Mudofaa vazirligi rasmiy kanali ✔

@mudofaavazirligi · news · Uzbek · active

Subscribers 94.5K Subscribers, last 30 days: 92K → 93.8K +1K 24h
Reach per post (ERR) 18.1%17.1K avg views
Posting 20.0/day last 4 minutes ago
Reactions per 1K views 5.8 👍 🔥 👏

🔉“To‘maris izdoshlari” yana bir bor jasorat, mahorat va nafosatni bir sahnada jamladi ⭐️Harbiy libosda matonat, qalbida mehr, siymosida esa nazokat va latofat mujassam ayol harbiylarimiz bugun yana bir bor o‘z mahoratlarini namoyon etish uchun jam bo‘ldilar. Mamlakatimiz kuch tuzilmalari safida xizmat qilayotgan harbiy xotin-qizlar o‘rtasida an’anaviy “To‘maris izdoshlari” ko‘rik-tanloviga start berildi. Mazkur tanlovda ishtirokchilar harbiy va sport tayyorgarligi bo‘yicha kuch, chaqqonlik va matonatlarini, go‘zallik va nafosat, pazandalik mahorati hamda uy bekaligidagi uddaburonliklarini namoyish etadilar. Ayniqsa, tanlovda ishtirok etayotgan Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy xotin-qizlarimiz o‘zlarining kasbiy mahorati, yuksak intizomi, go‘zal fazilatlari va fidoyiligi bilan alohida e’tiborga loyiq. Ular Vatan himoyasida jasoratli, hayotda esa mehribon va nafosatli bo‘lish mumkinligini amalda namoyon etmoqdalar. 🔗Mudofaa vazirligi sharafini munosib himoya qilayotgan harbiy xotin-qizlarimizga omad va zafarlar tilaymiz! 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com

Views over time

05K10K15K30 Oct 03:0214 Nov 02:1615.1K30 Oct 03:02: 0 views14 Nov 02:16: 15,100 views
Snapshots we took after posting.
WhenViews
30 Oct 2026, 03:020
14 Nov 2026, 02:1615.1K

Who shared this post

Posts in other channels we index that link to this one. (Forwards with a hidden source can't be traced.)

Nobody yet.