🇺🇿🇰🇷 Aviatsiya va dron texnologiyalari böyiça kadrlar tayyorlaşga kelişildi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va Koreya Respublikasining Hanseo universiteti özaro anglaşuv bitimini imzoladi. Hujjatga köra, havo kemalariga texnik xizmat körsatiş va ularni ta’mirlaş, dron texnologiyalari, sun’iy intellekt, dasturiy ta’minot va logistika böyiça kasbiy öquv dasturlarini Özbekistonda bоşlaş va Koreyada davom ettiriş közda tutilgan. Iştirokçilarga koreys tili hamda mehnat xavfsizligi böyiça ham ta’lim beriladi. Migratsiya agentligi yurtdoşlarimizni dasturlar haqida xabardor qiladi, nomzodlarga ariza topşiriş tartibini tuşuntiradi va ikki mamlakatdagi tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikni muvofiqlaştiradi. Hanseo universiteti öquv dasturlarini işlab çiqadi, malakali öqituvçilarni jalb etadi va maşğulotlar uçun zarur jihozlarni taqdim etadi. Öquvni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga universitet öz hamkor korxona va taşkilotlarida işga joylaşişda kömaklaşadi. Hamkorlikdan maqsad — yurtdoşlarimizni istiqbolli sohalarda kasbga tayyorlaş va xorijda öz mutaxassisligi böyiça işlaş imkoniyatlarini kengaytiriş. 🇬🇧 EN 🇷🇺 RU |Instagram|LinkedIn|YouTube|Xorijda iş|Veb sayt|Telegram|