“YAGONA G‘AZNACHILIK” TIZIMINI JORIY ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI “Temiryo‘linfratuzilma” AJ Boshqaruv raisining 2026-yil 28-avgustdagi 807-JDS-sonli “Yagona g‘aznachilik” tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli mutaxassislar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda “1C Buxgalteriya” va “1C G‘aznachilik” dasturlarida xarid jarayonlariga oid ma’lumotlarni yagona ERP axborot tizimida shakllantirish, xarid jarayonlarini kompleks monitoring qilish, shuningdek, ularning shaffofligi va ochiqligini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, yig‘ilish davomida “Yagona g‘aznachilik” tizimini joriy etish bo‘yicha tegishli taklif va mulohazalar bildirildi hamda tizimni hududlardagi MTU filiallarida bosqichma-bosqich joriy qilish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. “Temiryo‘linfratuzilma” AJ matbuot xizmati. 👍 🌎railwayinfra.uz ❤️🔥Telegram ❤️🔥Facebook ❤️🔥Instagram