⭐️ Shaxsiy ma’lumotlaringiz — firibgarlar uchun imkoniyatga aylanmasin! Telefon raqami, pasport ma’lumotlari, parollar va shaxsiy suratlar begona qo‘llarga tushsa, akkaunt o‘g‘irlanishi, shantaj va moliyaviy firibgarlikka sabab bo‘lishi mumkin. 🔗Soxta havolalar, zararli APK fayllar, ochiq profillar va bir xil paroldan foydalanish — ma’lumotlaringizni xavf ostiga qo‘yadi. ❗️O‘zingizni himoya qilish uchun: ✅ Har bir akkauntga alohida, kuchli parol qo‘ying. ✅ Ikki bosqichli himoyani yoqing. ✅ Noma’lum havolalarni ochmang va shubhali ilovalarni o‘rnatmang. ✅ Hujjatlaringiz va joylashuvingizni ochiq ulashmang. ✅ SMS kod, PIN, CVV va parollarni hech kimga bermang. ❗️ Ma’lumotlaringiz sizib chiqqan bo‘lsa, parollarni ishonchli qurilmadan almashtiring va begona seanslarni tugating. Karta ma’lumotlari tarqalgan bo‘lsa, darhol bankingizga murojaat qiling. Batafsil tavsiyalar — infografikada. Yaqinlaringizni ham ogohlantiring — ushbu xabarni ulashing! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com