"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ✔

@uzrailways_uz · Uzbek · active

Subscribers 12.1K Subscribers, last 30 days: 12.1K → 12.1K +0 24h
Reach per post (ERR) 62.4%7.5K avg views
Posting 2.7/day last 1 day ago
Reactions per 1K views 1.3 ❤ 👍 👏
repost from BUXORO MTU FILIALI AXBOROT XIZMATI

Samarqand vagon deposidagi ishlar o‘rganildi Bugun “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bosh muhandisi Sh.T. Kadirov boshchiligida, Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali rahbari ishtirokida Samarqand vagon deposida olib borilayotgan ishlar holati yaqindan o‘rganildi. O‘rganish davomida depo hududida vagonlarni ta’mirlash jarayonlari, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda belgilangan talablar asosida tashkil etilishi alohida nazoratdan o‘tkazildi. Xususan, poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash, ta’mirdan chiqarilayotgan vagonlarda turli nuqsonlarning oldini olish, vagonlarni texnik jihatdan soz va xavfsiz holatda foydalanishga topshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mas’ullarga vagonlarni ta’mirlash ishlarini sifatli, belgilangan muddatlarda va amaldagi texnik talablar asosida bajarish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. O‘rganish yakunida vagonlar ta’miri sifatini yanada oshirish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni kuchaytirish belgilab olindi. Rasmiy sahifalarimiz⤵️ Site | Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Virtual murojaat

Views over time

02K4K3 Sep 15:3212 Nov 18:563.6K3 Sep 15:32: 0 views12 Nov 18:56: 3,650 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
3 Sep 2026, 15:320
12 Nov 2026, 18:563.6K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.