Шпаковский. По существу.

@shpakouski · Belarusian · active

Subscribers 9.9K Subscribers, last 30 days: 9.9K → 9.9K −10 24h
Reach per post (ERR) 15.3%1.5K avg views
Posting 3.4/day last 3 hours ago
Reactions per 1K views 33.0 👍 💯 ❤
repost from Oliy Majlis Senati

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #12IPU Aleksandr Shpakovskiy Belarus parlamenti a’zosi: Biz O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati va parlamentiga, eng avvalo, Prezident Shavkat Mirziyoyevga yosh parlament a’zolari uchun ana shunday muhim forumni o‘tkazish tashabbusi uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz. Bu yerda siyosiy va iqtisodiy huquqlardan tortib, raqamli texnologiyalar hamda sun’iy intellekt jadal rivojlanayotgan bir sharoitda yoshlarning huquqlarigacha bo‘lgan keng ko‘lamli masalalar muhokama qilinmoqda. Bular kelajak nuqtayi nazaridan alohida e’tibor qaratishimiz zarur bo‘lgan masalalardir. Deyarli barcha ma’ruzachilar bugun nihoyatda murakkab davrda yashayotganimizni ta’kidlamoqda. Mavjud muammolar yoshlar uchun turli xavf va tahdidlarga aylanmoqda. Shu sababli biz ularga birgalikda samarali yechimlar ishlab chiqishimiz zarur. Bu borada O‘zbekiston va mening mamlakatim - Belarus siyosati tinchlikni ta’minlash, bahsli vaziyatlarni murosa va o‘zaro kelishuv asosida hal etishga qaratilgan. Shu ma’noda, chuqur tarixiy ildizlarga ega qadimiy Samarqand hamda 35 yillik suveren taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan O‘zbekiston murakkab masalalarga yechim topish, jamiyatda ham, qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarda ham murosaga erishish mumkinligini namoyon etmoqda. Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqini va mamlakat rahbariyatini ushbu muhim sana bilan tabriklayman. Ishonamanki, Parlamentlararo Ittifoq tomonidan o‘tkazilayotgan ushbu forum zarur va samarali yechimlarni birgalikda ishlab chiqishimizga xizmat qiladi. Konferensiyada ko‘tarilayotgan dolzarb masalalar esa ma’ruzachilar tomonidan professional va xolisona yoritilmoqda. Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | X | Threads | Virtual murojaat | Yoshlar parlamenti

Views over time

05001K5 Sep 13:0710 Nov 05:539685 Sep 13:07: 0 views10 Nov 05:53: 968 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
5 Sep 2026, 13:070
10 Nov 2026, 05:53968

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.