🔒 APK “QO‘RIQCHI” ILOVASI BO‘YICHA UCHRASHUV O‘TKAZILDI Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasida “Qo‘ng‘irot MTU” filiali AKT muhandislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida APK “Qo‘riqchi” ilovasining maqsadi, imkoniyatlari hamda undan foydalanish tartibi yuzasidan mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tadbirda kiberxavfsizlikni ta’minlash, kiberjinoyatlarning oldini olish hamda axborot texnologiyalaridan xavfsiz va samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va turli kiberxatarlarning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiya hamda tushuntirishlar berildi. Kiberxavfsizlik — bugungi raqamli dunyoda axborot xavfsizligini ta’minlashning muhim omillaridan biridir. “Temiryo‘linfratuzilma” AJ matbuot xizmati. 👍 🌎railwayinfra.uz ❤️🔥Telegram ❤️🔥Facebook ❤️🔥Instagram