šBir asrlik tarix ā yangi mazmun: Toshkentda Zamonaviy sanāat markazi ochildi Toshkentda Zamonaviy sanāat markazining ochilish marosimi boālib oātdi. Maskan Markaziy Osiyoda zamonaviy sanāatga ixtisoslashgan, doimiy faoliyat yurituvchi ilk madaniy muassasa sifatida oāz faoliyatini boshlamoqda. Ochilish marosimida Oāzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nutq soāzladi. Maālum qilinganidek, mazkur maskan davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mamlakat madaniy hayotini yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy sanāatni rivojlantirish va xalqaro madaniy muloqotni kengaytirish maqsadida tashkil etildi. Zamonaviy sanāat markazi bir asrdan ortiq tarixga ega boālgan tarixiy sanoat obāyekti negizida barpo etildi. 1912 yilda qurilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Bugun esa uning tarixiy meāmoriy qiyofasi saqlangan holda yangi madaniy makonga aylantirildi. Markazda zamonaviy sanāat, meāmorchilik, taālim va tadqiqot yoānalishlari uygāunlashadi. Bu yerda koārgazma zallari, taālim maydonlari, kutubxona, tadqiqot infratuzilmasi hamda jamoatchilik uchun ochiq makonlar faoliyat yuritadi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official