicha “road show”lar o‘tkaziladi. Viloyat hokimlari o‘z investorlarini jalb qilib, 2-3 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratadigan loyihalarni boshlaydi. Umuman, kelasi yil Qoraqalpog‘istonga 5 milliard dollar investitsiya jalb qilish vazifasi belgilandi. Facebook|Instagram|X

Views over time

05001K1.5K19 Sep 10:0112 Nov 18:561.4K19 Sep 10:01: 0 views12 Nov 18:56: 1,390 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
19 Sep 2026, 10:010
12 Nov 2026, 18:561.4K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.