📊 XUSUSIY BANDLIK AGENTLIKLARINING III CHORAK REYTINGI EʼLON QILINDI Migratsiya agentligi direktorining 2025-yil 19-avgustdagi 116-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, xususiy bandlik agentliklari faoliyati har chorakda belgilangan indikatorlar asosida baholanadi. 📌 2026-yil 20-oktabrdagi reytingni baholash komissiyasining 3-sonli bayonnomasiga asosan, 47 ta xususiy bandlik agentligining III chorakdagi reyting natijalari tasdiqlandi. Baholashda fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish, shartnomalarni elektron tizimda roʻyxatdan oʻtkazish, xorijga ketishdan oldingi tayyorgarlik, faoliyatning ochiqligi va fuqarolar murojaatlari kabi koʻrsatkichlar inobatga olindi. 📈 Reyting toʻrt toifada shakllantirildi: 🟢 90–100 ball — Namunali 🔵 70–89 ball — Yaxshi 🟡 50–69 ball — Qoniqarli ⚪️ 49 va undan past — Qoniqarsiz 📎 Infografikalarda barcha 47 ta agentlikning reyting ballari va baholash toifalari bilan tanishishingiz mumkin. ❗️Reyting natijalari muayyan hisobot davridagi faoliyat koʻrsatkichlarini aks ettiradi va agentlikning litsenziya maqomi yoki xizmatlariga berilgan kafolat hisoblanmaydi. 🔗 Baholash tartibi va batafsil maʼlumot ⬅️ |Instagram|LinkedIn|YouTube|Xorijda ish|Veb sayt|Telegram|